Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N
Grafiklar haqida tushuncha, statistikada ularning roli va ahamiyati
Download 1.88 Mb.
|
Статистика маъруза матнлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.4. Grafiklarning turlari va asosiy elementlari
4.3. Grafiklar haqida tushuncha, statistikada ularning roli va ahamiyati
Statistik ma`lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta`sirchan, diqqatga sazovor va lo`nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qo`llanadi. Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma`lumotlarni shartli olingan me`yorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini o`ziga tez jalb etish bilan birga ma`lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, to`laroq va chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. Shuning uchun grafiklar iqtisodiy, madaniy va umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida erishilayotgan yutuqlarimizni ommalashtirishda muhim qurol vazifasini o`taydi. Shunday qilib, statistik ma`lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bo`lamiz. Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va o`zaro bog`lanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirishda, o`rganilayotgan murakkab to`plamlarning tuzilishini tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish ko`lamini tasvirlashda qo`llanadi. 4.4. Grafiklarning turlari va asosiy elementlari Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlarni tasvirlashi jihatidan har xil turlarga, tasnifiy guruhlarga bo`linadi. Quyida ularning turlari tasvirlangan. 4.1-tarh. Statistik grafik turlari. Diagramma deganda statistik ma`lumotlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar ma`lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo`li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bo`laklarga) bo`linadi va ularda ma`lumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qo`llanadi. Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda ko`pincha yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi. Statistik ma`lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul qilinadi va unga qarab shkala tuziladi. Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan ko`rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli me`yorga aytiladi. U o`rganilayotgan hodisaning qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda qabul qilinganligini bildiradi. Masalan, O`zbekistonda paxta yetishtirish diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 santimetrga teng deb qabul qilsak, bu me`yor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi. Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma`lum miqdorlariga teng bo`ladi va, demak, shu miqdor deb o`qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir (4.2-tarh). 0 10 20 30 40 50 4 .2-tarh. Shkala (teng me`yorli). shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq; chiziqchalar bilan nishonlanib ma`lum tartibda shkala tayanchiga joylashgan nuqtalar; shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar. Quyida statistik grafiklarning tarkibiy elementlari tasvirlangan (4.4-tarh). 4.4-tarh. Statistik grafikning tarkibiy elementlari. Endi eng muhim diagrammalarni chizish tartibi bilan yaqindan tanishib chiqaylik. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling