Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shirflash
- Kalit
- Kriptobardoshlilik ko‘rsatgichlari
- Xesh-funktsiya yoki daydjest-funktsiya
- MD2, MD4, MD5 xesh-funktsiyalari
- MDC2 va MDC4 xesh-funktsiyalar
Shifrovkachilar - ma’lumotlarni shifrovka qilish uchun bu sohaga mahsus o‘qitilgan insonlar.
SaaS – Software as a service – dasturiy ta’minot hizmat sifatida. SADT – Structured Analysis and Desigh Technique - murakkab tizimlarni loyihalash va tarkibiy tahlil qilish uslubiyati SBTC – Skill-based technological Change – ko‘nikmalarga asoslangan texnologik o‘zgarishlar. SCM – Supply Chaim Management – yetkazib berish zanjirlarini boshqarish. SEM – Search Engine Marketing – qidiruv marketing. SET – Secure Elektronic Transaction – himoyalangan protocol. SMM – Social Mediya Marketing – ijtimoiy media marketing. SMO – Social Mediya Optimization – ijtimoiy mediya uchun saytni optimallashtirish. SOA – Servise-oriented Architecture – Xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan tuzilma. SOP – Standart Operating Procedures–standartlashtirilgan texnologil operatsiyalar. SPO – Secondary Public Offering – qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi joylashtirilishi. SQI – Service Quality Indicators – xi\mat sifati ko‘rsatgichlari. SRM – Supple Relationship Management – iste’molchilar bilan aloqa qilish boshqaruv tizimi. SSL – Secure Socket Layer – himoyalangan protocol. Sayt – bir-biri bilan havola, giperaloqalar yordamida o‘zaro bog‘langan sahifalar to‘plamidir. Har bir sahifa matn, grafika, tasvir va shuningdek,tovushlardan tashkil topishi mumkin. Shirflash – boshlang‘ich ochiq matnni shifrlangan matnga aylantirish jarayoni. Skimming – bank kartalarida mahsus o‘quvchi qurilmalar orqali ma’lumotlar olish bilan bog‘lik firibgarlik usuli bo‘lib, tranzaktsiyalar paytida ma’lumotlar o‘g‘irlanadi. Kalit – matnlarni hech qanday to‘siqlarsiz shifrlash va deshifrlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumot Kriptobardoshlilik – kalitni bilmasdan turib, shifrlangan matnni deshifratsiya qilish imkoniyati qandayligini ko‘rsatadigan kattalik Kriptobardoshlilik ko‘rsatgichlari – barcha mumkin bo‘lgan kalitlar soni va kriptoanaliz uchun zarur bo‘lgan o‘rtacha vaqt QR-kod – ikki o‘lchami shakl ko‘rinishidagi matritsaviy kod. Raqamli imzo – qandaydir mahfiy kalit yordamida generatsiya qilingan ma’lumotlar blogi. Ochiq kalit yordamida haqiqatan ham ma’lumotlar shu mahfiy kalit yordamida generatsiya qilingani tekshiriladi Xesh-funktsiya yoki daydjest-funktsiya – boshlang‘ich ma’lumotning nazorat yig‘idisi bo‘lib (bir tomonlama funktsiya), ma’lumotlarning ishonchsiz aloqa kanallari orqali uzatilishini tekshirish vositasidir (bunda ma’lumotlarning butunligi tekshiriladi). Ma’lumot mahfiy kalit bilan shifrlangan xesh-funktsiya bilan birgalikda uzatiladi. Ma’lumotni oluvchi boshlang‘ich axborotni olganidan so‘ng, uning xesh-funktsiyasini aniqlaydi va uni qabul qilingan ma’lumotning xesh-funktsiyasini bilan solishtiradi va shundan so‘ng tegishli qaror qabul qiladi. MD2, MD4, MD5 xesh-funktsiyalari – havfsizlik tizimlaridagi eng ommabop bo‘lgan xesh-funktsiyalar bo‘lib, uzunligi 16 bayt bo‘lgan daydjestlarni generatsiya qiladilar. SHA-amerika standartidagi xesh-funktsiya – MD4 xesh-funktsiyaning adaptatsiya qilingan varianti hisoblanadi. Uning daydjesti uzunligi 20 baytdir. MDC2 va MDC4 xesh-funktsiyalar – IBM kompaniyasi tomonidan foydalaniladigan bir tomonlama xesh-funktsiyalar bo‘lib, ular DES shifrlash algoritmiga asoslangan. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling