Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet42/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Raqamli iqtisodiy innovatsiyalar – yangi raqamli iqtisodiy mexanizmlar, bozor tashkilotlari, mahsulotni tarqatish va almashtirish usullari;

  • Raqamli ishlab chiqarish-texnologik innovatsiyalar – ishlab chiqarishda yangi raqamli texnologiyalar yaratish va ulardan foydalanishga yo‘naltirilgan;

  • Raqamli ekologik innovatsiyalar – tashqi muhitning ifloslanishini kamaytiradigan, xavfli chiqindilarni tozalaydigan, chiqindilarni qayta ishlaydigan va shunga o‘xshashlar;

  • Tashkiliy-boshqaruv turidagi raqamli innovatsiyalar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatida yanada samaraliroq tashkiliy-boshqaruv usullaridan foydalanish;

  • Siyosiy innovatsiyalar – siyosat sohasida, siyosiy faoliyat turlarida, ichki va tashqi faoliyatda, halqaro munosabatlarda yangi g‘oyalarni amalga oshirish;

  • Huquqiy innovatsiyalar - yangi ijtimoiy-siyosiy huquqlar kiritish, yangi qonunlar ishlab chiqish, norma va normativlar yaratish va boshqalar;

  • Ma’naviy muhitdagiraqamli innovatsiyalar – ma’naviy faoliyat bilan bog‘liq yangi paradigmalar, gipotezalar, kontseptsiyalar yoki fanda yangi nazariyalar yaratish, ta’limda yangi usullardan foydalanish, yangi faoliyat turlarini topish, madaniyatda yangi san’at yo‘nalishlari va stillarini yaratish.

    Amalga oshirilish usuli bo‘yicha quyidagi raqamli innovatsiyalar turlarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:

    • Moddiy materialda aks ettirilgan raqamli innovatsiyalar (hard) – bularga misol sifatida raqamli yangi mahsulotlar, mashinalar, uskunalar va jihozlarni ko‘rsatish mumkin;

    • Moddiy materialda aks ettirilmagan raqamli innovatsiyalar (soft) – bularga misol sifatida yangi samarador ta’lim usullarini, kompyuter dasturlarini, tashkiliy va boshqaruv bo‘yicha o‘zgarishlarni, fan tizimidagi paradigmalarning o‘zgartirilishi yoki boshqasiga almashinuvini ko‘rsatish mumkin.

    Yangilik darajasi bo‘yicha raqamli innovatsiyalarni nimanidir yangilash, qandaydir yangilik kiritish yoki nimanidir mukammallashtirish kabi turlarga bo‘lish mumkin. Bunda raqamli innovatsion yangilik kiritish deganda, qandaydir yangilikning (yangi kontseptsiya, g‘oya, texnik yechim va boshqalar) birinchi marta (jahon miqyosida, mamlakat miqyosida yoki viloyat miqyosida kabilar) ishlatilishiga tushuniladi. Ammo uning ijtimoiy va iqtisodiy afzalligi ham o‘sha miqyosda tan olingan bolishi lozim. Raqamli yangilik kiritishni boshqacha sharoitlarga moslashtirish, yangilash tariqasida tushuniladi. Demak, yangilash ushbu tashkilot uchungina innovatsiya, ammo u tashqi dunyo uchun yangilik bo‘lmasligi ham mumkin. Nihoyat, mukammallashtirish deganda originalni joylardagi konkret shart-sharoitlarga biroz o‘zgarishlar kiritgan holda moslashtirishga tushuniladi. Demak, bu amal bir mamlakat yoki tashkilot uchungina raqamli innovatsiya hisoblanishi mumkin holos.
    Raqamli iqtisodiyotdagi yangiliklarning tarqalish chegaralariga bog‘liq ravishda raqamli innovatsiyalar quyidagi turlarga bo‘linadilar:

    • Dunyo miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;

    • Mamlakat miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;

    • Regional yoki viloyatlar miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;

    • Alohida firma, tashkilot yoki shahar doirasida amalga oshiriladigan raqamli innovatsiyalar.

    Ijtimoiy yo‘nalishdagi raqamli innovatsiylar ham quyidagi asosiy turlarga mansub bo‘lishlari mumkin:

    • Iqtisodiy – raqamli olamdagi yangi moddiy yoki ma’naviy taqdirlashlar turlari, ko‘rsatgichlar, mehnatga haq to‘lashning progressiv tizimlari va boshqalar;

    • Tashkiliy-boshqaruv – yangi raqamli tashkiliy tuzilmalar, mehnatni tashkil qilish usullarini raqamlashtirish va boshqalar;

    • Huquqiy – mehnat yoki xo‘jalik yuritish bilan bog‘liq qonunlardagi o‘zgarishlarni raqamli ko‘rinishda amalga oshirish;

    • Pedagogik – raqamli vositalarni qollagan holdagi yangi innovatsion-interfaol o‘qitish, ta’lim berish yoki tarbiya qilish usullari.

    Raqamli innovatsion iqtisodiyotning zamonaviy sharoitlarida yangiliklar, bilim va informatsiyaning bunchalik ko‘p turlarda namoyon bo‘lishi innovatsiyalarning tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Iqtisodiyotning XX-XXI asrlardagi evolyutsiyasi ishlab chiqarish sohasidagi yangi bilim va informatsiyaning ma’nosi va mohiyatini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Ushbu evolyutsiya natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan (raqamliinnovatsion davr 2000-yildan so‘nggi davr hisoblanadi):


    Download 2.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   176




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling