9350 «Qisqa muddatli ijaradan daromadlar» schyotining kreditida qisqa muddatli ijaradan olingan daromad summasi 4820 «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar» schyoti bilan korrespondensiyalashgan holda aks ettiriladi.
9360 «Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schyotining kreditida muddatida (3 yildan oshiq muddatda) undirib olinmagan qarzlarni qurilish tashkiloti foydasiga o‘tqazishdan olingan daromadlar mos ravishda kreditorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar (6010, 6110, 6710, 6720, 6900 va boshqalar) bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi.
9370 «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari» schyotining kreditida asosiy faoliyatga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan (sog‘liqni saqlash bo‘linmasi, sartoroshxona, kutubxona, bolalar bog‘chasi, sauna, sanatoriylar, oshxona, mehmonxona, sport komplekslari va boshqalar) olingan daromadlar aks ettiriladi. Bunda olingan yoki hisoblangan daromadlarni aks ettiruvchi schyotlar, masalan, 5010 «Kassadagi milliy valyutadagi pul mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob schyoti», 4890 «Boshqa debitorlar qarzlari» schyotlari debetlanadi.
9380 «Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam» schyotining kreditida turli yuridik va jismoniy shaxslardan qaytarib bermaslik sharti bilan olingan moliyaviy yordam summalari aks ettiriladi. Bunda olingan yordamning turini aks ettiruvchi schyotlar, masalan, 5010 «Kassadagi milliy valyutadagi pul mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob schyoti», 0100 «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar schyoti», 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar” va boshqa schyotlar debetlanadi.
9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyotining kreditida yuqorida keltirilgan schyotlarga olib borilmagan boshqa operatsion daromadlar, masalan inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, turli qoplama summalar va boshqalar aks ettiriladi. Bunda mos ravishda TMZ va pul mablag‘larini aks ettiruvchi schyotlar (0100, 1000, 2800, 2900, 5000 va boshqalar) debetlanadi.
Qurilish tashkilotlarida asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarning analitik hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha 11-s jurnal-orderda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |