Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N
Download 1.88 Mb.
|
Статистика маъруза матнлари
5.4 Nisbiy ko`rsatkichlar
Mutloq miqdorlar beqiyos umumlashtirish kuchiga ega, ammo ularni alohida yakka holda qaralsa, voqeaning rivojlanishi yoki harakteri haqida hech qanday ma`lumot bermaydi. Buning uchun mutloq ko`rsatkichlar bir-bir bilan taqqoslanishi lozim. Taqqoslash statistik ko`rsatkichlarni shakllantirishning muhim usulidir. U solishtirilayotgan hodisalar va belgilarning o`xshashlik tomonlari va farqlarini aniqlash imkonini beradi. Taqqoslashning turli yo`llari va shakllari mavjud (3.4-tarh). 3.4-tarh. Statistik taqqoslash turlari. Demak, statistik taqqoslashlar turli miqdorlarni (ko`rsatkichlarni) bir-biri bilan ayirma yoki nisbat shaklida solishtirishni bildiradi, ya`ni: = K1 - K0 (3.1) T= K1 / K0 (3.2) Bu yerda K1 - taqqoslanuvchi ko`rsatkich, K0-taqqoslovchi ko`rsatkich ayirish natijasida olingan yangi ko`rsatkich, T-bo`lish natijasida olingan yangi ko`rsatkich. Ayirmalar shaklidagi (3.1) taqqoslash natijasi () nomli ko`rsatkich bo`lib, o`rganilayotgan hodisa o`lchov birligida ifodalanadi. U bir hodisa ikkinchisiga nisbatan mutlaq o`lchamda qanchaga katta-kichikligini belgilaydi. Nisbiy (3.2) taqqoslash natijasi (T) nomsiz (abstrakt mavhum) ko`rsatkich bo`lib, hodisaning sifat mohiyatini nazardan soqit qiladi. U jarayon tezligini, intensivligini aks ettiradi. Bunday tartibdagi (3.2) taqqoslash natijalari nisbiy statistik ko`rsatkichlar deb ataladi. Bu holda taqqoslanuvchi (bo`linuvchi) ko`rsatkich (K1) joriy miqdor, taqqoslovchi (bo`luvchi) ko`rsatkich (K0) esa zaminiy miqdor deb nomlanadi. Nisbiy ko`rsatkichlar har xil shakllarda ifodalanadi, masalan, koeffitsiyentda, foizda, promilleda, proditsimilleda va h.k. u yoki bu shaklni qo`llash zaminiy miqdorni qanday birlikka tenglashtirib olinishiga bog`liq. Jumladan koeffitsiyentda bu miqdor 1 ga, foizga 100 ga, promilleda 1000 ga, prodisimilleda 10 000 ga tenglashtiriladi. Nisbiy ko`rsatkichlarni turli tartibda taqqoslash yo`li bilan olish mumkin. Birinchi tartibli taqqoslashlarda bevosita hodisalar, ularning belgi qiymatlari taqqoslangan bo`lsa, ikkinchi tartibli statistik taqqoslashlar birinchi tartibli taqqoslash natijalariga asoslanadi, ya`ni bu holda ular bir-biri bilan solishtiriladi. Ikkinchi tartibli taqqoslashlar natijasida vujudga keladigan nisbiy ko`rsatkichlar ommaviy hodisa rivojlanish jarayonlarining yangi qirralarini ochish, tahlilni chuqurlashtirib voqelikning ich-ichidagi munosabatlarni o`rganish uchun xizmat qiladi. Ikkilamchi tartibli taqqoslashlar quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: Ty = yi+1 / yi T = (yi+1 - yi) / (yi - yi-1) (3.3) Ti = Ti+1 / Ti = (Ti+1 / Ti) / (Ti / Ti-1) (3.4) Ty/T = [(yi+1 - yi) / (yi - yi-1)] : yi / yi-1 (3.5) Kc = (Ei - Ei-1) / (Ri - Ri-1) (3.6) Kf = (Ei / Ri) / (Ei-1 / Ri-1) (3.7) Ke = [(Ei - Ei-1) / (Ri - Ri-1)]: (Ei - Ri-1) (3.8) Bu yerda yi - joriy davr ko`rsatkichi. Yi-1 - oldingi davr ko`rsatkichi. yi+1 - keyingi davr ko`rsatkichi. Ei va Ei-1 - joriy va o`tgan davrda olingan iqtisodiy effekt (samara, natija). Ri va Ri-1 - tegishli davrlarda ishlatilgan resurslar. - orttirma (o`zgarish) alomati. (3.3), (3.4) va (3.5) shakllaridagi taqqoslashlar natijasida rivojlanish tezligining jadallashish suratlari deb ataluvchi nisbiy ko`rsatkichlar olinadi. (3.6), (3.7) va (3.8) ko`rinishidagi taqqoslashlar o`rganilayotgan hodisalar o`rtasida sabab-oqibat bog`lanishlar mavjudligini tahlil qilishda qo`llanadi. Jumladan, bozor taraqqiyotini iqtisodiy tahlil qilishda ishlatiladigan chegaraviy moyillik ko`rsatkichlari (3.6) tipidagi taqqoslashga asoslanadi. Masalan, iste`mol qilish yoki jamg`arish uchun chegaraviy moyillik koeffitsiyentlari quyidagicha hisoblanadi: Ks = S / GDP = (Ci - Ci-1) / (GDPi - GDPi-1) Ki = I / GDP = (Ii - Ii-1) / (GDPi - GDPi-1) Bu yerda Ks va Ki iste`molga va jamg`arishga chegaraviy moyillik ko`rsatkichlari; Ci va Ci-1 - joriy va o`tgan davrdagi pirovard iste`mol uchun ishlatilgan tovar va xizmatlar hajmi; Ii va Ii-1 - tegishli davrlarda real aktivlarni jamg`arish uchun investitsiyalar; GDPi va GDPi-1 - tegishli davrlarda yaratilgan yalpi ichki mahsulot; - o`zgarishni ifodalovchi belgi. Masalan, 2005 yilda O`zbekiston yalpi ichki mahsuloti 15,1 trln. so`m, shu jumladan pirovard iste`mol fondi 10,4 trln. so`m va jamg`arma fondi - 4,7 trln. so`mni tashkil etgan, 2000 yilda esa bu ko`rsatkichlar tegishli tartibda 3,2; 2,7 va 0,5 trln. so`m, bundan: Ks = (10,4 - 2,7) / (15,1 - 3,2) = 7,7/11,9 = 0,647 KI = (4,7 - 0,5) / (15,1 - 3,2) = 4,2/11,9 = 0,353 Ayirma shaklida taqqoslash natijalari solishtrilayotgan ko`rsatkishlar bir-birdan qanchaga ko`p yoki ozligini belgilaydi, halos. Ammo hodisalarning rivojlanish darajasini aniqlamaydi. Bu maqsad uchun nisbiy miqdorlar xizmat qiladi. Nisbiy miqdor deb ikkita mutloq ko`rsatkichlarni bir-biriga bo`lishdan hosil bo`lgan taqqoslash natijasi ataladi. Taqqoslash asosini qanday birlikga tenglashtirilishiga qarab nisbiy miqdorlar turli shakllarda ifodalanadi. Agarda bu asos birga tenglashtirilsa nisbiy ko`rsatkich koeffitsiyenti yoki salmoqda, u uzga tenglashtirib olinsa nisbiy ko`rsatkich foizda (%), mingga tenglashtirilib qaralsa promilleda (‰), mingga tenglashtirilsa proditsimilleda (o‰) ifodalanadi. Bu hollarda nisbiy miqdorning mohiyati o`zgarmidi, ifodalanish shakligina turli ko`rinishni oladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling