Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet161/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Konsept yoki tushuncha ma’lum sinfdagi predmetlarni o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha umumlashtirishdir.
Korporativ tizimlarbu loyiha bo‘yicha birgalikda ish bajarish, guruhiy qaror qabul qilish uchun ishlayotgan jamoa a’zolarini qo‘llab-quvvatlovchi axborot tizimlarining umumiy nomidir. Korporativ tizimlar ikki xil bo‘ladi, ular axborotni saqlash, izlanishni qo‘llab-quvvatlash va qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun hizmat qiladi.
Kraudsorsing platformasi–Internet orqali kraudsorserlar tomonidan yo‘natilgan ma’lumotlari, g‘oyalarni yoki moliyaviy mablag‘larni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishga mo‘ljallangan dasturiy-texnologik servis.
Kraudfonding - Internet tarmog‘idagi kraudfonding platformasidan foydalangan holda biror bir loyihani amalga oshirish uchun maqsadli va ihtiyoriy moliyaviy mablag‘lar yig‘ish usuli.
Kreativ kapitalnomoddiy farovonlik bo‘lib hizmat qiladigan, oliy faoliyat bilan to‘ldirilgan vaqt davri bo‘lgan nomoddiy boyliklar oqimining manosi sifatida individlarning shaxsiy sifatlarining yig‘indisi. Kreativ kapitalning ishlatilayotgan hajmi uning potensial hajmidan kam, bu individ daromadining chegaralanganligi va boshqa tashqi omillar bilan bog‘liqdir.
Kreativ individual farovonlikinson hayoti faoliyatining umumiy hajmida yuqori ijodiy faoliyati vaqtining solishtirma ulushi. Kreativ farovonlikning muhim omillaridan biri bu insonning pul daromadi va ijodiy qobiliyatining rivojlanish darajasi hisoblanadi. Birinchi omil monetar (iqtisodiy) farovonlik sifatida ta’riflanadi.
Kreativ farovonlik bujamiyat farovonligi bo‘lib, u ma’lum davr ichida jamiyat barcha a’zolarining ijod davri davomiyligi yig‘indisi bilan o‘lchanadi.
Kreativ erkinlik erkinlikka erishishning yagona usuli deb qaraladi. Imkoniyatli erkinlik tanlovning imkon beruvchi variantlari sonini ko‘paytirishdan iborat, u erkinlikning zaruriy sharti hisoblanadi. Imkoniyatli erkinlik odatiy aloqalarni buzishni anglatadi, shuning uchun u yolg‘izlik va havfsirash hisini uyg‘otadi. Kreativ erkinlikni o‘z hohishiga ko‘ra rad qilish “erkinlikdan qochish” nomini olgan.
Kriptologiyakriptografik usullarning qo‘llanilishini anglatib, kriptografiya va kriptoanalizga bo‘linadi
Kriptografiyainformatsiyani himoyalash uchun uni o‘zgartirish usullarini o‘rganishning matematik metodlarini anglatadi
Kriptoanaliz - kalitlarni bilmasdan turib, informatsiyani rasshifrovka qilish usullarni o‘rganishni anglatadi.
Kriptografiyaning asosiy bo‘limlari – simmetrik kriptotizimlar, ochiq kalitli kriptotizimlar, elektron imzoli tizimlar va kalitlarni boshqarish.
Maqsad izokvantasikutish vaqti–pullarni sarflash”, to‘plamini tasvirlab berish, ularning har biri berilgan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Is’temolchi ikki resursni: vaqt va pul ishlatib maqsadga erishadi. Bu vaziyatda, u kapital va mehnatni ishlatish yo‘li bilan berilganmahsulot hajmini ishlab chiqarishi kerak bo‘lgan ishlab chiqaruvchiga o‘xshaydi.
MRR (Monthly Recurring Revenue) – kompaniyaning barcha mijozlari keltiradigan oylik daromad miqdori.
MOTOMail Order or Telephone Order – telefon yoki pochta orqali zakaz.
MVPMinimum Value Product – minimal miqdordagi hayotiy mahsulot.
Meritokratiyainsonlarning ijodiy qobiliyatini amalga oshirgan farovonlikni taqsimlashga moslashgan iqtisodiy va siyosiy hokimiyat tizimidir. Meritokratiya demokratiyani o‘rniga keladigan, tadbirkorlik qobiliyatini amalga oshiradigan, muvofiq farovonlikni taqsimlashga asoslangan hokimiyat tizimidir. Meritokratiya axborotlashgan jamiyatda hokimiyat tizimi bo‘lib, demokratiya–industrial jamiyatda hokimiyat tizimidir.
Mobil tijorat (mobile commerce, m-commerce) – mobil vositalar yordamida amalga oshiriladigan elektron tijorat texnologiyasi.
Model Freemium – demonstratsion versiya bepul beriladi, qo‘shimcha imkoniyatlar esa pulga beriladi.
Model Free-to-Play – barcha funktsional tekinga beriladi.
Model Full-Crowdsoursing – mahsulot kraudsorsing platformasida kraudsorserlar tomonidan ko‘ngillilik asosida va tekinga yaratiladi.
NASDAQ (National Association of Securities Dealers Automated Quotation) – Yuqori texnologiyali firmalarning aktsiyalari bilan savdi qiluvchi amerika elektron birjasi.
Near Field Communication (NFC) –ma’lumotlarni uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar orasidagi simsiz aloqa texnologiyasi.
NPS – Net Promoter Scoreiste’molchining loyallilik indeksi.
NPVNet Profit Value – toza joriy narx
Noosferabiosfera evolyusiyasi jarayonida tashkil bo‘ladigan idrok sohasi. Noosferada asosiy geologik kuch bo‘lib ilmiy bilim hisoblanadi. Noosferani shakllanish davrini psixozoy yoki antropogen deb ataydilar.
Notijorat tashkilot– o‘z faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish bo‘lmagan va topilgan foydani faqatgina ustav ko‘rsatmalarini bajarish uchun sarflovchi, ijtimoiy-madaniy hizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotdir.
Opt-In – internetdagi foydalanuvchilar so‘raydigan elektron pochta ma’lumotlari.
OCR Order Conversion Ratio – kelishuvlar chastotsi koeffitsienti.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling