Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD 03
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Download 352.78 Kb.
|
Эрназарова Раъно автореферат to`g`risi 3 2 17 июлььььь Statt
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalardagi psixologik stress holatini о‘zgarish dinamikasi bо‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijasida:
talabalarda psixologik stress yuzaga kelishi natijasida, ularda yangi muhitga moslashish, katta о‘quv yuklamasi, imtihon oldi xavotir va guruhdagi nizolar singari asosiy omillarlar yuqori darajada ta’sir etishi aniqlanganligitо‘g‘risidagi ilmiy takliflar Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiyasi» moduliga kiritilgan(Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 27-apreldagi 6-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda psixologik stressning о‘zgarish dinamikasining psixologik birliklarini aniqlashga erishilgan; talabalar о‘quv faoliyatida о‘quv jarayonidagi faollik, emotsional komfortlik, pozitiv kayfiyat, qat’iyatlilik va muloqotchanlik xususiyatlari shakllanishi natijasida, ularda stressga bardoshlilik takomillashuvi asoslanganligi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining о‘quv faoliyatida qо‘llash uchun «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 27-apreldagi 6-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda psixologik stressni aniqlashga mо‘ljallangan metodika va testlarning diagnostik ta’minotini oshirishga erishilgan; diagnostika qilish natijasiga asosan har bir ta’lim bosqichi doirasida talabalarning stressga chidamliligi, ulardagi muammoni yechish, muammoni konstruktiv baholash, muammoni о‘z vaqtida hal eta olish hamda samimiylik (tanqidiy tafakkur)ning yuqoriligi koping sifatlarning barqaror ravishda ekanligi isbotlanganligi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 27-apreldagi 6-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’limda faoliyat olib borayotgan tyutor va psixologlarning metodik ta’minotini boyitishga xizmat qilgan; korreksiya amaliyotida talabalarning stressga moyilligi barqarorligi takomillashtirilganligi, stress holatidagi faolligi, hissiyoti, kayfiyati oshirilganligi hamda stressni yengishda muammoni yechishga yо‘nalganlik tarkib toptirilganligi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining «Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 27-apreldagi 6-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda psixologik streyesning vujudga kelishiga sabab bо‘luvchi psixologik omillarni aniqlashga erishilgan. Download 352.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling