Тошкент давлат педагогика университети дефектология факультети
Nuqsonga ega bola tarbiyalayotgan oiladagi muammolarning
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
rivojlanishida nuqsoni bolgan bolani tarbiyalashda oila va maktab hamkorligining shakl va metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolaning shakllanishida maktab va oilaning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish
- 1 bob bо‘yicha xulosa
1.2. Nuqsonga ega bola tarbiyalayotgan oiladagi muammolarning tarixiy jihatlari Nuqsoni bо‗lgan farzandga ega oilaning muammolari uning hayotining turli doiralarida namoyon bо‗ladi. Insoniyatning rivojlanish tarixida bunday oilaning va jamiyatning о‗zaro munosabatlari sotsiumning oila va uning ehtiyojlariga bо‗lgan diqqatning turli darajalari bilan xarakterlanadi. Adabiyotlarning taxlili bunday о‗zaro munosabatlarning turli bosqichlarini ajratish imkonini yaratgan 14 .
Rossiyada XIX asrda oila muhitida turli psixik buzilishlarni oldini olish va davolash uchun foydalanishga e‘tibor bera boshlangan. 1859 yildan oilaviy patronajni rivojlanishi doirasida davolovchi vrach tomonidan bemor oilasiga maxsus ta‘sir masalasi muxokama qilingan. Bunda bemorning holatini doimo kuzatish va nazorat qilishgina emas, balki ―oila a‘zolari bilan tushuntiruvchi suhbat о‗tkazilib, ular bemorga hamdardlik bilan munosabatda bо‗lishlari va о‗zlarining gaplari bilan uning sog‗lig‗iga ijobiy ta‘sir kо‗rsatishlari kerak‖ligi nazarda tutilgan . Shu tarzda dastlab nuqsonga ega farzandi bо‗lgan oilaning muammolari uning a‘zolari tomonidan bemorning holatiga ijobiy ta‘sir kо‗rsatishga jalb etish jihatidan kо‗rilgan. A.M.Shereshevskiyning ta‘kidlashicha, oilada psixologik davolash oilani territoriya jihatidan yaqin bо‗lganda yaxshi natijalar bergan. Bemorning oilasi faqatgina davolov va psixoterapiya tadbirlarini о‗tkazish uchun fon bо‗lib qolmasdan, balki uning ma‘lum bir komponentiga aylangan. Oila vrachga davolashning metodini tо‗g‗ri tanlashda yordam bergan va uni amalga oshirishda tegishli muhitni yaratgan. XX asrning boshida Rossiyaning yirik shaharlarida ruhiy kasallarni oilada davolashning turli shakllari yuzaga kelgan va joriy etilgan. Bu sohaning yirik namoyondalari boladagi nuqsonni yuzaga kelish
14 Спиваковская, А.С. Как быть родителями: (О психологии родительской любви). // А.С. Спиваковская М.: Педагогика, 1986.- 243с.
14
sabablari haqida ota-onalar bilan tushuntirish ishlarini olib borishga, oiladagi tarbiyaning kamchiliklari alohida va ota-onalarga yordam berish masalalarini yoritishgaalohida e‘tibor berganlar. Masalan,oilaning bemorga ijobiy ta‘siri unda autizmni yuzaga kelishini oldini oladi deb kо‗rsatgan. V.P.Kashenko psixik buzilishlarni davolashda oilaning individual xususiyatlarini, uning bemorga ijobiy ta‘sirini ham e‘tiborga olish lozimligini kо‗rsatgan (V.P.Kashenko, 1905). Bolani tarbiyasida ota-onalarga yordam kо‗rsatib, u birinchi navbatda ota- onalarga ―bunday boladagi nuqsonning xarakterini va uni tarbiyalash murakkabligini tushuntirgan, shuningdek kun tartibiga rioya qilish zarurligi haqida ta‘kidlagan, maxsus adabiyotlarni tavsiya qilgan. Korreksion tarbiya tizimini amalga oshirishda ota-onalarga yordam uchun pedagog-defektologni taklif etish kerakligini uqtirgan. Ota-onalar mavzusini muhokama etilayotgan masalalar jumlasiga kiritilganligini XX asrning boshidagi mashhur psixiatr, psixologlar va pedagoglarning ilmiy ishlarida kо‗rish mumkin. Bu mavzuni yoritishda J.Demura tadqiqotlari qiziqish uyg‗otadi, G.I.Rossolimoning fikricha J.Demura о‗sha vaqtda, Yevropada nuqsoni bо‗lgan bolalar bо‗yicha eng yaxshi mutaxassislardan biri bо‗lgan. Uning Rossiida v 1909 yil nashr etilgan "Nuqsonga ega bolalar, ularni uyda va maktabda tarbiyalash" monografiyasi ota-onalar uchun juda qimmatli bо‗lgan. Nemis olimi va pedagogi B.Mennelning ―Aqli zaif bolalar uchun maktablar‖ monografiyasi 1911 yili vrach M.Vladimirskiy tomonidan rus tiliga tarjima qilingan. Monografiyada Germaniyada aqli zaif bolalar uchun maktablarning holati tizimli yoritilgan va ―Ota-onalar va о‗quvchining hayot sharoiti‖ nomi bilan alohida bо‗lim ota-onalar va farzandlari muammolariga bag‗ishlangan. Rosssiyada oilaviy psixoterapiyaning yuzaga kelishi davolov-tarbiyaviy muassasalarni va ruxiy kasallar uchun oilaviy patronajni tashkil etilishi bilan bog‗liq. 15
Bunday davolov-tarbiyaviy muassasasi 1882 yilda Peterburgda tashkil etilgan bо‗lib, uni taniqli vrach va pedagog I.V.Malyarevskiy boshqargan. Bu tarzdagi muassasalar tajribasi bilvn о‗sha davrda chet elda ham qiziqib qolingan. Muassasalar haqidagi savolga javoban V.M.Bexterev ― tashkil etilgan 12ta muassasalar faqatgina davolash bilangina emas, balki muassasadagilarni tarbiyalashda g‗am yutuqlarga erishmoqdalar‖ deb kо‗rsatgan. I.V.Malyarevskiy va uning izdoshlari tomonidan tibbiy ta‘sir bilan birgalikdagi tarbiya ishlarida "oiladaigi о‗zaro munosabatlarni tashxis qilish va ruxiy bemorlarni tarbiyasidagi xatoliklarni aniqlash‖ ga alohida diqqat qaratilgan. Oilada tarbiyalashga alohida e‘tibor qaratib Malyarevskiy " ota-onalarning pedagogik nо‗noqligi ouy sharoitida bolalarga egoizmni yuzaga keltiradi, atrodagilar oldida hech qanday majburiyatni shakllanmasligiga, о‗zini haddan tashqari yaxshi kо‗rishga olib keladi‖ deb ta‘kidlagan. Tarbiyadagi buzilishlar vrach tomonidan bola bilan alohida yoki lozim bо‗lganda ota-onalari bilan birgalikda suhbat jarayonida amalga oshirilgan. Ota- onalar uchun ―majlislar‖ о‗tkazilib, ularda oiladagi tarbiyaning kamchiliklari ochib berilgan. Bunday markazlarda ―idiotlikning yengil darajasidagi, asab tizimida va hissiy a‘zolarida buzilishlari bо‗lgan, psixik buzilishlarga ega bolalarga (ya‘ni bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning о‗sha vaqtdagi tasnifi asosida) yordam kо‗rsatilgan [3, 64]. 1912 yili Peterburgdagi Psixonevrologik institut qoshida yordamchi maktab ochilib, unda ota-onalar uchun kurslar faoliyat yuritgan. Ushbu kurslarning dasturiga ―bolalar psixoptologiyasi va kasalliklarining xarakteri bilan tanishish‖ bо‗limi kiritilgan. Ota-onalar va bolalar bilan birgalikdagi mashg‗ulotlar о‗tkazilib, ularda oiladagi murakkab nizoli vaziyatlargina muhokama etilmasdan,ularni bartaraf etish yuzasidan maslahatlar berilgan. 1907 to 1912 yillargacha bunday ―birgalikda tarbiyalash va о‗qitish tо‗garaklari‖ Moskvada ham tashkil etilgan va uning dasturi bilan V.M.Bexterev ham tanish bо‗lgan.
16
Shunday qilib, oiladan tashkiliy-davolov va tarbiyaviy komponent sifatida foydalanish Rossiyada tibbiyot va pedagogika sohasining taniqli namoyandalari tomonidan о‗zoq vaqtgacha va turli shakllarda amalga oshirilgan. Bu fikr о‗sha vaqtdagi taniqli psixologlar, pedagoglar, psixiatrlarning topgan (D. I. Azbuka na, T.A.Vlasova, G.L.Vigodskaya, L.S.Vigotskiy, M.F.Gnezdilov, A.N.Graborov, YE.K.Gracheva, G.M.Dulnev, S.D.Zabramnaya, M.V.Ippolitova, K.S.Lebedinskaya, V.I.Lubovskiy, YE.M.Mastyukova, M.S.Pevzner, V.G.Petrova, B.I.Pinskiy, L.I.Solnseva, I.M.Solovyev, YE.A.Strebeleva, G.V.Sikoto, J.I.Shif, va boshqalar) ilmiy ishlarida о‗z aksini topgan.
17
oilaning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish Ta‘lim tizimining demokratlashuvi, innovatsion dasturlar maxsus muassasalarning ham oila bilan о‗zaro hamkorligi muammosini hal etish, rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan farzandni tarbiyalayotgan ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish sharoitlarini yuzaga keltirish yо‗llarini tadqiq etish zaruriyatini keltirib chiqmoqda 15 Tadqiqotchilar va amaliyotchilar bunga bog‗liq quyidagi qarama-qarshiliklarni aniqlaganlar: — ota-onalarning huquqlari va burchlari о‗rtasidagi va ulardan foydalanishni bilmaslik; — ota-onalarning ta‘limga bо‗lgan ehtiyojlari va ularni qondirishning imkoniyatini mavjud emasligi; —ota-onalarda pedagogik madagniyat darajasining pastligi va bolani tarbiyalashda psixologiya asoslarini bilmasliklari hamda maxsus muassasalarda ta‘lim tizimining talab darajasida emasligidir. Turli ijtimoiy institutlar о‗rasidagi aloqa va hamkorlikni mustahkamlanishi va rivojlanishi (maktab, oila, jamoatchilik) rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarning hayot tarzi va tarbiyalanishini yaxshilanishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda oila va maktabning о‗zaro faoliyatiga quyidagi tamoyillar asos bо‗ladi: 1) bolani tarbiyalash va о‗qitishda ota-onalar va pedagoglar partner (sherik) bо‗ladilar; 2) bu pedagoglar va ota-onalar tomonidan bolalarni tarbiyalash va о‗qitishdagi hamfikrlilik; 3) pedagoglar va ota-onalar tomonidan bolani hurmat qilish, yordam berish va unga ishonish;
15 Васильева, А.К. Структура семьи. // А.К. Васильева М.: Педагогика, 1988. – 164с. 18
4) pedagoglar va ota-onalar tomonidan rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tarbiyalash va о‗qitishda oila va maktabning imkoniyatlarini bilishlari va ulardan maksimal darajada foydalanishlari; 5) oila va maktabning о‗zaro hamkorligi jarayonini, uning oraliq va yakuniy natijalarini doimo taxlil qilish. Jamoatchilik va oilada tarbiyalashning о‗zaro aloqadorligi, shuningdek pedagoglar, ota-onalar va jamoatning о‗zaro ma‘suligi bir qator meyoriy – huquqiy hujjatlarda о‗z aksini topgan 16 . Masalan, ―Ta‘lim tо‗g‗risidagi Qonun‖ da ota-onalar birinchi pedagoglar deb kо‗rsatilgan. Ular farzandlarining jismoniy, ahloqiy va intellektual rivojlanishiga asos solishlari lozim. Bunga bog‗liq ravishda maktabning oila bilan ishlashdagi mavqei о‗zgaradi. Har bir maktab bolani tarbiyalab qolmasdan, balki ota-onalarga bola tarbiyasi bо‗yicha maslahatlar beradi. Bunga bog‗liq ravishda ta‘lim muassasasi ota-onalar bilan ish olib borish sharoitlarini aniqlash, uning mazmunini boyitishi, maktab va oilaning rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani tarbiyalashda va о‗qitishdagi hamkorligining formasi va metodlarini takomillashtirishi lozim. Defektolog – faqatgina bolalarning tarbiyachisi bо‗lmay, balki ularni tarbiyalash bо‗yicha hamkordirlar 17 . Maktab va oilaning mustahkam hamkorligini amalga oshirish lozimligi haqida: « Bolalarni tarbiyalamasdan, maktab hayotida ota-onalarning ishtirokisiz, kattalar va bolalarning doimiy ma‘naviy muloqotisiz oila jamiyatning dastlabki yacheykasi bо‗la olmaydi, maktab esa о‗quv-tarbiyaviy maskini bо‗lmaydi va jamiyatning ma‘naviy rivojlanishi tо‗xtab qoladi» deb kо‗rsatgan . «Ota-onalar bilan ish olib borish masalasi –juda muhim va dolzarb muammo. Bunda ota-onalarning bilim darajasi, ularning о‗z bilimlarini oshirishga
16 Токарева, С.Н. Социальные и психологические аспекты семейного воспитания. // С.Н. Токарева М.: Просвещение, 1989. – 243с. 17 Лесгафт, П.Ф. Семейное воспитание ребенка и его значение. // П.Ф. Лесгафт М.: Просвещение, 1991.-423с. 19
yordam berish, ularni ma‘lum bо‗lgan pedagogik bilimlar bilan qurollantirish bо‗yicha ishlar olib borish lozim» 18 . Rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan farzandni tarbiyalayotgan oilaga nisbatan maktabning rahbarlik va tashkillashtiiruvchi roli bir qator omillar bilan belgilanadi: —ota-onalar о‗rtasida pedagogik bilimlarni rejaga asosan, faol ravishda yoyish ; — bola tarbiyasida oilaga yordam berish; — jamiyatda va oilada tarbiyaning ijobiy tajribasini tashviqot qilish; — ota-onalarni pedagogik faoliyatga jalb etish; — ota-onalarning pedagogik bilimlarni egallashlarini faollashtirish va boshqalar. V.A. Suxomlinskiy pedagogika barcha uchun, ya‘ni о‗qituvchilar va ota- onalar uchun ilm bо‗lishi kerak deb kо‗rsatgan. Biror-bir muvaffaqiyatli tarbiyaviy ish pedagogik ta‘limsiz, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish tizimisiz bо‗lmaydi, chunki pedagogik madaniyat umumiy madaniyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ota-onalarning pedagogik madaniyati deganda bola tarbiyachisi sifatidagi shaxs tomonlarining rivojlanganligi, bola tarbiyasiga tayyorligi tushunilib, ular oilada va jamiyatda bola tarbiyasi jarayonida namoyon bо‗ladi. Ota-onalarning pedagogik madaniyatining asosiy komponenti bо‗lib psixologik-pedagogik, fiziologik-gigiyenik va huquqiy bilimlarining ma‘lum bir summasi, shuningdek rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani tarbiyalash amaliyoti jarayonida yuzaga kelgan kо‗nikma va malakalar, ularning pedagogik tayyorgarligi xizmat qiladi 19 . Bunda ota-onalarning tarbiyaga bо‗lgan munosabatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalik burchiga ma‘suliyat bilan yondoshish, о‗z farzandlarini iloji
18 Ауталипова У.И.Психолого-педагогические проблемы в воспитании детей дошкольного возраста в условиях семьи. В сб. мат-лов межд.конф. «Новые подходы и пути обучения, воспитания, коррекции и интеграции детей с проблемами в развитии». Бишкек, 1998.
19
ta‘siri. T.: 2005y. 20
boricha yaxshi tarbiyalashga bо‗lgan hoxish - ota-onalarning pedagogik madaniyatini ajralmas qismidir. Korreksion pedagogika sohasida ota-onalar rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tarbiyalash va о‗qitishning asosiy qonuniyatlari va xususiyatlarini bilishlari, tarbiya mazmuni va metodlari bilan tanishishlari, bolaning atrofdagilar bilan munosabatlari va ijtimoiy qimmatga ega bо‗lgan xulq formalarini shakllantirishga yо‗naltirilgan bolalar faoliyatini, muloqotini tashkil etish formalari va metodlarini e gallashlari muhim. Pedagogik madaniyatni tarbiyada jamiyatning ota-onalar shaxsiga bо‗lgan asosiy talablar, oiladagi munosabatlarni regulyatsiya qiluvchi g‗oyaviy, ahloqiy munosabatlar, oiladagi shaxslararo munosabatlar ijtimoiy-pedagogik shartlari bilan birgalikda kо‗riladi. Bunga bog‗liq ravishda ota-onalar bilan ish olib borish quyidagi hamkorlik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi. Hamkorlik belgilariga quyidagilar kiradi: — jarayonning har bir ishtirokchisi faoliyat maqsadini anglashi; —ishtirokchilar о‗rtasida mehnatni aniq bо‗linishi va kooperatsiyasi; —jarayon ishtirokchilari о‗rtasida ma‘lumot alamashishdagi shaxsiy aloqalar, о‗zaro yordam; — ijobiy shaxslararo munosabatlar 20 . Shuni ta‘kidlash lozimki, keyingi yillarda ota-onalarning faolligi oshib, ular bola tarbiyasida faol ishtirokchilarga aylandilar. «...Shunday qilish lozimki, maktab ota-onalarning о‗rnini bosmasin, ularni ota-onalaridan uzoqlashtirmasdan, balki ularni bir-biri bilan bog‗lab, aloqasi va о‗zaro harakati uchun sharoit yaratsin » 21 .
Ota-onalar bilan ish olib borish – defektolog faoliyatining murakkab va muhim qismi bо‗lib, u о‗ziga ota-onalarning pedagogik bilim, kо‗nikma va malakalarini oshirish, oiladagi tarbiyada pedagoglar tomonidan ota-onalarga
20 Кравцов, Г.Г. Личность формируется в семье. Г.Г. Кравцов Дошкольное воспитание, 1991. - № 2.-С.12-17. 21 Mо‗minova L.R. Nogiron bolalarni oilada tarbiyalash.T.: Respublika oila markazi. 1996 y. 21
yordam berish, bola tarbiyasi uchun muvofiq sharoit yaratish,bolani tarbiyalashda ota-onalar va tarbiyachilar, pedagoglarning о‗zaro harakatlarini kiritadi. YE.A. Arkin, ota-onalar bilan ishlashning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritgan: 1) bolalaning oilasini о‗rganish; 2) maktab faoliyatida ota-onalarning faol ishtirok etishga jalb etish; 3) rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tarbiyalash va о‗qitishdagi oila tajribasini о‗rganish; 4) ota –onalarga korreksion pedagogika va psixologiya sohasida tushunchalar berish 22 . Maktab va oilaning hamkorligi vazifalarini hal etishda asosiy
muammolardan biri bu soha faoliyatini yaxshi bilmaslik bir tomondan, ikkinchi tomondan oila bilan ishlashda faqat an‘anaviy metodlarni qо‗llash bо‗lib, kо‗p vaqtda pedagoglar va ota –onalar hamkorligining boshqa shakllarini qо‗llash zaruriyati kelib chiqmoqda. Bunday hamkorlikni Angliyada о‗rganish ajribasi qiziqarli. Masalan, Lindon bolalarning tarbiyasida ota-onalarning ishtirokini о‗rgangan. G. Pag i B. Tayzardlar о‗z tadqiqotlarini ota-onalarni maktab faoliyatiga jalb etish masalalariga qaratganlar. Bu tadqiqotlar asosida hamkorlikning 5ta asosiy yо‗nalishlari kо‗rsatib berilgan, bulardan 3tasi mutaxassislarga, ikkitasi ota- onalarga tavsiya etilgan. posvyatili ryad rabot podklyucheniyu roditeley k deyatelnosti shkol. 1. «Tarbiyasiz bolalarga yordam berishga harakat qilayotgan mutaxassislar ota-onalarni bolalarni rivojlanishidagi muhim potensial, shu bilan bir vaqtda ―muammoning bir qismi deb qaraydilar‖. 2.Bolalardagi qiyinchiliklar oiladagi qiyinchiliklar sifatida qaralib, oila muammolaridan ajratib qaralmaydi. Oilaning boshqa a‘zolarini о‗zgartirishlar kiritish lozimligiga ishontirmasdan muammoni hal etib bо‗lmaydi
22 Aytmetova G.SH. Oligofrenopedagogika. T.: 1994. 22
3. Mutaxassislar bolani uyda о‗qitishga ota-onalarni jalb etib, ular ishga halaqit bermasdan, balki farzandlarining muvaffaqiyatlariga yordam beradilar. Ota-onalar farzandlariga yordam berish maqsadida yangi malakalarni egallab olishlari mumkin. 4. Hamkorlikning yana bir tomoni: ota-onalarning ma‘lumotga ega bо‗lish huquqlari va maktabga bolalarining hayotiga samarali ta‘sir etish uchun murojaat qilishlaridir. 5. Ota-onalar о‗zlarini har narsaga qodir kattalar deb hisoblaydilar 23 . 1. Oila faqat bolalarnigina emas, balki kattalarning ham ijtimoiylashuvida muhim omil bо‗lib, unga insonning butun hayoti davomida jismoniy, hissiy va ijtimoiy rivojlanishi bog‗liq bо‗ladi. 2. Oiladagi tarbiya bola shaxsini ijtimoiylashuvining faqat jamoat uchungina emas, balki ota-onalarning individual ravishda о‗zlarini ma‘naviy tomonini farzandlarida namoyon bо‗lishida, bolalar himoyalashda kо‗rinadi. 3. Ota-onalar bilan ishlash bu defektolog faoliyatining murakkab va muhim tomoni bо‗lib, u о‗ziga ota-onalarning pedagogik bilim, kо‗nikma va malakalarining darajasini kо‗tarish; ota-onalarga oilada tarbiya bо‗yicha pedagoglarning yordamini talab etadi.
23 wwwikipedia.ru. 23
Biz tomonimizdan о‗rganilgan adabiyotlarning nazariy taxlili quyidagilarni kо‗rsatdi: Nuqsoni bо‗lgan farzandga ega oilaning muammolari uning hayotining turli doiralarida namoyon bо‗ladi. Insoniyatning rivojlanish tarixida bunday oilaning va jamiyatning о‗zaro munosabatlari sotsiumning oila va uning ehtiyojlariga bо‗lgan diqqatning turli darajalari bilan xarakterlanadi. Bunday о‗zaro munosabatlarning turli bosqichlarini ajratish mumkin. Turli ijtimoiy institutlar о‗rasidagi aloqa va hamkorlikni mustahkamlanishi va rivojlanishi (maktab, oila, jamoatchilik) rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarning hayot tarzi va tarbiyalanishini yaxshilanishiga olib keladi. Korreksion pedagogika sohasida ota-onalar rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tarbiyalash va о‗qitishning asosiy qonuniyatlari va xususiyatlarini bilishlari, tarbiya mazmuni va metodlari bilan tanishishlari, bolaning atrofdagilar bilan munosabatlari va ijtimoiy qimmatga ega bо‗lgan xulq formalarini shakllantirishga yо‗naltirilgan bolalar faoliyatini, muloqotini tashkil etish formalari va metodlarini egallashlari muhimdir.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling