Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Download 1.88 Mb.
bet19/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

II.


Demak, mehnat unumdorligi umumiy dispersiyasining 36,9% ish staji orasidagi o`zgaruvchanlik hisobiga shakllangan.
Natijaviy belgiga bir to`da omillar ta`siri va ayrim omillarning sof ta`sirini o`rganish uchun ko`p omilli analitik guruhlash amalga oshiriladi. U omil belgilar birikmasi asosida to`plam birliklarini murakkab guruhlash yo`li bilan bajariladi. Bunday guruhlashni kombinatsion guruhlash deb ataladi. Har qaysi guruh va guruhchalar uchun natijaviy belgining o`rtacha qiymatlari hisoblanadi. Bizning misolimizda kombinatsion guruhlash quyidagi shaklga ega.

4.4-jadval.


Mehnat unumdorligining korxonalar miqyosi (ishchilar soni) va ish stajiga bog`liqligi



Ishchilar soni bo`yicha guruhlar

Ish staji bo`yicha guruh-chalar

Korxonalar soni

Ishchilar soni

Yalpi mah-sulot (ming so`m)

Hamma ishchi-lar staji (kishi yil)

1 korxona o`rtacha ishchilar soni x1

o`rta-cha staj (yil) x2

o`rtacha 1 ishchiga mahsulot (ming so`m) y

1-10

1,0-6,3
6,4-11,6
11,7-17,0

9
6
3

31
47
28

6759
11339
7332

100,7
333,8
342,2

3,4
7,8
9,3

3,2
7,1
12,2

218,0
241,3
261,9

O`rtacha




18

106

25430

776,7

5,9

7,3

239,9

1-20

1,0-6,3
6,4-11,6
11,7-17,0

5
7
4

67
124
76

16851
32972
22047

372,4
1095,1
1031,6

13,4
17,7
19,0

5,6
8,8
13,6

251,5
265,9
290,1

O`rtacha




16

267

71870

2499,1

16,7

9,4

269,2

21-31

1,0-6,3
6,4-11,6
11,7-17,0

4
5
7

101
126
184

27458
34432
53657

624,9
1093,6
2710,8

25,3
25,2
26,3

6,2
8,7
14,7

271,9
273,3
291,6

O`rtacha




16

411

115547

4429,3

25,7

10,8

281,1

Umumiy o`rtacha




50

784

212837

7705,1

15,7

9,8

271,5

Jadval ma`lumotlari ikki omil ta`siri ostida mehnat unumdorligi o`zgaruchanligi ustidan kuzatish imkonini beradi. Ularga asoslanib natija bilan bir omil (ikkinchi omil barqaror qilib o`rtacha darajaga biriktirib qo`yilganda) orasidagi bog`lanishni sof holda o`lchash mumkin. Buning uchun bog`lanish kuchining xususiy (yoki sof) ko`rsatkichlari hisoblanadi. Misolimizda ish staji bilan mehnat unumdorligi orasidagi bog`lanish uchta xususiy (sof) ko`rsatkichiga ega (korxona miqyosi o`rtacha darajada o`zgarmas qilib bog`lab qo`yilganda):



Xuddi shuningdek mehnat unumdorligi bilan ikkinchi omil - korxona miqyosi (ishchilar soni) orasidagi bog`lanish uchun uning xususiy ko`rsatkichlarini (ish staji o`zgarmas qilib bog`lab qo`yilganda) hisoblash mumkin.

Olingan natijalarni oldingi hisoblash natijalari bilan taqqoslashdan kelib chiqadiki, omillar tashqi «shovqin»lardan tozalab qaralganda, ular bilan natija orasidagi bog`lanish biroz kuchayadi.


Ikki omil ta`siri to`plama empirik korrelyatsion munosabat orqali o`lchanadi, ya`ni



Asosiy tushuncha va atamalar
Tasniflash, tasniflash obyekti, subyekti va birligi, faset, ierarxiyaviy tuzilma, tasniflagich, guruhlash, tipologik guruhlash, analitik guruhlash, tuzilmaviy guruhlash, guruh oralig`i, sotsial-iqtisodiy tip, guruhlash belgisi va guruh oralig`ini ixtisoslashtirish, oddiy va murakkab guruhlash, ko`p o`lchovli guruhlash, klaster, Yevklid masofasi, ikkilamchi guruhlash.


Qisqacha xulosalar
Tasniflash va guruhlash hodisa va jarayonlarni o`rganish uchun statistik to`plamlarni tuzish, ularni chegaralash va statistik axborotlarni yaratishning muhim qurolidir. Bu usul yordamida statistik kuzatish natijasida to`plangan besanoq, tarqoq, tasodifiyot girdobida o`ralib qolgan, hom boshlang`ich materiallar asosida ixcham bir-biri bilan uzviy bog`langan, ma`lum tartib-qoidalarga, qonuniyatga bo`ysungan, tuzilmaviy shakllarga ega to`plamlar barpo etiladi.
Tasniflar hamma ilmiy va amaliy sohalarda qo`llanadi. Kimyo, biologiya, fizika, astronomiya va boshqa tabiiy fanlarda yaratilgan tasniflar olamshumul kashfiyotlar hisoblanadi, masalan, Mendeleevning davriy elementlar sistemasi, Linneyning botanika sistemasi, Charlz Darvinning o`simliklar sistematikasi, Ulug`bekning astronomik jadvallari («Zij Kuragoniy») va h.k. shular jumlasidandir.
Statistikada ham ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning tasniflar tizimi ishlab chiqilgan. Ularni EHM yordamida tuzish uchun xalqaro va milliy tasniflagichlar yaratilgan.
Tasniflash hodisa va jarayonlarni sifat xossalariga asoslanib, o`zaro bog`lanishda tartiblash bo`lsa, guruhlash tasniflarni kundalik hayotda tuzish va ijtimoiy-iqtisodiy tahlil jarayonida qo`llashdir. Guruhlash ko`proq miqdoriy belgilarga tayanadi. Shu bilan birga u guruhlarni tuzish va chegaralash uchun belgilarni saylab olish va hamda pirovard natijalarini talqin (tahlil qilish) qilishda o`rganilayotgan obyektlarning sifat mohiyatini hisobga olishni talab qiladi.
Shunday qilib, guruhlash to`la qonli statistik usulidir.
Tasniflashning har xil turlari va usullari bo`lganidek, guruhlashning ham turli usullari mavjud. Tipologik, analitik va tuzilmaviy guruhlashlar, oddiy va kombinatsion, bir o`lchovli va ko`p o`lchovli, birlamchi va ikkilamchi guruhlashlar shular jumlasidandir.
Guruhlash usulidan amaliy ishda foydalanayotganda guruhlarni tuzish va ularni ta`riflovchi birlamchi mutlaq va o`rtacha ko`rsatkichlarni hisoblash bilan odatda chegaralaniladi. Ammo bu holda statistika uslubi ya`ni analitik statistika to`la qonlikda qo`llanildi, deb bo`lmaydi, chunki u guruhiy ko`rsatkichlarni va ular orasidagi bog`lanishlarni baholashni, ishonchli ekanligini aniqlashni talab qiladi. Shuning uchun guruhlash natijalarini elastiklik va barqarorlik ko`rsatkichlarini hisoblash hamda dispersion tahlil bilan to`ldirish va takomillashtirish kerak. Natijada guruhlash statistika usuli sifatida boy mazmunga ega bo`ladi va analitik ahamiyati kuchayadi.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling