Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali mavzu: firma daromadlari va foydasi, ularni hisoblash usullari bajardi : Kaxxorov Akbar samarqand – 2021/22 reja: Kirish
Download 44.06 Kb.
|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali mavzu-hozir.org (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nuqsonlari
- Korporasiya
Hamkorlikning afzalliklari:
- yakka tadbirkorlikdagi kabi hamkorlikdagi biznesni tashkil etish ham birmuncha oson kechadi; - ishtirokchilar sonining ko`pligi boshqaruvda ixtisoslashuv imkoniyatini yaratadi; - bir nechta sheriklarning resurslarini birlashtirish oqibatida firmaning moliyaviy barqarorligi kuchayadi va kredit beruvchi muassasalardan qarzga mablag`lar jalb etish imkoniyati kengayadi. Nuqsonlari: - firmani boshqarishda bir nechta kishi ishtirok etganda boshqaruv qarorlari qabul qilishda fikrlar va manfaatlarning mos kelmasligi, o`zaro kelishmovchiliklar hamda ayrim sheriklarning mas'uliyatsizligi biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishiga xalaqit qilishi mumkin; - garchi yakka mulk egaligiga nisbatan moliyaviy imkoniyatlar kengroq bo`lsada, biznes doirasini kengaytirish va yirik loyi?alarni amalga oshirish uchun mablag` yetishmasligi mumkin; - hamkorlikning davomiyligini oldindan bashorat etib bo`lmaydi, bir yoki bir nechta sherikning biznesdan chiqishi firma faoliyatini tugashiga olib kelishi yoki unga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin; - hamkorlikda biror bir sherikning uquvsizligi yoki mas'uliyatsizligi natijasida ko`rilgan zarar uchun barcha sheriklar birdek moddiy javobgar bo`ladi. Korporasiya biznesni mulk egalaridan aajratilgan tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Korporasiya (aksiyadorlar jamiyati) ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha javob bermaydilar va korporasiya faoliyati bilan bog`liq zarar uchun o`zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo`ladilar. Korporasiya uning mulkdorlaridan alohida yuridik shaxs maqomidagi firma hisoblanadi. Korporasiya - mulkiy paylarga (aksiyalarga) asoslangan firmadir. Korporasiya aksiyalarini xarid qilgan shaxslar uning mulkdorlari sanaladi. Korporasiya - mulk egalaridan birining (bir nechtasining) o`limi yoki aksiyalarini sotishi, yangi aksiyadorlarning vujudga kelishi korporasiya faoliyatining to`xtashiga olib kelmaydi. Agar aksiya egalariga korporasiya yuritayotgan siyosat yoqmasa, u o`ziga tegishli bo`lgan aksiyani istagan ochiq bozorda boshqa shaxslarga sotishi mumkin, ammo kompaniya tugatilmaydi. Korporasiyaning mulki uning aksiyadorlari o`rtasida aksiyalar ko`rinishida taqsimlangan. Korporasiyaning foydasi uning aksiyadorlari o`rtasida dividend ko`rinishida taqsimlanishi yoki korporasiyani rivojlantirish uchun taqsimlanmagan foyda ko`rinishida qoldirilishi mumkin. Korporasiyaning afzalliklari: - korporasiya biznesni tashkil etishning ancha mukammal shakli bo`lib, yirikligi va faoliyat doirasining kengligi bilan xarakterlanadi; - korporasiyalar qimmatli qog`ozlar bozorida aksiya va obligasiyalarini sotish orqali ko`plab uy xo`jaligi egalarining mablag`larini jamlash va ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash imkoniyatiga ega bo`ladilar; - korporasiya uchun cheklangan javobgarlik xosdir, ya'ni uning mulkdorlari (aksiyadorlar) faqatgina sotib olingan aksiyalar qiymatiga mos bo`lgan miqdorda tavakkalchilik qiladilar (kreditorlar korporasiya mulkdorlari shaxsiy mulkiga emas, yuridik shaxs sifatida korporasiyaning o`z mulkiga da'vo qo`zg`atishi mumkin); - korporasiya hajmining kattaligi inson resurslaridan foydalanishda chuqur ixtisoslashuvni ta'minlash va ko`proq samaradorlikka erishishga yo`l ochadi; - korporasiya mulkdorlardan alohida yuridik shaxs bo`lgani sababli mulkdorlardan biri yoki bir nechtasi aksiyalarini sotish orqali firmadan chiqishi uning faoliyatiga ta'sir ko`rsatmaydi, shu tufayli u barqaror rivojlanish xususiyatiga ega. Download 44.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling