Debet 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
yordamchi ishlab chiqarishdan yarim tayyor mahsulotlar olinganda:
Debet 2110 «Yarim tayyor mahsulotlar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
yordamchi ishlab chiqarishdan qurilish materiallari, konstruksiyalar, moslamalar, xojalik jihozlari olinganda:
Debet 1000 «Materiallar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
yordamchi ishlab chiqarish harajatlarining kapital investitsiya sifatida tan olinganda:
Debet 0890 «Boshqa kapital quyilmalar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
yordamchi ishlab chiqarish harajatlari summasini asosiy ishlab chiqarish harajatlariga kiritilganda:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
yordamchi ishlab chiqarish harajatlarini davr harajatlari hisobi schyotlariga o'tqazilganda:
Debet 9400 «Davr harajatlarini hisobga olib boruvchi schyotlar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
Yordamchi ishlab chiqarish harajatlarining asosiy ishlab chiqarish harajatlariga hisobdan chiqarilishi uning alohida moddalarini aniq qurilish ob’ektlari tannarxiga bevosita olib borish yoki hisob siyosatida kelti rilgan tartibga muvofiq taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Yordamchi ishlab chiqarish harajatlari va ular taqsimotining analitik hisobi har bir yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s jurnal-orderda alohida yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |