Тошкент давлат педагогика университети дефектология факультети
bob. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolani oilasining maktab bilan
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
rivojlanishida nuqsoni bolgan bolani tarbiyalashda oila va maktab hamkorligining shakl va metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Aqli zaif о‘quvchilar oilasining maktab bilan hamkorligi holatini о‘rganish natijalari
- 2 bob bо‘yicha xulosa
- 3 bob. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolaning shakllanishida maktab va oilaning о‘zaro hamkorligi bо‘yicha metodik tavsiyalar
- 3.2. Maktabning ota-onalar bilan hamkorligining mazmuni
- 3.3. Maktab-va oilaning hamkorligini tashkil etish yо‘llari
2 bob. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolani oilasining maktab bilan hamkorligi holatini о‘rganish 2.1. Aqli zaif о‘quvchilar oilasining maktab bilan hamkorligi holatini о‘rganish metodikasi 2.2. Aqli zaif о‘quvchilar oilasining maktab bilan hamkorligi holatini о‘rganish natijalari Biz kо‗pincha ta‘limning sifati haqida gapiramiz, ta‘limda uch birlik- pedagog-bola-ota-ona munosabatlari ham juda muhim hisoblanadi. Psixik jarayonlarni rivojlanishi juda murakkab va uzoq davom etuvchi jarayon bо‗lib, kompleks va uzviy tasirni talab etadi. Maxsus muassasalarda mazkur jarayon bir qator mutaxassislar, jumladan, oligofrenopedagog, tarbiyachi, psixolog, musiqa rahbari, tor mutaxassislikga ega shifokorlar va albatta ota- onalarning hamkorlikdagi ish faoliyati asosida amalga oshiriladi. Aqliy rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar alohida yondashuvni talab etadi.
Korreksion ish jarayoniga ota-onani hamkor hamda uquvli yordamchi sifatida jalb etish katta ahamiyatga ega. Aqli zaif о‗quvchilar oilasining maktab bilan hamkorligi о‗rganish ishlari Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 57- sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabda о‗tkazildi. Biz sо‗rovnomani 2 –sinf ota-onalari о‗rtasida о‗tkazdik. Sо‗rovnomada 10 nafar ota-onalar ishtirok etdilar. Sо‗rovnoma natijalarini taxlil qilishda quyidagi ma‘lumotlarga ega bо‗ldik. Farzandlari 2-sinfda о‗qigani uchun, hamda yordamchi maktab uylaridan ancha uzoq joylashgani uchun ular farzandlarini har kuni maktabga olib borib va olib ketishlarini kо‗rsatganlar. Sо‗rovnomada ishtirok etgan 4 nafar ota-onalargina sinf rahbarining familiyasini bilishar ekan, qolganlari faqatgina ismini kо‗rsatdilar. Ota-onalarning barchasi о‗qituvchining ular farzandi haqida norasmiy suhbat о‗tkazishni yozganlar. 25
Siz farzandingiz ta‘lim olayotgan muassasada о‗tkaziladigan turli tadbirlarda ishtirok etasizmi savoliga 3 nafar ota-onalargina doimo deb javob berganlar, 2 nafar ota-onalar ba‘zan, 5 nafari esa kо‗pincha vaqtim bо‗lmaydi deb javob berganlar.
2 bob bо‘yicha xulosa Aqli zaif о‗quvchilar oilasining maktab bilan hamkorligi о‗rganish natijasida biz sо‗rovnoma о‗tkazgan ixtisoslashtirilgan maxsus maktabda maktab va ota- onalarning hamkorlik ishlari birmuncha darajada yо‗lga qо‗yilganligini kо‗rdik. Sо‗rovnoma natijalarining taxlili bizga hamkorlik ishidagi ba‘zi kamchiliklarni kо‗rsatdi. Xususan, sо‗rovnomada ishtirok etgan ota –onalarning barchasi ham maktab hayotiga faol jalb etilmagan. Ular ochiq mashg‗ulotlarda ishtirok etmaydilar, maktabda ota-onalar va bolalar uchun eslatma-tavsiyalar, taklifnomalar, kitoblar kо‗rgazmasi, о‗yinlar, bolalar chizgan yoki birgalikda chizilgan rasmlar, fotokо‗rgazmalar, gazetalar tashkil etilmaydi, ota-onalarning barchasi ham
muassasa mutaxassislarining (vrach, psixolog, logoped) rivojlantiruvchi ishlari haqida ma‘lumotga ega emas. Maktabda tashkil etilgan tо‗garaklar haqida ham ota-onalarga yetarlicha ma‘lumot berilmagan. Maktabda ota-onalarni jalb etish uchun vasiylik kengashi tuzilmagan. Ota-onalar uchun amaliy konferensiyalar о‗tkazilmaydi. О‗qituvchilar bilan suhbatning natijasida ota-onalar majlisiga ham kо‗pchilik ota-onalar faol qatnashmaydilar. Bularning barchasi rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani tarbiyalashda oila va maktab hamkorligining 26
tashkil etish va uning doimiy faoliyat kо‗rsatishi uchun samarali shakl va metodlari bilish hamda ularni amaliyotda qо‗llash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
3 bob. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolaning shakllanishida maktab va oilaning о‘zaro hamkorligi bо‘yicha metodik tavsiyalar 3.1. Hozirgi vaqtdagi ta’lim jarayonida ota-onalar bilan ishlash О‗zbekiston respublikasining ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi Qonunida ta‘lim muassasalari oldida turgan asosiy masalalardan biri ―bola shaxsining tо‗laqonli rivojlanishida oila bilan о‗zaro hamkorlik qilish‖ deb kо‗rsatilgan. Bu ustuvor yо‗nalish ta‘lim sohasida olib borilayotgan ishlarning barcha jabhalarini qamrab oladi.
Bolalarni tarbiyalash ota-onalarni pedagogik bilimlarini oshirish bilan chambarchas bog‗liq. Ota-onalar tomonidan bolaning xarakteriga asos solinadi, uning atrofdagilar bilan о‗zaro munosabatlari shakllanadi. Har bir oila farzandini о‗zicha tarbiyalaydi, ammo har bir oila turli vaziyatlardan kelib chiqqan holda turli darajada malakali pedagogik yordamga muhtoj bо‗ladi. Lekin, hamma ota-onalar ham bu yordamni qabul qilmaydilar. Bolani kuzatayotgan, uning muammolarini biladigan pedagogning vazifasi ota-onalarni hamkorlikka jalb qilish yoki ularni pedagogik tamoyillarni tushunish va bilishga yо‗naltirishdir. 27
Rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan farzand yashayotgan va tarbiyalanayotgan, maktabda о‗qiyotgan oilalar turli bо‗lib, bular oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida, ota-onalarning ma‘lumoti, ularning tarbiya muammolari bо‗yicha xabardorligida namoyon bо‗ladi. Bolalar-va ota-onalar о‗rtasidagi munosabatlarda muammolar, qiyinchiliklar kelib chiqadi. A.S. Spivakovskayaning ma‘lumotlariga kо‗ra ota-onalar о‗tkasida о‗tkazilgan sо‗rovnomalar ularning korreksiyalash masalalari bо‗yicha pedagoglarga murojaat etmasliklarinig sabablarini kо‗rsatgan. Bularga: - ota-onalar qiyinchiliklarga e‘tibor bermasliklari; -noqulay deb hioblashlari, chunki bu turdagi maslahatlar pedagogning vazifasiga kirmaydi; - pedagog bilan muloqot qilishda qiynaladilar; -muammolarni о‗zlari hal qilamiz deb hisoblaydilar; - pedagogning kasbiy kompetensiyasidan shubhalanadilar 24 ; . Pedagoglarga bu muammoga boshqa tomondan qaraydilar: - ota-onalar indamasdan muammolarni tinglaydilar, lekin barcha ishlarni о‗zlaricha qiladilar; - ota-onalar bilan gaplashish qiyin, chunki ular о‗zlarini haq deb biladilar va farzandlarining tarbiyasiga boshqalar aralashishlarini istamaydilar; - kо‗p ota-onalarning yoshi pedagognikidan katta va shuning uchun ularning e‘tiborini qozonish va bolasining tarbiyasi bо‗yicha maslahatlar berish mushkul. Bularning barchasi yana bir bor oila bilan ishlashda defektolog uchun hal etilmagan kо‗plab masalalar mavjudligini kо‗rsatadi. Maktabning pedagogik jamoasi rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan ota-onalarga yordam berishlari uchun avval maktab, muassasa xodimlari bilan tizimli va maqsadga yо‗naltirilgan ishlarni, sо‗ngra esa pedagoglarning ota-onalar bilan asta-sekinlik, har tomonlama
24 Спиваковская, А.С. Как быть родителями: (О психологии родительской любви). // А.С. Спиваковская М.: Педагогика, 1986.- 243с.
28
о‗ylab kо‗rilgan ishlarni olib borish lozim. Bolalar va ularning ota-onalari bilan obyektiv vaziyatni e‘tiborga olgan holda ishlashni о‗rganigsh zarur. Chet el va respublikamizdagi olimlar maktab oilaning ehtiyojlarini faqat tо‗liq ravishda ―ochiq tizim‖ bо‗lganida qondira olishini isbotlab berganlar. Ota-onalar erkin, о‗zlarining vaqtlaridan va istaklaridan kelib chiqqan holda maktab hayotiga kirib borib bolaning maktabdagi faoliyati, pedagogning bolalar bilan muloqot qilish usuli bilan tanishish imkoniyatiga ega bо‗lishlari kerak. Ota- onalarga farzandining о‗qish va boshqa faoliyatini uzatishga ikon berib pedagoglarning bolalarga munosabati, g‗amxо‗rligi, diqqat-e‘tiborini kо‗rstish ularning maktab xodimlariga bо‗lgan ishonchini orttiradi. Ota-onalar uchun maktabning ochiqligi ularning pedagogik bilimlarini, kompetentligini oshirishga yordam berishi mumkin. Pedagoglar va ota-onalarning hamkorligi quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: -bolaning maktabda va oilada hissiy, ma‘naviy va jismoniy ehtiyojdarini qondirish; -maktabda va oilada tarbiyalash va rivojlantirishda birdamlik; -bola shaxsini ota-onalar va pedagoglar tomonidan hurmat qilinishi; - pedagoglar tomonidan oiladagi tarbiyani, ota-onalar tomonidan- jamiyatda tarbiyalash shartlarini e‘tiborga olinishi. Maktab yo pedagogik dialog bilan kirib borib oila bolaning tarbiyasi bо‗yicha aniq bilimlarga ega bо‗ladi, mutaxassislarning ish shakllari, usullari bilan tanishadi, oilada tarbiyalash mahoratiga ega bо‗ladi. Hozirgi vaqtda ota-onalar bilan ishlash yangi darajada bо‗lib, uning vazifasi rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolaning hayoti sifatini oshirish va maktab, oila sharoitida rivojlantirishdir 25 .
ota-onalar bilan
hamkorligi pedagogning kasbiy mahoratining о‗sib natijasidagina amalga oshadi. Korreksion pedagogika, 25 Лесгафт, П.Ф. Семейное воспитание ребенка и его значение. // П.Ф. Лесгафт М.: Просвещение, 1991.-423с. 29
psixologiya va boshqa sohalar bо‗yicha bilimlar bilan qurollangan pedagog ota- onalarbilan bemalol muloqot qila oladi, ular bilan rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan muammolarni hal etishda sherikchilik iladi. Bunga maktabning oila uchun ochiligi imkon yaratadi: - ota-onalar tomonidan maktabga tizimli ravishda qatnash; - bayramlarni birgalikda о‗tkazish; - pedagoglar tomonidan tarbiyalanuvchilarining oilasiga tashrif buyurish va bunda ota-onalar bilan hamkorlik rejalarini tuzish; Suhbatlar,о‗tkazish, maslahat berish, bolalar faoliyatini kо‗rish va hokazo. Oila ham pedagoglar tomonidan hurmat qilinishini talab etadi 26 . Hozirgi vaqtda korreksion ta‘lim bosqichida ota-onalar bilan sifatli ish olib borishning maqbul yо‗nalishlariga quyidagilar kiradi: 1 yо‗nalish. Korreksion pedagogika va psixologiyaning ―klassik tizimi‖ining eng yaxshi tomonlarini amalda qо‗llash. Oila bilan ishlashda buyruqbozlik, korreksion muassasaning ―yopiqligidan‖voz kechish. Avvalgi eng yaxshi tajribalarni zamonaviy texnologiyalar korreksion pedagogika sohasidagi ishlanmalar bilan birlashtirish. Ikkinchi yо‗nalish. Ota-onalar bilan ishlash oilada tarbiyalashning tajribasi bilan tanishini nazarda tutadi, shu tarzda oiladagi tarbiya va jamoatdagi tarbiya yaqinlashadi. Oiladagi tarbiyaning eng yaxshi namunalaridan maktab sharoitida ham foydalanish zarur, maxsus muassasaning yutuqlari oila uchun kerakdir. Maxsus muassasa va oilaning hamkorligini yangi shakliga rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tarbiyalash masalalari bо‗yicha pedagogik adabiyotlar kо‗rgazmasini tashkil qilish, ota-onalarga bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni tashxis qilish va korreksiyalashga, pedagogik taxminlar, psmixologik testlashga doir fandagi yutuqlar haqida ma‘lumot berish kiradi.
26 Кравцов, Г.Г. Личность формируется в семье. // Г.Г. Кравцов // Дошкольное воспитание, 1991. - № 2.-С.12- 17.
30
Uchinchi yо‗nalish. Korreksion pedagogika va psixologiya sohasi bо‗yicha zamonaviy ilmiy hamda xalq pedagogikasidagi eng yaxshi tajribalar asosida mutaxassislarni tayyorlash. Hozirgi zamon korreksion pedagogikasida xalq pedagogikasining eng zо‗r tarbiya an‘analari am e‘tiborga olish 27 .
3.2. Maktabning ota-onalar bilan hamkorligining mazmuni Pedagoglar va ota-onalarning о‗zaro hamkorligi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va uning vazifasiga ota-onalarning faol pedagogik pozitsiyasini shakllantirish kirishi lozim. Tо‗g‗ri tashkil etilgan ish ta‘limiy xarakterga ega bо‗ladi. Pedagog oilada tarbiyaning ijobiy tajribalariga tayanishi, uni yoyishi kerak. Hamkorlikning eng birinchi va hal qiluvchi sharti pedagog va ota-onalar о‗rtasidagi ishonchli munosabatlardir. Aloqa shunday bо‗lishi kerakki, ota- onalarda tarbiyaviy va taxlimiy jarayonga nisbatan qiziqish uyg‗onsin. Ikkinchi, yanada ahamiyatli bо‗lgan vazifa – oilani pedagogik kо‗nikma va bilimlar bilan qurollantirishdir. Pedagogik hamkorlik jarayonini bunday tarzda tashkil etish natijasida ota-onalarning faqatgana о‗zining farzandini tarbiyalashdagina ema, balki
butun sinning
tarbiyaviy ishlarida faol ishtirochkchiga aylanishini kо‗rish mumkin. Pedagoglar va ota-onalar sherik sifatida bir-birlarini tо‗ldirib boradilar. Sherikchilik munosabatlari ikkala tomnning tengligini, о‗zaro iliq munosabat va hurmatni nazarda tutadi. Oila va maktabning hamkorligida quyidagilar nazarda tutiladi: - oilani uning bola tarbiyasidagi imkoniyatlarini aniqlash maqsadida о‗rganish; - oilalarni bola tarbiyasidagi ahloqiy imkoniyatlari bо‗yicha guruxlash;
27 Маленкова, Л.И. Педагоги, родители и дети. // Маленкова Л.И. М.: Просвещение, 1994.- 474с. 31
- pedagog va ota-onalarning birgalikdagi harakatlari bо‗yicha dastur tuzish; - tarbiyaviy faoliyatning oraliq va yakuniy natijalarini taxlil qilish;. Hozirgi vaqtda barcha mutaxassislar ota-onalarni maktab ishiga jalb etishning zarurligini tan oladilar, ammo pedagog va ota-onalarning о‗rtasidagi munosabatlarda ma‘lum bir disgarmoniya, muvofiq emaslik ham kuzatiladi. Bunday munosabatlarning rivojlanishiga shaxsiy hamda kasbiy omillar tо‗sqinlik qilishi mumkin: vaqtning yetishmasligi, о‗ziga ishonmaslik, etnik stereotiplar, alam qilish hislari- bularning barchasi, shaxsiy va kasbiy qarashlar oilalarga bolalarining tarbiyasida faol ishtirokchi bо‗lishiga tо‗sqinlik qiladi. Shuning uchun pedagoglarning о‗zlari tashabbus kо‗rsatib har bir alohida oila bilan qanday hamkorlik qilishni tushunishlari kerak. Ota-onalarning ishtirokida individual yondoshish tamoyilidan foydalanib kо‗pchilik oilalarni ishga jalb etishning turli- tuman usullarini ishlab chiqish mumkin. Ota-onalarning ishtirokini 5 darajasi ajratiladi 1) bir martalik yordam kо‗rsatish; 2)
ota-onalarning qobiliyatlaridan ba‘zan mashg‗ulotdar о‗tishda foydalaniladi; 3) ota-onalar doimiy ravishda yordam kо‗rsatadigan kо‗ngilli yordamchilarga aylanadilar; 4) ota-onalar sinfda ishning asosiy yо‗nalishlarini aniqlashga yordam beradilar; 5) ota-onalar maktabning ishida yordam beradigan kо‗p masalalarni muhokama qilishda ishtirok etadilar;. Har bir variantda ota-onalarda tajriba almashishb, bir-biridan ma‘ulm bir malakalarni о‗rganish imkoniyati mavjud. Shuning uchun ish davom etgan sari ota-onalar ishtirokining imkoniyatlari kо‗payib boradi. Pedagog oila a‘zolarining qaysi biri sinfning ishida ishtirok etishidan fqat‘iy nazarmota-onalarga yordam berishga doimo tayyor bо‗lishi kerak. Asta-sekinlik bilan berilgan yordam va 32
qо‗llab-quvvatlash ota-onalarga о‗zarini ancha dadil tutishga, mustaqil ishlashga imkon yaratadi. Ota-onalarning kuchli tomonlari va ijobiy sifatlari e‘tiborga olish ishning muvaffaqiyatli bо‗lishini ta‘minlaydi. О‗zaro munosabatlarning rivojlanib borishi bilan ishonch mustahkamlanadi, ota-onalar rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani tarbiyalashda ma‘lum bir ma‘suliyatga ega bо‗ladilar. Bolani har tomonlama rivojlantirishda maktab va oila hamkorligining mazmuni, shakl va metodlarini takomillashtirish juda muhim. Maxsus muassasa pedagogi bu vaziyatda bolalarning tarbiyachisi va ota-onalarning sherigi sifatida ish kо‗radi. Pedagoglar va oila a‘zolari о‗rtasidagi aloqaning xarakteri va samaraliligi maktabning oila bilan hamkorligidagi ishning metodlarini tо‗g‗ri tanlashiga ham bog‗liq bо‗ladi. Shunday qilib rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani shakllanishida maktab va oilaning о‗zaro hamkorligi muhim va ahamiyatlidir.
33
Rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tarbiyalashda maktab va oilaning hamkorligi muhim bо‗lib uning samarali bо‗lishi pedagog va ota-onalarning bir fikrdaligidan kelib chiqadi. Rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolaning shaxsni shakllanishida va rivojanishida ham pedagog va ota-onalarning hamkorligi zarur. Ota-onalarning bola hayotida faqatgina uyda emas, balki maktabda ham ishtiroki: - dunyoni bolalar pozitsiyasida kо‗rishga; - farzandiga о‗ziga teng sifatida qarashga; - bolaning kuchli va kuchsiz tomonlarigi bilish va ularni e‘tiborga olish; - bolani hissiy о‗llab-quvatlashga tayyor bо‗lish; -bola bilan ishonchli munosabatlar о‗rnatish, uning ishlarida ishtirok etish, uning quvonchlari va g‗amlarini birgalikda sezish imkonini beradi. Zamonaviy tadqiqotlar bolaning tarbiyasida oilaning asos ekanligini ta‘kildaydi va oiladagi tarbiyaning kuchi va turg‗unligini beglilaydigan omillarni kо‗rsatib bergan. Bularga quyidagilar kiradi: 34
1. chuqur, hissiy xarakterga ega bо‗lgan ota-onaning farzandga bо‗lgan sevgisi va unga javob hislar; 2. onaning, otaning va boshqa oila a‘zolarining tarbiyaviy ta‘sirining doimiyligi va uzoq davom etishi; 3. ilk yoshdanoq bolaning turli faoliyatga jalb etish. Pedagoglar va ota-onalar birgadikdagi harakatlari, intilishlari bilan istalyotgan natijalarga erishishga harakat qilishlari kerak. Ota-onalar va pedagoglar quyidagilarni esda saqlashlari lozim: - bola shaxs va biz uning individualligini qо‗llab-quvvatlashimiz zarur; -ota-onalarda va pedagoglarda bola unga yordam berishga tayyor insonlarni kо‗rishi, his etishi lozim; - pedagoglar bolalarda ota-onalariga bо‗lgan beqiyos hurmat hissini tarbiyalashlari lozim; -ota-onalar bolada pedagogga nisbatan ishonch hissini tarbiyalashlari va guruxning ishlarida faol ishtirok etishlari lozim; Ota-onalar va pedagoglar tarbiyaga bо‗lga munosabatini о‗zgartirishi, yoshining psixologik xususiyatlarini bilish asosida bola bilan dialoglar о‗tkazishni; -ota-onalar va pedagoglar bolani tarbiyalashda va о‗qitishda tushunish, ehtiyotkorlik, madaniyatli mnosabatda bо‗lishlari, bolaning sizgi va hislarini inkor emasliklari zarur. Maktab va oilaning hamkorlik shakllariga quyidagilar kiradi: - oilaga tashrif buyurish; - suhbatlar, shkola roditel rebenok otkloneniye - maslahatlar; -ota-onalar majlislari, seminar-praktikumlar; - ochiq eshiklar kuni; - ochiq darslar, mashg‗ulotlar; - ota-onalar konferensiyalari; - sо‗rovnomalar о‗tkazish;
35
- yaxshi ishlar kuni; - ma‘lumot kechalari; - stol atrofidagi muhokamalar; - maktab mutahassislari bilan uchrashuv kechasi; (psixolog, logoped. metodist, vrach); - adabiyotlar kechasi; - sport musobaqalari; - dam olish kechalari; - xalq bayramlari;. Ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashning eng samarali shakklaridan –bular stol arofidagi suhbat, tajriba almashish, sо‗rovnoma, yangi metodik adabiyotlar bilan tanishish, ochiq eshiklar kuni, yakka tartibdagi maslahatladir. Bayramlar umumiy ishning sevimli qismidir. Bayramlarda ota-onalar tо‗laqonli ishtirokchilar bо‗lib, yangiliklar bilan tanishadilar, g‗oyalar almashinadi, amaliy maslahatlar, bayram liboslarini tayyorlash bо‗icha ishlar maslahatlashiladi. Bunday yondoshuv ijodiy hamkorlikka undaydi, ishonch uyg‗otadi, kо‗p muammolarni hal etadi. Oilada rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani tarbiyalashda, uning shaxsini rivojlantirishdagi ijobiy muhitni yaratishda eng avvalo, psixologik-pedagogik bilimlar, amaliy kо‗nikma va malakalarga ega bо‗lish lozim. Ota-onalarning pedagogik madaniyatini va maktadagi hamkorlik jarayonidagi ishtiroki darajasini aniqlashda ijtimoiy-pedagogik mktodlardan sо‗rovnoma, test, yakka suhbatlar, oilaga borish, bolalar va klarning ota-onalarini kuzatish metodlarini qо‗llash mumkin. Ota-onalarning toifalariga bog‗liq ravishda yangi faol ish shakllaridan ―stol atrofidagi yig‗ilishlar‖, auksionlar, kо‗rgazmalar, viktorinalar, pedagogik kaleydoskoplar, disputlar, qiziqishlari bо‗yicha klublar, tanlovlar, ―Savol-javob kechalari‖dan foydalaniladi. 36
Hamkorlikni tashkil etishda pelagoglarning о‗zlarini ham kasbiy malakalarining darajasini oshirish
zamonaviy talablardan,ta‘limni modernizatsiyalashga bо‗lgan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak. Maktab va oota-onalarning hamkorligining mazmuni va metodikasi quyidagilardan о‗z ichiga oladi: 1. bolalarni tarbiyalash ishida maktab va oilaning birligi; 2.pedagoglar va ota-onalar о‗rtasida о‗zaro ishonch, bolaning qiziqishlari va ehtiyojlarini va tarbmiyachilar sifatida о‗zlarining vaziflarini tushunish; oilada pedagogning, maktabda ota-onalarning hurmatini mustahkamlash; 3. ijobiy tanqid va о‗z-о‗zini tanqid asosida tо‗g‗ri munosabatlarni о‗rnatish; 4. rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tarbiyalashda о‗zaro yordam; 5. oilada tarbiyalashning eng maqbul tajribalarini о‗rganish va ularni ota- onalar о‗rtasida tashviqot qilishi, maktab ishida oilada tarbiyalashning ijobiy metodlaridan foydalanish; 6. maktabning oila bilan ishlashida turli ish shakllaridan foydalanish: ota- onalar va oilaning boshqa a‘zolari bilan tanishish, maslahatlar, ota-onalarning guruxli va umumiy majlislari, konferensiyalari, ota-onalar universitetlari, tashviqotning kо‗rgazmali shakllari; 7. ota-onalar bilan individual va guruxli ishlash shakllari bir-birini tо‗ldiradi. Ota-onalar bilan pedagogning har kungi muloqoti individual ish uchun katta imkoniyatlar yaratadi, maktab va oilaning aloqalarini mustahkamlaydi; 8. ota-onalarning faollarini, jamoatchilikni maxsus ta‘lim muassasasining faoliyatiga, ota-onalar bilan ishlashga jalb etish. Tadqiqot asosida ota-onalarni maktab faoliyatiga jalb qilish bо‗yicha harakatlar yо‗nalishini ajratishimiz mumkin: 1. Oila va maktab о‗rtasidagi dastlabki aloqalar: — ota-onalarni bolalari bilan yoki ularsiz muassasani mashg‗ulotlar boshlanguniga qadar taklif qilish; — pedagoglarning oilalarga borishi; — muassasa haqida ota-onalarga yozma ma‘lumotlar berish;
37
— shartnoma tuzish. 2. Keyinchalik ota-onalar va pedagoglarning о‗zaro hamkorligi quyidagi jarayonlarda amalga oshiriladi: — ota-onalar farzandlarini muassasaga olib kelganlaridagi va olib ketayotganlaridagi kundalik aloqalar; — ota-onalar bilan bolalari haqida, ularning muvaffaqiyatlari va muammolari bо‗yicha norasmiy suhbatlar; — ota-onalarni farzandlari haqidagi yozma ma‘lumotlar bilan tanishtirish; — vrachga borish kerakligi haqidagi maslahatlar va hokazo; — ota-onalarni farzandlari qanday о‗qiyotganini bilish yoki muassasaning ishi bilan tanishishlari uchun maktabga kelishlari. Ota-onalarga maktabga yordam kо‗rsatish taklif etiladi; ular о‗yin majmualarini ishlab chiqishda, bolalar uchun materiallar yig‗ishda va hokazolarda yordam bera oladilar. 4. Ota-onalar bolalarning muassasaga kо‗nikib ketishi maqsadida kundalik mashg‗ulotlarda, turli xil tadbirlarda ham ishtirok etishlari; kundalik mashg‗ulotlarda, ekskursiyalar о‗tkazishda va boshqa tadbirlarda yordam berishlari mumkin. 5. Ota-onalar uylarida bolalari bilan ishni davom ettiradilar yoki uy rejasini bir qismini amalga oshiradilar. 6. Ota-onalar farzandlari tо‗g‗risida qaror qabul qilishda ishtirok etishlari mumkin; ota-onalar komitetlari muassasaning ishiga doir masalalarni hal etishda ham ishtirok etadilar. 7. Ota-onalar uchun jamoatchilik tadbirlari samaralidir, ularga tarbiya masalalari bо‗yicha kurslarga, seminarlarga borish, ma‘ruzachilarni taklif etish, ota-onalar klubining ishlari va hokazolar kiradi. 8. Maktab ota-onalarga bolani parvarishlash, rivojlantirish, oilada tarbiyalash yuzasidan ma‘lumotlar va amaliy maslahatlar yig‗ishda, krizisli vaziyatlardan chiqishda yordam beradi. 38
Pedagoglar ham, ota-onalar ham bolalarni sog‗lom va baxtli bо‗lishlarini kо‗rishni istaydilar. Ota-onalar pedagoglarning bolalarniqiziqishlari va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ishlarini davom ettirishlari lozim. Ota- onalar hayot tajribasiga ega, vaziyatni taxlil qila oladigan katta odamlardir, shuning uchun ba‘zi muammolarni hal qilishda pedagog ulardan kerakli va zarur maslahatlarni iolish mumkin. Shu tarzda ta‘limiy ishlarnining kо‗p qismini bolalr va ota-onalar bilan bir vaqtda tashkil etish mumkin,yuzaga keladigan muammolarni, belgilangan vazifalarni birgalikda, bir-birlarining manfaatlarini e‘tiborga olgan holda kuchlarni birlashtirib hal etish zarur. Ota-onalarni maktab faoliyatiga jalb etish bо‗yicha maxsus metodika ishlab chiqilgan. Ushbu metodika uch bosqichni о‗z ichiga oladi: birinchi bosqich — farzandining ta‘limida ota-onalarning ehtiyojlarini e‘tiborga olish; ikkinchi bosqich— maxsus muassasalarda ta‘lim xizmati buyurtmachilari bо‗lgan ota-onalarning pedagogik bilimlarini oshirish; uchinchi bosqich maktab faoliyatida pedagoglar va ota-onalarning sherikchiligi bо‗lib, uning asosini munosabatlarning insonparvarligi, insoniy qadriyatlar, shaxsga yо‗naltirilgan yondoshuv tashkil etadi. Bunday metodikani joriy etish
ota-onalar bilan
ishlashning murakkablashgan 2 blokli tizimining yaratish imkonini beradi. Har bir blokning о‗z ichiga faoliyatning vazifalari, shakli va metodlarini oladi. Maktabda ushbu ishning mazmunini amalga oshirishda faoliyatning jamoali va individual ish shakllari qо‗llaniladi. Hamkorlikni amalga oshirishda jamoali va individual ish shakllari birgalikda qо‗llash maqsadga muvofiq bо‗ladi. Bularga: suhbat, fikrlash-maslahatlar, yakka topshiriqlarni bajarish, muammoni hal etishda birgalikda izlanish, maktablar yozish va hokazolar kiradi. Bu shakllar har bir ota-ona bilan о‗zaro munosabatlarda ulardaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashilganda samarali bо‗ladi. 39
Ota-onalarni о‗ziga qaratish, ularning ishonchini qozonish, ochiq sо‗zlashuvga chiqirish, pedagog bilan о‗zining ichki fikrlari, shahbalari bilan bо‗lishishga istak uyg‗otish muhim. Bularning barchasi rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani tо‗g‗ri tushunishga, uni uyda va maktabda tarbiyalashdagi muammolarning maqbul usullarini topishga yordam beradi. Bunday muvaffaqiyatli shaxslararo hamkorlikning psixologik sharti diqqat, tushunish, ast-seinklikdir. Oila bilan ishlashning nazariy va amaliy tomonlarini taxlil hozirgi vaqtdagi yana bir muammoni- ota-onalar va bolalarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish muammolarini ochib berdi. Pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri- oilada meyoridagi munosabatlarni rivojlanishi uchun sharoit yaratish bо‗ilib, u faqatgina ota-onalar va bolalar faoliyatida yuz berib turli shakllarda amalga oshiriladi. Masalan, bilish faoliyatining shakllari- bu bilim, kо‗nikma va malakalarning jamoatchilikda namoyon etish, faoliyat yо‗nalishlari bо‗yicha hisobotlar, bilim va ijod bayramlari, ochiq eshiklar kunidir. Bunday tadbirlarning mavzusi, predmeti va о‗tkazish metodikasini pedagoglar va ota-onalar birgalikda belgilaydilar. Tarbiyachi topshiriqlar tuzadi, guruxlarni shakllantirishga, tayyorlov ishlarini olib borishga yordam beradi, ota-onalar esa yasatishda, rag‗batlantiruvchi mukofotlarni tayyorlashda, natijalarni baholashda ishtirok etadilar. Mehnat faoliyati shakllari –sinfni bezatish, maktab hovlisini tozalash va kо‗kalamzorlashtirish, gullar ekish, kutubxona tashkil etish va hokazolar. Dam olish shakllari –spektakllar, bayramlar, musobaqalar, tanlovlar va hokazolardir. Faollashtirish shakllari- diskussiyalar, dialogalar, vaziyatlarni muhokama qilish, bolarning nutqini yokiijodlrini taxlil qilish, teringlar, о‗yinni modellashtirish metodi va hokazolar. Kо‗rgazmali shakllar- kutubxonalar , videofilmlar, ota-onalar va bolalar uchun eslatma-tavsiyalar, taklifnomalar, kitoblar kо‗rgazmasi, о‗yinlar, bolalar izgan yoki birgalikda chizilgan rasmlar, fotokо‗rgazmalar, gazetalar va hokazolar.
40
Ota-onalar bilan ishlashning ancha yangi shakllaridan biri bо‗lgan ma‘lum bir mavzu bо‗yicha, masalan, ―Oilada bolaning mehnat tarbiyasi‖, ―Maktabda bolalarning mehnat tarbiyasi‖ mavzularidagi videofilmlarn yaratish kiradi. Gazetani chiqarish hamkorlikning qiziqarli shakllaridan biridir. Gazetani tayyorlashda maktab ma‘muriyati, pedagoglar, mutaxassislar, ota-onalar va bolalar ishtirok etadilar. Nazariya va amaliyotda korrekion ta‘lim muassasalarda ota-onalar bilan ishlashning bir qator umumiy vaziflari aniqlangan: —ota-onalarning boshqa ijtimoiy institutlarda (oila va xokazo) amalga oshirilmaydigan qiziqishlari, fikrlari va savollarini о‗rganish; — ota-onalar tomonidan turli ijtimoiy rollarni о‗zlashtirishlarida о‗zlarining rivojlanishi uchun optimal sharoitlar yaratish; — ota-onalar bilan hamkorlik modelini tuzish uchun boshqa ta‘lim muassasalarining tajribalaridan foydalanish; — ota-onalar bilan ishlash vositalari va usullarini kengaytirish; — birlashma ishtirokchilarining о‗sishlari uchun sharoit yaratish, ijodiy muhitni yuzaga keltirish. Ota-onalar majlislarini eski strukturada о‗tkazish ularning ishonchlarini oqlamaydi. Korreksion ta‘lim muassasasining meyoriy –huquqiy bazasiga muvofiq ota-onalar ta‘lim xizmatarining buyurtmachilari hisoblanadilar va ularta‘lim jarayonini tashkil etishda ishtirok etishga huquqli bо‗lib, о‗zlarining boshqaruv organlarini tashkil etish va ba‘zi masalalarni ota-onalar majlislarida, konferensiyalarda va boshqa ish shakllarida mustaqil raishda hal qilishlari mumkin. Hozirgi vaqtda kо‗pgina ta‘lim muassasalari ota-onalarning anjumanlarini о‗tkazmoqdalar, bu anjumanlarda rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarning ta‘limi, ularni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda. Bu anjumanlar ilmiy-amaliy, nazariy, tajriba almashish turida bо‗lishi mumkin. Anjumanlar yiliga
41
1 marta о‗tkaziladi, ammo jiddiy tayyorgarlikni talab etadi, ota-onalarning ishtiroki, bolalar rasmlari kо‗rgamalari, konsertlari nazarda tutiladi. Konferensiyalarning tuzilishi: 1) maktab rahbarining nutqi; 2) ota-onalarning ushbu muammo bо‗yicha oila tajribasi yuzasidan chiqishlari (3-5); 3) videofilmlar; 4) xoxlovchilar chiqishlari; 5) bolalarning chiqishlari; 6) yakun. Ota-onalar bilan ishlashning yangi shakllaridan biri –bu vasiylik kengashini tuzishdir. Maktabning vasiylik kengashi kollegial organ bо‗lib, jamoatchilik asosida doimiy faoliyat kо‗rsatadigan о‗z-о‗zini idora qilish organidir. Vasiylik kengashi rais va vasiylik kengashining 7 nafar a‘zolaridan iborat bо‗ladi. Vasiylik kengashiga maxsus ta‘lim muassasasi rahbari, muassasaga qatnaydigan bolalarning ota-onalari, shuningdek maktab xodimlari, ta‘lim muassasasini mablag‗ bilan ta‘minlaydigan tashkilotlardan vakillar kiradi. Vasiylik kengashining vazifalariga kiradi:
1) maktabning rivojlanishi va faoliyat kо‗rsatishi uchun byudjetdan tashqari mablag‗larni jalb qilishga k; 2) maxsus ta‘lim muassasasida bolalarning hayot foliyati ni tashkil qilish va yaxshilashga; 3)pedagogik jamoaning mehnat sharoitlarini yaxshilashga; 4)Ota-onalar bilan hamkorlik faoliyatini tashkil etishga. Ota-onalarni tizimli ravishda har tomonlama pedagogik jihatdan bilimlarini oshirish ularni nazariy bilimlar asoslari, kо‗p jihatdan esa rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalar bilan ishlash amaliyoti bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Pedagogik tashviqot ishlari dastur asosida oib borilishi lozim. Pedagogik tashviqot ishlari ota-onalarni korreksion pedagogika va psixologiya sohasidagi ilg‗or g‗oyalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Ota-onalarni pedagogik bilimlar bilan qurollantirishda ba‘zi talablarga e‘tibor berish lozim: mashg‗ulotlarni ma‘ruza, suhbat, dialog tarzida о‗tkazish, savolni yoritish vaqtida amaliyotdan misollar keltirish, yakunlashda esa olingan bilimlarni faollashtirishga yordam 42
beradigan pedagogik topshiriqlarni bajarish maqsadga muvofiq bо‗ladi. Tinglovchilarni muloqot bо‗yicha sheriklari sifatida qabul qilish zarur. Matnni esa о‗qib bermasdan, sо‗zlab bergan ma‘qul. Ma‘ruzalar mavzusi ota-onalarning pedagogik bilimlarga bо‗lgan ehtiyojlari asosida, ota-onalar majlislarida, suhbatlarda va maslahatlarda yuzaga keladigan masalalar bо‗yicha aniqlashtiriladi, qо‗shimchalar kiritiladi. Materialni bayon qilishda amaliyotdan, pedagogik vaziyatlardan turli-tuman misollar keltirish, nazariy materialni amaliy materiallar bilan bog‗lashga e‘tibor beriladi. Psixologik-pedagogik praktikum ma‘ruzadan sо‗ng qо‗llanilishi mumkin. Pedgogik ta‘lim jarayonida barcha ota-onalarning ehtiyojlari qondirilmasligi mumkin. Shu sababli ota-onalarni tashvishlantirayotgan masalalar bо‗yicha individual ish olib borish, ularga malakali maslahatlar berish kerak. Ota-onalar bilan individual ish olib borishning asosiy shakli- pedagogik maslahatdir. Uning qimmati shundan iboratki, maslahatga ota-onalar о‗zlarining istaklari, tashabbuslari bilan keladilar, ularni tashvishlantirayotgan masalalarni muhokama qilishga tayyor bо‗ladilar. Maslahatlar vaqtidagi tabiiy vaziyat pedagog va ota-onalar о‗rtasidagi psixologik tо‗siqni bо‗lmasligiga olib keladi. Og‗zaki maslahatlarni maxsus belgilangan kunda о‗tkazish mumkin. Maslahatlar kunini belgilashda albatta ota-onalar bilan kelishilishi lozim, chunki kо‗p ota-onalarning vaqti tо‗g‗ri kelmasligi mumkin. Ota-onalar bilan ndividual ish jamoali mashg‗ulotlarni tо‗ldiradi, oilaning pedagogik madaniyatini oshishiga yordam beradi. Yuqorida keltirilgan ish shakllari ota-onalaga farzandlarini tarbiyalashdagi tipik xatolarni oldini olishga yordam beradi, ularni tarbiyaning tо‗g‗ri metodlari bilan qurollantiradi. Yuqorida kо‗rib chiqilgan metodlar, ularni kompleks ravishda har bir mashg‗ulotda qо‗llash ota-onalarning faollashuviga, ularda о‗zining tarbiyaviy faoliyatiga tanqidiy qarashga, olingan nazariy bilimlarini amalda qо‗llashlariga 43
imkon yaratadi. Shunday qilib, egallangan pedagogik bilimlar ota-onalarning bola bilan uy sharoitida shug‗ullanishlarida yordam beradi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maxsus ta‘lim muassasasi sharoitida ota-onalar va pedagoglarning ishi yorqin ifodalangan hmkorlik xarakteriga egadir, bunga sabab ota-onalar va maktabning о‗zaro munosabatlarining mazmuni va shakllari о‗zgaradi.
1. Maktab va ota-onalarning о‗zaro harakatlari, hamkorligi yagona pedagogik jarayonda umumiy asoslarga tayanadi, ular tarbiyada ma‘lumot, tarbiyaviy va nazorat funksiyalarini bajaradi. 2. Maktabning oila bilan ishlashda tо‗g‗ri metodlarni tanlashidan pedagoglar va oila a‘zolari bilan aloqaning xarakteri va samraliligi kelib chiqadi. Bu ishlar rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolaning va uning oilasini xusuistyalarini e‘tiborga olgan holda olib borilishi lozim. 3. Rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tarbiyalashdagi maktabning ota- onalar bilan i turli shakllari (ma‘ruzalar, praktikumlar, seminarlar, suhbatlar, maslahatlar va boshqalar) о‗zaro bog‗liq bо‗lib bir tizimni tashkil etishi zarur.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling