Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.88 Mb.
bet31/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Hodisaning sifati va miqdori deganda nimalar tushuniladi?

  2. Statistik ko`rsatkich nima,ilmiy bilishda va amaliy faoliyatda u qanday ahamiyatga ega?

  3. Statistik ko`rsatkich bilan hodisa belgisi o`rtasida qanday munosabat mavjud?

  4. Statistik ko`rsatkichlarning qanday turlari bor?

  5. Mutlaq ko`rsatkich deganda nima tushuniladi?

  6. Mutlaq ko`rsatkichlarning qanday turlarini bilasiz?

  7. Mutlaq ko`rsatkichlar qanday shakllarda (o`lchov birliklarida) ifodalanadi?

  8. Shartli o`lchov birliklari nima va qachon qo`llanadi?

  9. Nima uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida statistik ko`rsatkichlarni pulda (qiymatda) ifodalash kerak?

  10. Ayollar, erkaklar va bolalar poyafzallarini, ko`ylaklarini, kostyumlari va boshqa buyumlarini donalab hisoblab bo`ladimi? Agarda bo`lsa, bunday o`lchash qanday kamchiliklarga ega?

  11. Bilim darajangizni qanday ko`rsatkichlar yordamida o`lchash mumkin?

  12. Nima uchun ishlab chiqilgan chit va boshqa gazmol turlari pogonometr va jismoniy metrda o`lchanadi?

  13. Qaysi holda mashinasozlik mahsulotlari jismoniy birliklarda va qaysi paytda og`irlik birligida o`lchanadi?

  14. Qanday maqsad ko`zlanganda barcha buyumlar og`irlik birliklarida o`lchanadi va nima uchun turli o`lchov birliklarida hisoblanadi?

  15. Aholi ro`yxatida Sizning yoshingiz qaysi o`lchov birligida qayd qilinadi?

  16. Hamyoningizda 3000 so`m bor, yil boshiga nisbatan iste`mol baholari 60% oshgan. Real qiymatda hamyoningizdagi pul necha so`m?

  17. Siz o`tgan oyda 1-kun 4 soat, 2-kun 10 soat, 3-kun 6 soat o`qigansiz, boshqa kunlari kasal bo`lib o`qishga kelmagansiz. Qancha odam-soat, odam-kun va odam-oy o`qishda bo`lgansiz?

  18. Shirkat xo`jaligida 5ta 6 qatorli, 8 ta 4 qatorli va 3 ta 2 qatorli paxta terish mashinalari bor, paxta ekin maydoni 500 ga. Ho`jalik terim mashinalari bilan qanday ta`minlangan?

  19. Nisbiy ko`rsatkichlar nima va ular qanday ifodalanadi? Foiz bilan koeffitsiyent, foiz bilan promille o`rtasida qancha farq bor?

  20. Taqqoslash deganda nima tushuniladi, uning qanday turlari mavjud?

  21. Nisbiy ko`rsatkichlarning qanday turlarini bilasiz?

  22. Nisbiy ko`rsatkich turlari orasida qanday o`zaro bog`lanishlar bor?




Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling