119
- harakatlanish yo‗nalishi (marshruti) bo‗yicha;
- foydalanilayotgan transport turi bo‗yicha;
- yo‗nalish trassasining qurilishi bo‗yicha;
- sayohatning muddati bo‗yicha;
- mavsumiylik bo‗yicha va h.k.
Hozirgi davrda avtobus, havo yo‗li va temir yo‗li
vositasidagi
sayohatlar keng tarqalgan. Turistik transport sayohatlari bir necha
transport turlari orqali ya‘ni: temir yo‗ldan avtobus (yengil avtomobil);
havo yo‗lidan avtobus va h.k. amalga oshiriladi.
Mobil transporti turi
sifatida avtobus va yengil avtomobildan mustaqil yo‘nalishlardagi kabi
turistlarni aeroportdan (vokzaldan) mehmonxonaga yoki aksincha olib
borib qo‘yishda keng foydalaniladi. Har qanday turist o‘z
sayohatini
rejalashtirayotganda manzilga olib borish (yetkazish) tezligi, sayohat
qulayligi (komforti), qiymati, yuklarini olib borish (ularning og‗irligini
hisobga olgan holda) imkoniyati, to‘xtash joylari, ovqatlanish sharoitlari,
shovqin
darajasi, vibratsiya, dam olish va (tunash)
uxlash jarayonlari,
ekologik va albatta xavfsizlik kabi omillarni hisobga oladi. Ijobiy omillar
qancha ko‗p bo‘lsa, shunchalik transport sayohatining qiymati oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: