Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 254.6 Kb.
|
qurilish tashkl.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish ishlari bo‘yicha buyurtmachilar bilan hisoblashishlarning hisobi
Bosqichli usul qurilish ob’ektining tarkibiy qismlarini bosqichma- bosqich topshirish hollarida qo‘llaniladi. Bu usulni qo‘llashning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qurilish loyihasi va qurilish loyiha-smeta hujjatlarida uning alohida olingan tarkibiy qismlarining shartnoma qiymati hamda smeta tannarxini alohida belgilanganligi hisoblanadi. Bunday holatlarda qurilish ob’ektining alohida olingan tarkibiy qismi (bosqichi)ga doir daromad va tannarx to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma - schyot- faktura» hamda KS-6 shakldagi hisob registrlari bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar asosida qurilish ishining alohida bosqichini bajarishdan olingan daromad va QQS summalariga yuqorida keltirilgan mos ravishdagi buxgalteriya yozuvlari beriladi.
Qurilish tashkilotlarida bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromadlarning analitik hisobi 16-s ishlov qaydnomasida yuritiladi. Ushbu ishlov qaydnomasida tahliliy ma’lumotlar buyurtmachilar hamda ular uchun bajarilgan qurilish ishlarining turlari bo‘yicha mujassamlashtiriladi. Qurilish ishlari bo‘yicha buyurtmachilar bilan hisoblashishlarning hisobi Qurilish tashkilotlari tomonidan olib boriladigan pudrat ishlarini moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘lib buyurtmachilarning mablag‘lari hisoblanadi. Qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda boshlanishi, olib borilishi va tugatilishi bevosita buyurtmachilar tomonidan shartnoma shartlarida ko‘zda tutilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishiga bog‘liq. Shuningdek, bajarilgan ishlar uchun hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi qurilish tashkilotlarining moliyaviy holatiga, chunonchi, ularning o‘z majburiyatlari bo‘yicha to‘lov qobiliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ham qurilish tashkilotlarida buyurtmachilar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar ustidan doimiy nazoratni olib borish, ularni o‘z vaqtida amalga oshishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Qurilish tashkilotlari bajariladigan va haqiqatda bajarilgan ishlar bo‘yicha o‘z buyurtmachilari bilan uchta turdagi hisob-kitoblarni olib borishlari mumkin. Bular: bo‘nak sifatida olingan pul mablag‘lari bo‘yicha hisoblashishlar; qurilish ishlari uchun olingan materiallar bo‘yicha hisoblashishlar; bajarilgan ishlar uchun yakuniy hisoblashishlar. Qurilish ishlarining boshlanishi oldidan buyurtmachilar shartnomada belgilangan shartlarga ko‘ra qurilish ishlari loyiha-smeta qiymatining kamida 15 foiz miqdorini pudratchi tashkilot schyotiga oldindan to‘lov, ya’ni bo‘nak sifatida o‘tkazib berishlari lozim. Qurilish tashkilotlarida buyurtmachilar bilan olingan bo‘naklar bo‘yicha hisoblashishlar 6310 «Haridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schyotida hisobga olinadi. Qurilish tashkiloti schyotiga buyurtmachilardan kelib tushgan bo‘nak summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Download 254.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling