Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 254.6 Kb.
|
qurilish tashkl.
Buyurtmali usulda bajarilgan har bir qurilish ishi harajat ob’ekti sifatida qaraladi. Uning haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish qurilish ob’ektiga (buyurtmaga) ochilgan 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida to‘plangan hisob ma’lumotlari asosida ob’ekt (ish) buyurtmachiga topshirishgandan keyin amalga oshiriladi. Ushbu schyotning debetida alohida korrespondensiyalanuvchi schyotlar bo‘yicha ko‘rsatilgan yig‘ma ma’lumotlar buyurtmaga ochilgan kalkulyatsiya kartochkasining tegishli harajat moddalarini to‘ldirishga asos bo‘ladi (5.4-jadval).
jadval Qurilish ishlari haqiqiy tannarxi va uni reja (normativ) tannarxdan chetlanishi hisobi kalkulyatsion kartochkasi Ob’ekt - «Do‘stlik kompleksi»
Kalkulyatsion kartochkaning alohida ustunchalarida harajat moddalari bo‘yicha ulaming reja yoki normativ miqdori hamda yuz bergan chetlanishlar ko‘rsatiladi. Kartochka ma’lumotlari qurilish ishi harajatlarini qay darajada to‘g‘ri rejalashtirilganligi yoki ular bo‘yicha normativlarning to‘g‘ri belgilanganligiga baho berishga, reja yoki normativlardan chetlanishlarning sabablari, aybdorlari va boshqa jihatlarini aniqlashga, shuningdek tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon beradi. Jarayonli usul qurilish ishlarini tashkil qiluvchi ma’lum jarayonlar, chunonchi loyihalashtirish, qurishga tayyorlash, ob’ektni qurish, jihozlarni o‘rnatish, sinash va topshirish kabi jarayonlar tannarxini aniqlashda qo‘llaniladi. Har bir jarayonga ketgan haqiqiy sarf-harajatlar majmuasi uning haqiqiy tannarxini tashkil etadi. Ushbu haqiqiy tannarx summasi keyingi jarayon uchun tugallanmagan qurilish qiymati bo‘lib hisoblanadi. Qurilish ishlarini buyurtmachilarga jarayonlar bo‘yicha topshirish pudrat shartnomalarida ko‘zda tutilgan hollarda tugallangan jarayonning haqiqiy tannarxi buyurtmali usulda keltirilgan tartibda kalkulyatsiya qilinadi. Ushbu kalkulyatsiya ma’lkumotlari topshirilgan jarayon qiymatini sotish tannarxi sifatida hisobga olish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Hissali usul (yoki tugallanish foizi usuli) pudrat shartnomalariga ko‘ra qurilish ishlarini buyurtmachilarga tugallanish foiziga ko‘ra topshirish ko‘zda tutilganda qo‘llaniladi. Qurilishning tugallanish foizi hisobot oyning oxirida jami haqiqatda ketgan sarf-harajatlarni qurilish ishlarining smeta tannarxiga bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish orqali topiladi. Ushbu hisob-kitob asosida topilgan qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi buyurtmachilarga topshirilgan ishlarning tannarxi (sotish tannarxi) sifatida hisobga olinadi. Asosiy ishlab chiqarish harajatlari Yordamchi ishlab chiqarish harajatlari va ularning taqsimoti Umumishlab chiqarish harajatlari va ularning taqsimoti Qurilish ishlari tannarxi Bevosita material harajatlar Bilvosita harajatlar Reja tannarx Haqiqiy tannarx Burtmali usul Hissali usul Ishlab chiqarish harajatlari Bevosita mehnat haqi Ustama harajatlar Normativ tannarx Tannarx kalkulyatsiyasi Jarayonli usul Tugallanish foizi usuli
O‘Z O‘ZINI NAZORAT QILISH UCHUN TEST SAVOL - JAVOBLARI Qurilish tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish harajatlariga kirmaydi: brigada a’zolariga hisoblangan ish haqi; sarflangan material harajatlari; v) loyihalashtirish harajatlari; g) hisob xodimlariga hisoblangan ish haqi. Qurilish tashkilotlarida bilvosita harajatlarga kiradi: ma’muriy-boshqaruv xodimlariga hisoblangan haqi; bosh injenerga hisoblangan safar harajatlari; v) qurilish mashinalarini saqlash harajatlari; g) yuqoridagilarning barchasi. Qurilish tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish harajatlari hisobga olinadi: 3190 schyotda; 2010 schyotda; v) 2310 schyotda; g) 2510 schyotda. Tugallangan qurilish ishining haqiqiy tannarxi: ma’muriy-boshqaruv harajatlarini o‘z ichiga oladi; haqiqatda ketgan ishlab chiqarish harajatlaridir; v) umumishlab chiqarish harajatlaridan iborat; g) yuqorida keltirilgan barcha harajatlardan iborat. Qurilish ishlari tannarxining analitik hisobi: qurilish tashkiloti bo‘yicha yaxlit yuritiladi; har bir qurilish ishi bo‘yicha yuritiladi; v) yuritilmaydi; g) jami qurilish ishlari bo‘yicha bosh kitobda yuritiladi. Yordamchi ishlab chiqarish harajatlari: 2010 schyotda hisobga olinadi; qurilish ishlari tannarxiga kiritiladi; v) 2510 schyotda hisobga olinadi; g) hisobga olinmaydi. Umumishlab chiqarish harajatlari: 2010 schyotda hisobga olinadi; taqsimlanadi va qurilish ishlari tannarxiga kiritiladi; v) 2310 schyotda hisobga olinadi; g) 3190 schyotda hisobga olinadi. Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilishdan maqsad: davr harajatlarini chegaralash; talon-tarojlikka yo‘l qo‘ymaslik; v) sotish tannarxini real hisoblash; g) soliqni yashirish yo‘lini izlab topish. Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usulida tannarx: jami tashkilot bo‘yicha topiladi; har bir buyurtma bo‘yicha topiladi; v) har bir jarayon bo‘yicha topiladi; g) topilmaydi Buyurtmachiga topshirilgan qurilish ishining haqiqiy tannarxiga buxgalteriya yozuvi beriladi: Debet 2010 Kredit 2310 Debet 3190 Kredit 2010; v) Debet 9130 Kredit 2010; g) Debet 9030 Kredit 2010. MAVZUNI CHUQUR O‘RGANISH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN ME’YORIY-HUQUQIY HUJJATLAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. -T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2004. «Mahsulot (ish, xizmat)lami ishlab chiqish va sotish harajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom». O‘zR VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan. BHMS № 21 «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma». O‘z.R. AV tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda ro‘yxatga olingan, № 1181. Bobojonov O., Jumaniyazov K. Moliyaviy hisob.- T.: «Moliya», 2002. Voxidov S.V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari. - T.: «O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi nashriyoti», 2004. Xasanov B.A., Xashimov A.A. Boshqaruv hisobi. Darslik.- T.:«Iqtisod- moliya», 2005. Mavzu 6. QURILISHISHLARINIBAJARISHDAN OLINGAN DAROMADLAR VA ULARGA DOIR HISOBLASHISHLARNING HISOBI Ma’ruza rejasi: Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlarning hisobi Qurilish ishlari bo‘yicha buyurtmachilar bilan hisoblashishlarning hisobi Qurilish ishlarini bajarishda bosh pudratchi va subpudratchilar o‘rtasidagi hisoblashishlarning hisobi Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlarning hisobi Qurilish ishlarini bajarishdan olinadigan daromadlar qurilish tashkilotlarida foyda olishning asosiy manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Respublikamizning 2- son BHMS «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar»ga muvofiq qurilish ishlaridan olingan daromadlarni tan olish va buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ular quyidagi shartlarga javob berishi lozim: birinchidan, qurilish tashkiloti tomonidan daromadga egalik qilish huquqi bajarilgan qurilish ishlarining buyurtmachilarga topshirilgan-ligiga guvohlik beruvchi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi; Download 254.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling