Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti


Eksportni amalga oshirishda turizmning o„rni


Download 3.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/116
Sana03.12.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1800746
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116
Bog'liq
T menejment

 
8.5. Eksportni amalga oshirishda turizmning o„rni 
Turmahsulotlarni sotishda mintaqalarning ulushi va makroiqtisodiy 
ko‗rsatkichlar tahlilini berishda asosan Butunjahon turizm tashkiloti 
tomonidan berilgan ma‘lumotlar asosida qaraydigan bo‗lsak, quyidagi 
natijalarga kelamiz. 
Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga iqtisodiy inqiroz katta 
ta‘sir o‗tkazdi. Ushbu mintaqada ichki mintaqaviy turizmda shu bilan 
birga osiyolik turistlar oqimiga bog‗liqligi yuqori darajada bo‗lgani 
sababli turistik yo‗nalishlar bo‗yicha ko‗rsatkichlar ham tushib ketdi. 
Yaponiyaga turistlar oqimi -2,8% ga kamaydi, ushbu o‗rsatkich tegishli 


95 
tarzda Yangi Zelandiyada -3,1%, Indoneziyada -3,1%, Fillipinda -2,5%, 
Gongkongda -7,1%, Singapurda ega -14%ga kamaydi. 
Ammo turistlarning uzoq masofadagi davlatlarga qilinadigan 
safarlari narxi yuqoriligi va uning o‗rniga yaqin hududlarga sayohat 
qilishni afzal ko‗rganligidan ushbu mintaqaning ayrim mamlakatlari 
ustalik bilan foydalandi. Xususan, Tailandga turistlar oqimi 6,9% ga 
oshdi, lekin ayni paytda ushbu sohadan keladigan tushumlar -9,3%ga 
kamaydi. ―Savdo jannati‖ga aylangan Janubiy Koreya Respublikasiga 
oqimi 8,7%ga oshdi, daromad 11%ga ko‗paydi. 
4-jadval 
Osiyo va Tinch Okeani mintaqasiga tashrif buyurgan turistlarning 
ko„rsatkichi (mln. kishi his.) 
Mintaqalar nomi 
1990 y. 1995 y. 2010 y. 2011 y. 
2012 
y. 
Shimoliy-Sharqiy 
Osiyo 
28,0 
44,1 
62,5 
65,6 
73,6 
Janubiy-Sharqiy 
Osiyo 
21,5 
29,2 
37,0 
40,2 
42,2 
Okeaniya 
5,2 
8,1 
9,6 
9,5 
9,6 
Janubiy Osiyo
3,2 
4,2 
6,1 
5,8 
5,9 
Osiyo va Tinch 
okeani bo‗yicha 
57,7 
85,6 
115,3 
121,1 
131,3 
Manba: Osnovnыe pokazateli razvitiya turizma v 2013 g. VTO. – 
Madrid, 2014. -20 s. 
Mintaqadagi turizm hajmining 3 dan 1 qismi to‗g‗ri keladigan, ichki 
mintaqaviy turizmga bog‗lanib qolgan XXR ega AQSh va Yevropaning 
boshqa mamlakatlaridan keladigan turistlar soni 10%ga oshishi evaziga 
jami turistlar oqimini 1% oshirishga muvaffay bo‗ldi. XXR hukumati 
keyingi o‗n yil mobaynida xalqaro turizmni rivojlantirishga katta e‘tibor 
bergan holda 1990-yilda jahon turizmida tushum bo‗yicha 25-o‗rinni 
band qilib turgan bo‗lsa, 1998-yilga kelib Osiyodagi barcha davlatlarni 
ortda qoldirib jahonda yettinchi o‗ringa chiqib olishga erishdi. 
Shimoliy va Janubiy Amerika. Ushbu mintaqada turizm 
ko‗rsatkichlari 2011-2012-yillar AQShga turistlar oqimi kamayganligi 


96 
tufayli bor-yo‗g‗i 1,4%ga o‗sgan. Chunki uning ulushiga ushbu 
mintaqadagi turizm hajmining 4dan3 qismi to‗gri keladi. Amerika 
Qo‗shma Shtatlariga turistlar oqimi Osiyo qit‘asi va qo‗shni Meksika, 
Kanadadan kelayotgan turistlar soni qisqarganligi hisobiga -1,3% 
kamaydi. ―Kuchsiz‖ Kanada dollari davlatdan chiqib ketishini to‗xtatib 
turgan bir vaqtda, AQShlik turistlar hisobiga Kanadaga turistlar oqimi 
8%, tushum 4% miqdorga oshdi. Turistlarning Meksikaga tashrifi 2013-
yilda ham 2012-yil darajasida saqlanib qolgan bir paytda tushum 3,4%ga 
o‗sdi.Amerika qit‘asiga turistlar tashrifi bo‗yicha quyidagi jadval orqali 
to‗laroq ma‘lumotga ega bo‗lamiz. 
5-jadval 

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling