Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N
-MAVZU. STATISTIK JADVALLAR VA GRAFIKLAR
Download 1.88 Mb.
|
Статистика маъруза матнлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston aholisining iqtisodiy faolligi
4-MAVZU. STATISTIK JADVALLAR VA GRAFIKLAR
4.1. Statistik jadvallar. Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so`z bilan bayon etishga qaraganda o`rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi. Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta`riflovchi ko`rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o`zaro bog`lanishda ifodalab, umumiy va o`ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi. 4.1-jadval O`zbekiston aholisining iqtisodiy faolligi
Manba: ГоскомстатУз Узбекистан в цифрах 2004. Статсборник – Т.: 2005,45б; Экономика Узбекистана 2005. – Т. 89б. Demak, O`zbekiston aholisi, uning mehnatga qobiliyatli va iqtisodiy faol qismi yil sayin ko`payib bormoqda. Ammo umumiy aholi o`sish sur`atiga nisbatan mehnatga qobiliyatli kishilar soni tezroq ko`paymoqda va unga nisbatan iqtisodiy faol aholi soni esa biroz sekin ortmoqda. Natijada aholining mehnatga layoqatlik darajasi o`sishi bilan bir qatorda iqtisodiy faollik darajasi biroz pasayish tendensiyasiga ega. Jadvallar yotiq va tik to`g`ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo`lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o`rganilayotgan obyektlar va ularning ko`rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o`z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo`lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi. Agarda jadval qatorlari va ustunlari o`z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo`lib, sonlar bilan to`ldirilmagan bo`lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma`lumotlar ma`nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo`lishi kerak. Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma`nosi ifodalangan bo`lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko`rsatilgan bo`lishi, shuningdek, o`lchov birligi ham berilgan bo`lishi lozim. Statistik jadval chuqur ma`noga ega bo`lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo`yicha uni o`ziga xos mantiqiy gapga o`xshatish mumkin. Shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko`rsatkichlar orqali ta`riflanayotgan statistik to`plam jadvalning egasi, ko`rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o`ng tomonida bo`ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin (jadval 4.1 ga qaralsin). Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling