Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Statistik ko`rsatkichlarning turlari va tasnifi


Download 1.88 Mb.
bet27/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

5.2 Statistik ko`rsatkichlarning turlari va tasnifi
Ommaviy hodisa va jarayonlar, ularning xossa va munosabatlari turli-tumandir. Shuning uchun son-sanoqsiz statistik ko`rsatkichlar mavjud. O`z-o`zidan ravshanki, ularni birma-bir qarab chiqib bo`lmaydi. Shu sababli statistik ko`rsatkichlarni umumlashtirish, ma`lum tartibga solish, muhim tomonlariga qarab tasniflash zaruriyati tug`iladi.
Statistik ko`rsatkichlarni tasniflash murakkab masaladir. Unga turli tomondan yondashish mumkin. Avvalam bor tub xarakteri, ichki hissiyoti, umuman hodisalarni bilishda tutgan o`rni va ro`liga qarab statistik ko`rsatkichlarni ikki katta turkumga ajratish mumkin. Birinchi turkum ommaviy hodisa va jarayonlarning mohiyati va beligilarini ta`riflovchi ko`rsatkichlarni o`z ichiga oladi, masalan, yalpi ishlab chiqarilgan ichki mahsulot, mamlakat va viloyatlarda tug`ilgan bolalar soni yoki o`lgan kishilar soni, milliy boylik hajmi va h.k. Bu ko`rsatkichlar umumiy holda absolyut miqdorlar deb yuritiladi. Bu ko`rsatkichlar uchun xos xususiyat - ularni tuzishda statistika bilan bir qatorda boshqa fanlar ham qatnashadi, aniqrog`i ularning ilmiy tushuncha va ta`limotlariga statistika tayanadi.
Ikkinchi turkum ko`rsatkichlari ommaviy hodisa va jarayonlarning ichki tuzilishi, o`zaro munosabatlari va bog`lanishlari hamda rivojlanish intensivliga xos xususiyatlarni ifodalaydi. Umumiy holda ular nisbiy miqdorlar deb yuritiladi.


5.3 Mutlaq ko`rsatkichlar
Mutlaq ko`rsatkichlar o`rganilayotgan hodisalar va ularning belgilarini bir xilligini, monandligini, o`xshashligini ifodalaydi. Mutlaq miqdorlar hodisalar yoki belgilarning ko`lami, soni, hajmi, darajasi, makon va zamonda taqsimlanish sonini ifodalaydi. Ular ayrim hodisa yoki belgilar uchun va ularning to`plami uchun hisoblanadi. Birinchi holda mutloq miqdorlar bevosita statistik kuzatish natijasida shakllanadi, masalan: ro`yhatga oilingan shaxsning yoshi, ma`lum ishchi ishlangan soati, u ishlab chiqargan mahsulot miqdori va h.k. Ikkinchi holda ular kuzatish materiallarini qayta ishlash, guruhlash, jamg`arish natijasida yuzaga chiqadi.
Mutloq miqdorlar turli o`lchov birliklarida ifodalanadi. O`rganilayotgan hodisa yoki belgilarning tabiati va hisoblashda ko`zlangan maqsadga qarab ular natura shaklida, shartli natura birliklarida hamda pulda o`lchanadi. Bir jinsli va hilli hodisalarni hisoblashda natura birliklari qo`llanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan gaz mol uzunlik birligida (m, km), qazib olingan ko`mir og`irlik birligida (kg, t), gaz esa hajm birligida (m3, km3), qurilgan uy sathi yuza birligida (m2), hudud maydoni esa km2 da, ekin maydoni gektarda (ga) o`lchanadi. Murakkab hodisalar, masalan, tubinalar, dona va quvvat birligida (ot kuchi yoki kvt) hisoblanadi. Ammo natura birliklari hodisalarni jismoniy miqdorini aniqlab ularning sifatini hisobga olmaydi. Bir jinsli yurli sifatga ega bo`lgan hodisalar to`plami shartli natura birliklarida o`lchanadi. Buning uchun biror muhim belgi bu hodisalar asosida tuzilgan shartli birli qilib olingan hodisaga aylatirish koeffitsiyentlari tuzilib chiqiladi, so`ngra ayrim hodisalar jismoniy miqdorini ularga ko`pyatirib olingan natijalar jamlanadi. Statistika amaliyotida, masalan, traktorlar shartli etalon traktorlarda, yuk vagonlari ikki o`qli vagonlarga, ishlab chiqarilgan sovunlar 40% yog`liqlikga aylantirib o`lchanadi. Sharti natura birliklari yordamida turli jinsli hodisalarning miqdorini aniqlab bo`lmaydi, chunki ular umumiy muhim tabiiy belgiga ega emas. Bu holda hodisalarning umumiy hajmi pulda ifodalanadi.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling