Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali «Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi “Falsafa” fanidan yakuniy nazorat savollari


umumiylik o’rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali


Download 96.82 Kb.
bet28/48
Sana06.02.2023
Hajmi96.82 Kb.
#1170178
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Bog'liq
Falsafadan savollar YaN ketidan jaja

umumiylik o’rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali
ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi
konkretlik bo’lib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va
hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar
tarzidagina namoyon bo’lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining
namoyon bo’lish shaklidir.
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alohidalikdan xususiylikka va shu
bosqich orqali umumiylikka o’tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki,
falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohidalikning individual
xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga
o’tish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo’lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy
makon va zamonda har bir davlat uchun o’ziga xos bo’lgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning
umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qo’llash bozor strategiyasi va
taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi.
Alohidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko’rsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa hamda
xususiyatga ega bo’lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret holati,
boshqacha kilib aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish
mumkin.

  1. Ayniyat va tafovut deganda nimani tushunasiz?

Ayniyat va tafovut. Tafovut - avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir. Tafovut kuchli yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Kuchli tafovut – predmetning o‘z-o‘zi bilan ziddiyatga kirishish omili. Bu qarama-qarshilik bosqichi bo‘lib, uning echilishi predmetning butunlay o‘zgarishiga olib keladi. SHunday qilib, ziddiyatlarning kuchayishi va o‘z echimini topishi rivojlanish manbai hisoblanadi.
«Ayniyat» tushunchasi ziddiyat tarqalishining dastlabki bosqichini anglatadi. Bu bir xillik, narsa, hodisa, jihatning o‘z-o‘ziga yoki boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga o‘xshashlik munosabati. «Tafovut» - har xillik, o‘z-o‘ziga, boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga mos kelmaslik munosabati. Ziddiyatning vujudga kelishi yagonaning ikkilanishi sifatida, yagonaning o‘z-o‘zini qarama-qarshiliklarga differensiatsiya qilishi sifatida yuz beradi.
Ziddiyatlarning rivojlanish jarayoniga yanada chuqurroq kirish uchun ularning tarqalish bosqichlari (fazalari)dan tashqari, ularning holatlarini ham farqlash zarur. Predmetli-moddiy, «etilgan» ziddiyatning holati deganda uning qarama-qarshiliklarining amal qilish usuli, «birligi va kurashi»ning namoyon bo‘lish xususiyati tushuniladi. Ayni shu xususiyat bu qarama-qarshiliklarning rivojlanish xususiyati va faollik darajasini, mazkur ziddiyatni echish xususiyatini belgilaydi. Ziddiyatning rivojlanish jarayonida bosqichlarni yoki tarqalgan, «etilgan» ziddiyatni tavsiflovchi holatlarni ham farqlash mumkin. Ijtimoiy tizimlarga tatbiqan ziddiyatlarning rivojlanish bosqichlariga nisbatan bunday yondashuv ularning quyidagi holatlarini aniqlash imkonini beradi: garmoniya, disgarmoniya, konflikt.


  1. Download 96.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling