Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti


 Xalqaro turizm va davlatning to„lov balansi


Download 3.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/116
Sana03.12.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1800746
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   116
Bog'liq
T menejment

8.2. Xalqaro turizm va davlatning to„lov balansi 
Davlatning to‗lov balansida davlatning barcha xalqaro operatsiyalari 
mujassamlashgan. Turistik oqimlar va ularga bog‗liq bo‗lgan barcha 
valyuta tushumlari to‗lov balansida o‗z aksini topadi. Davlatlararo 
xalqaro turizm xizmati almashinuvi mahsulot ayirboshlash kabi xalqaro 
savdoning bir qismi hisoblanadi va davlatning eksport va importiga ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Turist kelgan davlatda tibbiy xizmat ko‗rsatish qabul qiluvchi davlat 
uchun eksport bo‗lib, turistlarning ovqatlanishi ega kelgan davlatga 
import hisoblanadi. Xalqaro turizm iqtisodiyotning boshqa bo‗limlaridagi 
xalqaro mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatishga turtki bo‗lib 
xizmat qiladi. 
Ko‗pgina davlatlar chet ellik mehmonlar ehtiyojlarini import 
qilingan mahsulotlar yordamida qondiradi. Turistik infratuzilmaning 
rivojlanishi ega qurilish mollari, homashyo, texnologiyalar importiga 
o‗ziga xos yordam bo‗ladi. 
Turistik mahsulotlarning chet elda tanilishi uchun reklama, kiyim-
kechak va risolalar eksporti yo‗lga qo‗yiladi. Xalqaro Savdo Tashkiloti 
36
Икромов М.Иқтисодиѐт ва менежмент асослари : ўқув қўлланма / Икромов М., Солиев А. 
С.. - Тошкент : Vneshinvestprom, 2019. - 280 б 


88 
ma‘lumotlariga qaraganda Karib havzasi davlatlarining turizm sohasidagi 
importi umumiy importning 50% tashkil etadi. Xalqaro turizmdan 
kelayotgan tushum ega, dunyo eksportidan kelayotgan tushumning 9% ini 
tashkil etadi. 
Xalqaro turizm davlatning to‗lov balansiga qo‗shgan ulushi chet 
ellik turistlarning mezbon davlatdagi xarajatlari va mezbon turistlarning 
xorijda qilgan xarajatlari o‗rtasidagi farq bilan aniqlanadi. Bundan 
quyidagicha xulosalarni keltirish mumkin:
37
-xalqaro savdo xalqaro ish taqsimoti mahsulidir
-xalqaro turizm sohasida strategik hamkorlarni tanlash davlatlar 
o‗rtasidagi ijtimoiy-madaniy aloqalarning rivojlanishi, ya‘ni 
turizmning rivojlanishiga asos yaratadi
-ichki talab xalqaro turizm rivojlanishiga sharoit yaratib berganligi 
tufayli uning rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi; 
-barcha xalqaro munosabatlar davlatning to‗lov balansida o‗z aksini 
topadi; 
-xalqaro 
turizm 
xizmatlarining 
almashinuvi 
mahsulotlar 
ayirboshlash kabi xalqaro savdoning bir qismi bo‗lib, u davlatning 
eksporti va importiga ta‘sir ko‗rsatadi; 
-xalqaro turizmning davlatning to‗lov balansiga qo‗shgan ulushi 
xorijiy turistlarning mezbon davlatdagi xarajatlari va mezbon davlat 
turistlarining chet elda qilgan xarajatlari o‗rtasidagi farq bilan aniqlanadi. 

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling