Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
III bob. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING
Download 329.13 Kb.
|
диплом sarvinoz
III bob. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING
NATIJALARI Tajriba – sinov ishlarini tashkil qilish Pedagogik tajriba pedagogik tadqiqot murakkab va asosiy metodlardan biri hisoblanadi. Pedagogik tajriba kuzatish bilan chambarchas bogʻliq, lekin u bilan cheklanmaydi. Pedagogik tajriba fizikani oʻqitishda oʻziga xos jarayon boʻlib, koʻrilayotgan sharoitda pedagogik hodisalarni kuzatish imkonini beradi. Pedagogik tajribaning mazmunini belgilovchi uchta asosiy xususiyatlar mavjud boʻlib, bu xususiyatlar bilan pedagogik tajriba pedagogik tadqiqotning boshqa xususiyatlaridan farq qiladi. Bular quyidagicha belgilanadi: 1) oʻqitish jarayoniga tadqiqotning maqsadi va ilgari surilgan gepotezasiga mos ravishda kerakli oʻzgarishlarni kiritish; 2) oʻquv jarayonining turli tomonlari oʻzaro bogʻlanishini aks ettiruvchi va chuqurroq oʻrganuvchi sharoitlarni hosil qilish; 3) oʻquv jarayoni va unga kiritilgan oʻzgarish natijalarini hisobga olish. Pedagogik tajribaning maqsadi oʻquv tarbiya jarayonida qoʻllanilayotgan vosita va metodlarni u yoki bu oʻquv materialining berilgan hajmini koʻrsatilgan vaqtda oʻrganish imkoniyatlarini effektivligini hal etishdan iboratdir. Pedagogik tajribaning keng tarqalgan shakli - nazorat va tajriba oʻtkaziladigan sinflarda oʻqitish natijalarini taqqoslashdan iborat. Bu holda bir xil yoʻnalish va bitta kursdagi guruhlardan ikkitasi tanlab olinadi. Bitta guruhda oʻqitish jarayonida tajriba oʻtkaziladi, ikkinchi guruhda esa bu ish amalga oshirilmaydi. Pedagogik tajriba quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: - Guruhlardagi mavjud bilimlarni, amaliy koʻnikma va malakalarning darajasini aniqlash. - Topshiriqlar tizimini aniqlashtirish, ulardan oʻquv jarayonida foydalanish uchun metodik koʻrsatmalar ishlab chiqish. - Ishlab chiqilgan metodika boʻyicha tajriba guruhida, an'anaviy metodika boʻyicha nazorat guruhida dars oʻtish. - Shakllantiruvchi tajriba-sinov natijalarini sifat va miqdoriy jihatdan baholashni amalga oshirish. - Ikkala guruhning tajriba natijalarini taqqoslash, ishlab chiqilgan metodikaning afzalliklarini koʻrsatish, natijalarini tahlil qilish. - Ishlab chiqilgan metodikaning kamchiliklarini tuzatib va uni takomillashtirib, tajriba sinf yoki guruhdan qaytadan tajriba oʻtkazish va uning natijalarini tahlil qilish hamda tahlil uslubini tanlash. Bitiruv malakaviy ishining asosiy holatlarini tajriba-sinovdan oʻtkazish bir necha bosqichda, 2022-2023-oʻquv yilining ikkinchi yarim yilligida amalga oshirildi. Turli yoʻnalishdagi mutaxassislarda fotometriya elementlari tushunchalarini shakllantirish muammosini hal qilish umumta`lim maktablarida tajriba-sinov ishlari oʻtkazildi. Birinchi bosqichning asosiy maqsadi, tanlangan muammoni umumta`lim maktablarida fizika darslarida oʻquvchilarning fizik bilimlari qanday darajada ekanligini oʻrganish, oʻquvchilarda fotometriya elementlari tasavvurlarning shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat boʻldi. Buning uchun oʻquvchilarning fizikadan amaliy va laboratoriya mashgʻulotlardagi faoliyatlari oʻrganildi. Fizika ta'limining ijtimoiy yoʻnalishdagi umumta`lim maktablari dasturlari rejasi tahlil qilindi. Umumta`lim maktablarida fizika darslari kuzatildi. Ma'lumki, har bir ishda tashxisning toʻgʻri qoʻyilishi keyingi ishlarning samaradorligini belgilaydi, shu boisdan oʻquvchilarda fotometriya elemementlari tushunchalarga oid bilimlarning shakllanganlik darajasini dastlabki holatini aniqlashga alohida ahamiyat berildi. Oʻquvchilar bilan anketa soʻrovnomalar oʻtkazildi. Javoblar tahlili natijalaridan, oʻquvchilarning koʻpchiligida (50-60%) ni fotometriya elementlari tushunchalarga oid bilimlarning shakllanganligi yetarli darajada emasligi aniqlandi. Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichida oʻquvchilarda Fotometriya asoslari tushunchalarga oid bilimlar shakllanganlik darajasining dastlabki holati aniqlandi, fotometriya elementlari tushunchalarga oid bilimlarni shakllantirish imkoniyatlari izlandi. Shu maqsadda ilgʻor pedagogik tajribalar oʻrganildi, umumlashtirildi. Tajriba boshlanishida oʻzlashtirish darajalari bir-biriga yaqin boʻlgan 11A va 11B sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Fotometriya elementlari tushunchalarga oid bilimlarning shakllanganligini aniqlash uchun uch darajali (yuqori, oʻrta, past) mezondan foydalanildi. Pedagogik tajriba-sinovda ishtirok etgan 45 nafar oʻquvchining eksperimental tayyorgarlik darajasi talablar boʻyicha baholanganda: 7 nafar (10%) oʻquvchi “yuqori”, 18 nafar (45%) oʻquvchi “oʻrta”, 20 nafar (55%) oʻquvchi “past” natijalarga erishdi. Bundan oʻquvchilarda fotometriya elementlari tushunchalarga oid bilimlarning shakllanganlik darajasini oshirish lozim, degan xulosaga kelindi. Ikkinchi bosqichning asosiy maqsadidan yana biri boʻlgan fotometriya elementlari tushunchalarga oid bilimlarni shakllantirish metodikasini ishlab chiqish va aprobatsiyadan oʻtkazishga qaratildi. Birinchi bosqichdagi xulosalarga tayangan holda, tavsiya etilayotgan metodikaga tuzatishlar kiritildi. Masalalar yechish bilan bogʻliq boʻlgan topshiriqlarni bajarishda muammoli savollardan foydalinildi. Bunday muammoli vaziyatlar yaratilishi natijasida, oʻquvchilar oʻzlarida yetishmayotgan fotometriya elementlari tushunchalarga oid bilimlarni shakllantirishga ehtiyoj sezib, oʻqish motivlari vujudga kelgach, fotometriya elementlari tushunchalarga oid bilimlar shakllantirildi. Fotometriya elementlariga doir tushunchalarga oid bilimlarni shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida 2023yilning mart oyida 23-umumta`lim maktabi 11a va 11b sinf o`quvchilarida tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichi oʻtkazildi. Tajriba oʻtkazish jarayonida fotometriya elementlari tushunchalarga oid bilimlarning umumiy oʻrta ta'lim fizikasi mazmunidagi masalalar, laboratoriya ishlari va namoyishli tajribalarni mustaqil bajara olish va ularni oʻquvchilarga tushuntira olishiga alohida e'tibor qaratildi. Tajriba-sinov ishlarining bu bosqichini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qoʻyildi: – Fizikadan amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini kuzatish, ushbu mashgʻulotlarning tashkil qilinishi va mazmunini fotometriya elementlariga doir tushunchalarga oid bilimlarni shakllantirish nuqtai nazaridan tahlil qilish. – Nazorat ishlari, laboratoriya ishlarini bajarish va topshirishlarini tahlil qilish. – Oʻquvchilar bilan soʻrovnoma oʻtkazish, suhbat olib borish. Soʻrovnoma va suhbat davrida oʻquvchilar umumiy oʻrta ta'lim fizika kursida qanday tushunchalarga oid masalalar va laboratoriya ishlarini bajarganligi, qanday namoyishli tajribalarni kuzatganligini topshiriqlar asosida tekshirildi. Mashgʻulotlarni kuzatish jarayonida fotometriya elementlariga tushunchalarga oid bilimlarni shakllantirish masalasiga asosiy e'tibor qaratildi. Kichik mutaxassislarda fotometriya elementlariga tushunchalarga oid bilimlarni shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida hal qilinayotgan muammo boʻyicha quyidagi savollar ishlab chiqildi. Savollar muammo boʻyicha dastlabki ma'lumotlarni olish uchun oʻquvchilarga taklif qilindi. Quyida bu savollar keltirilgan: – Fotometriya nimanu o`rganadi? – Fotometriya elementlari ustida tajriba olib borgan olimlar kimlar ? – Fotometriya asoslari hayotimizda nimaga kerakligini tushuntiring. – Tehnikada qoʻllanilayotgan fotometriya elementlari qaysilar ? Berilgan javoblarga koʻra, oʻquvchilarda Fotometriya elementlari tushunchalariga oid bilimlarning shakllanganlik darajasini aniqlash uchun quyidagi mezonlar taklif qilindi: Past daraja: ba'zi bir fotometriya elementlari tushunchalarni biladi, lekin ularning mohiyatini aytib bera olmaydi. Texnologiya tuzilishi haqida tasavvurlarga ega emas. Ularning fizikaga kirib kelish tarixini bilmaydi. Fan-texnika taraqqiyotidagi ahamiyatini tushunmaydi. Oʻrta daraja: Fotometriya elementlari tushunchalarini biladi, ular haqida umumiy ma'lumot-larga ega. Fizika fani erishgan yutuqlarning texnika taraqqiyotidagi oʻrnini koʻrsatuvchi fizik hodisa va qonunlarga aniq misollar keltira olmaydi. Yuqori daraja: Fotometriya elementlari tushunchalarini biladi, ularning mazmunini aytib bera oladi. Ularning fizikaga kirib kelish tarixini biladi. Texnologiyaning tuzilishini tasavvur qila oladi. Fizika fani erishgan yutuqlarning texnika taraqqiyotidagi oʻrnini koʻrsatuvchi fizik hodisa va qonunlarga aniq misollar keltira oladi. Tajribada ishtirok etayotgan guruhlarni saralash va ularda fotometriya elementlari tushunchalariga oid bilimlarning shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida tajriba-sinov oʻtkazilib, yuqoridagi mezonlar asosida baholandi. Baholash natijalarini quyidagi 1-jadvalda keltiramiz. Download 329.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling