Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 254.6 Kb.
bet44/71
Sana22.04.2023
Hajmi254.6 Kb.
#1379222
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
Bog'liq
qurilish tashkl.

ikkinchidan, olinadigan daromadning summasi aniq bo‘lishi; uchinchidan, bajarilgan ishlardan kelib tushgan yoki kelib tushadigan tushum qurilish tashkilotining aktivlarini ko‘payishiga yoki uning majburiyatlarini kamayishiga olib kelishiga to‘liq ishonch bo‘lishi;
to‘rtinchidan, buyurtmachi qabul qilib olgan qurilish ishi uchun pudratchi oldidagi majburiyati summasini so‘zsiz tasdiqlashi.
Qurilish tashkilotlarida qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlarni tasdiqlovchi asosiy hujjat bo‘lib «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma - schyot-faktura» hisoblanadi. Ushbu hujjat pudratchi va buyurtmachi tomonidan imzolangandan so‘ng rasmiy kuchga ega bo‘ladi.
«Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma - schyot-faktura» sobiq KS-2 shakl «Bajarilgan ishlarni qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma» va KS-3 shakl «Bajarilgan ishlar va harajatlar to‘g‘risida ma’lumotnoma» o‘rniga kiritilgan yagona hujjatdir. U kamida ikki nusxada tuziladi. Ma’lumotnoma-schyot-fakturaning bir nusxasi pudratchida qoladi, ikkinchi nusxasi esa buyurtmachiga topshiriladi. Investorlarning talablariga ko‘ra ularga ham ushbu hujjatning alohida nusxalari taqdim etiladi. Ma’lumotnomani tuzishga asos bo‘lib bajarilgan ishlar hisobi jurnali (KS-6 shakl) ma’lumotlari hisoblanadi. Ushbu jurnal qurilish tashkilotida har bir ob’ekt bo‘yicha yuritiladi. Jurnalda qurilish ishlarini boshlanish va yakunlanish sanasi, ularni borish jarayoni, ketma-ketlikda bajarilgan texnologik ishlarning o‘lchamlari, belgilangan me’yor va rassenkalar bo‘yicha aniqlangan qiymati va boshqa jihatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlanadi.
«Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma - schyot-faktura»ning tasdiqlangan shakli 6-ilovada keltirilgan.
Bajarilgan qurilish ishlari pudratchi, buyurtmachi, investorlar va boshqa qiziquvchi organlar vakillari kiritilgan tarkibdagi komissiya tomonidan qabul qilinadi. Qurilish ishlarini qabul qilib olish ob’ekt loyihasida ko‘rsatilgan talablar, me’yorlar va tartiblar asosida ularni kuzatish, o‘lchash, sinab ko‘rish, sifatini aniqlash hamda tegishli mutaxassislarning xulosalari asosida amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotlarida bajarilgan qurilish ishlaridan olinadigan
daromadlarning hisobi ularni tan olishning usuliga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ushbu usullar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  1. To‘liq tugallanish usuli;

  2. Tugallanish foizi usuli;

  3. Bosqichli usul;


Download 254.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling