Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Qurilish tashkilotlarida umumishlab chiqarish harajatlarining hisobi
Download 254.6 Kb.
|
qurilish tashkl.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari
Qurilish tashkilotlarida umumishlab chiqarish harajatlarining hisobi
va ularning taqsimoti Qurilish tashkilotlari o‘zlarining hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq umumishlab chiqarish harakteriga ega bo‘lgan harajatlar hisobini 2500 «Umumishlab chiqarish harajatlarini hisobga oluvchi schyotlar» tizimida alohida olib borishlari mumkin. Ushbu schyotlar tizimida ochiladigan maxsus schyotlarda, chunonchi, quyidagi harajatlar aks ettiriladi: qurilish mashinalari va uskunalarini saqlash hamda ularni ekspluatatsiya qilish harajatlari; ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari; b) ishlab chiqariga doir asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari; v) ishlab chiqarishdagi mol-mulkni sug‘urtalash harajatlari; g) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash harajatlari; ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga olish harajatlari; ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; j) umumishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa harajatlar. Hisobot oyi moboynida 2510 «Umumishlab chiqarish harajatlari» schyotining debetida va mos ravishdagi boshqa schyotlarning kreditida nomlari yuqorida zikr etilgan harajat moddalari bo‘yicha ma’lumotlar jamlanadi. Oy oxirida ushbu schyotning debetida to‘plangan harajatlar qurilish tashkiloti hisob siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq asosiy ishlab chiqarish (2010 schyot) va yordamchi ishlab chiqarish (2310 schyot) harajatlariga olib boriladi. Umumishlab chiqarish harajatlarini taqsimlash tartibini ularning alohida moddalari misolida 2- mavzuda ko‘rib chiqqan edik. Xuddi shunga o‘xshash yoki qabul qilingan boshqa tartiblarga ko‘ra umumishlab chiqarish harajatlarining qolgan moddalari ham mos ravishdagi qurilish ob’ektlari o‘rtasida taqsimlanishi lozim. Umumishlab chiqarish harajatlari va ular taqsimotining analitik hisobi umumishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s jurnal- orderda alohida moddalari bo‘yicha yuritiladi. Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari Qurilish tashkilotlarida qurilish ishlarining reja tannarxi, normativ tannarxi va haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi. Reja yoki normativ tannarx, odatda, qurilish ishlari boshlanishidan oldin hisob-kitob qilinadi. Haqiqiy tannarx qurilish ishlari yakunlanganda va buyurtmachilarga topshirilayotganda aniqlanadi. Qurilish ishlarining reja, normativ va haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish bir qancha maqsadlarda, chunonchi: (1) qurilish ishlariga ketishi kerak bo‘lgan va haqiqatda ketgangan sarf-harajatlar summasini; (2) tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxi)ni; (3) qurilish ishlari sotish tannarxini; (4) sotishdan kutilayotgan va haqiqatda olingan yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) summasini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Shuningdek, qurilish ishlari haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish reja tannarx yoki normativ tannarxga nisbatan yuz bergan chetlanishlarni aniqlashga, ushbu chetlanishlar bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham, qurilish ishlari haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish qurilish jarayonini hisobga olishning yakuniy bosqichida bajariladigan zarur ishlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi turli usullarda kalkulyatsiya qilinishi mumkin. Amaliyotda eng keng tarqalgan usullar bo‘lib buyurtmali, jarayonli va hissali (tugallanish foizi) usullari hisoblanadi. Download 254.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling