Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sirtqi ta’lim yo’nalishining mss-94 guruhi talabalarining buxgalteriya hisobiga kirish fanidan tayyorlagan


Buxgalteriya daftarlari bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamma betlari raqamlanadi, bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi


Download 378.81 Kb.
bet3/5
Sana03.02.2023
Hajmi378.81 Kb.
#1152400
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurbanbaev and Kalbaev

Buxgalteriya daftarlari bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamma betlari raqamlanadi, bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Oxirgi varaqning orqasida bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlangan holda quyidagi yozuv aks ettirilgan bo‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan schyotlar uchun betlar ajratiladi. Sintetik schyotlar uchun tegishli analitik schyotlar ochilgan bo‘lsa, bosh daftarda betlar ajratilayotganda e'tiborga olmoq zarur.

Buxgalteriya hisob registri daftarning boshqa registrlardan afzalligi quyidagilardan iborat:
  • Hisob ma'lumotlarining bir registrda mujassamlashganligi;
  • Hisob ma'lumotlari saklanishi mustahkam ta'minlanganligi. Buxgalteriya daftarining kamchiliklari ham bo‘lib, ular quyidagilardan

  • iborat:
  • Buxgalteriya xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga xalaqit beradi, sababi, daftarda korxonada hisobi yuritiladigan hamma schyotlar joylashgan. Buxgalteriya xodimlari o‘zlariga biriktirilgan schyotga tegishli ma'lumotlarni aks ettirish uchun daftar bo‘shashini ko‘tishi kerak bo‘ladi.
  • Buxgalteriya daftaridan hisob registri sifatida foydalanganda, hisob ishlarini mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari kamayadi.

  • • Buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligini oshishiga halaqit beradi. Birinchidan,daftardan galma-galdan foydalanish natijasida vaqt yo‘qotiladi;
    ikkinchidan, buxgalteriya daftarining hajmi katta bo‘lib, tegishli varaqni topib, undan foydalanishni sekinlashtiradi.

Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan ma'lumotlar hajmiga ikki turga ajratiladi.
1.Sintetik registrlar.
2. Analitik registrlar.
Sintetik registrlar sintetik hisob ma'lumotlarini aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga bosh daftar, jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali, jurnal-orderlar va boshqalar misol bo‘ladi.
Analitik registrlar analitik hisob ma'lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llanilib, ularga «Materiallar», «Asosiy vositalar», «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar mashinalar va boshqa mulklar hisobi bo‘yicha yuritiladigan kartochkalar misol bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang‘ich hujjat ham shaklan, ham mazmunan xar tomonlama tekshirilgandan so‘ng, qayta ishlanadi. Dastlabki hujjat ma'lumotlari asosida, buxgalteriya registrlari to‘ldiriladi.
Ba'zi vaqtlarda buxgalteriya registrlari ijroiya varaqlari asosida ham rasmiylashtiriladi. Bunday holatlarga da'vogar yuzasidan hisoblashish, xodimdan aliment summasini ushlab qolishlar, xodimni bankdan olgan kreditlari yuzasidan ushlovlar uchun asos bo‘ladigan qonuniy kuchga ega bo‘lgan sud qarorlari, bank bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomlar misol bo‘ladi.

Download 378.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling