Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 254.6 Kb.
bet34/71
Sana22.04.2023
Hajmi254.6 Kb.
#1379222
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
qurilish tashkl.

Asosiy xodimlar deganda qurilish tashkilotlarining shtat jadvalida belgilangan lavozimlarni egallab turgan xodimlar tushuniladi. Bunday xodimlar tarkibiga injener-loyihachilar, injener-quruvchilar, prorablar, masterlar, mexaniklar, elektriklar, slesarlar, ganchkorlar, pardozlovchilar, taxtaga ishlov beruvchi va ulardan turli tayyor moslamalar yasovchi ustalar, g‘isht teruvchilar, ombor mudirlari, ta’minotchilar va shu kabi boshqa xodimlar kiradi.
Asosiy bo‘lmagan xodimlar deganda individual mehnat shartnomasiga ko‘ra alohida ishlarni bajarish uchun vaqtinchalik ishga olingan xodimlar tushuniladi.
Qurilish tashkilotlarida xodimlarni ishga olish va ishdan bo‘shatish, ular bilan mehnat sharnomalarini tuzish hamda uni bekor qilish respublikamiz qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotlarining xodimlar bo‘limi ishga qabul qilingan xodimlar hisobini belgilangan tartibda yuritadi. Qurilish ishlari olib borilayotgan joylarda xodimlarning ishga kelishi, ular tomonidan bajarilgan ishlarning dastlabki hisobi registrlari (ishga chiqish hisobi tabeli, naryadlar, hisobotlar, ma’lumotnomalar, dalolatnomalar)ni tuzish hamda yuritish uchastka boshlig‘lari (prorablar, masterlar, brigadirlar)ga yuklatiladi.
Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash vaqtbay va ishbay shakllarda amalga oshiriladi. Ushbu shakllarning qo‘llanilishi qurilish tashkilotining ichki me’yoriy hujjatlari (jamoa va individual mehnat shartnomalari) bilan tartibga solinadi.
Ish haqi hisoblashning vaqtbay shakli asosan ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlar uchun qo‘llaniladi. Ushbu shaklda mehnatga haq to‘lash uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali, tarif razryadi, tarif razryadi bo‘yicha belgilangan maosh, xodimlarning haqiqatda ishlagan vaqti hisobi tabeli hisoblanadi.
Ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlarga hisobot oyida hisoblanadigan asosiy ish haqi ularga belgilangan maoshni shu oydagi ish kunlari soniga bo‘lish va haqiqatda igshlagan kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Hisobot oyida to‘liq ishlagan xodimlarga asosiy ish haqi belgilangan maosh miqdorida hisoblanadi.
Mehnat va jamoa shartnomalarida ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlarga erishilgan yutuqlar uchun qo‘shimcha tarzda mukofatlar berish ham ko‘zda tutiladi. Shu bois, vaqtbay shakl boshqachasiga vaqtbay-mukofatli shakl ham deb ataladi. Xodimlarga beriladigan mukofatning miqdori qurilish tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan belgilanadi.
Ish haqi hisoblashning ishba y shakli bevosita qurilish ishlarini olib boruvchi xodimlar uchun qo‘llaniladi. Bunday xodimlarga ishchilar, maxsus mashina va mexanizmlarni boshqaruvchi mashinistlar, transport vositalarining haydovchilari, masterlar, prorablar, brigadirlar va boshqalar kiradi. Ushbu shaklda mehnatga haq to‘lash uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali, tarif razryadi, tarif razryadi bo‘yicha belgilangan maosh, bir birlik ish uchun tasdiqlangan mehnat haqi me’yori (rassenka), xodimlarning haqiqatda ishlagan vaqti hisobi tabeli, bajarilgan ish hajmi to‘g‘risida hisobotlar, bildirgi-naryadlar, ma’lumotnomalar va dalolatnomalar hisoblanadi.
Qurilish ishlari, odatda, jamoa, ya’ni brigada tomonidan bajariladi. Bajarilgan ishlar yaxlit jamoaning (brigadaning) mehnati sifatida tavsiflanadi. Mos ravishda hisoblangan ish haqi ham jami jamoa (brigada) uchun hisoblangan ish haqi hisoblanadi. Ish haqini hisoblashning bunday tizimi adabiyotlarda «akkord», «akkord-naryad» tizimi, deb ham e’tirof etiladi.

Download 254.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling