Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD 03
Download 352.78 Kb.
|
Эрназарова Раъно автореферат to`g`risi 3 2 17 июлььььь Statt
- Bu sahifa navigatsiya:
- F.A. Akramova Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi, psixol.f.d. (DSc), dotsent N.B. Atabayeva
- Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yо‘nalishlariga mosligi
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti Dissertatsiya himoyasi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil «__»_________ soat_____ dagi majlisida bо‘lib о‘tadi. (Manzil: 100185, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor kо‘chasi, 27. Tel.: (+99871) 276-82-32; faks: (+99871) 276-76-51; e-mail: tdpu_kengash@edu.uz) Dissertatsiya bilan Toshkent davlat pedagogika universitetining Axborot-resurs markazida tanishish mumkin. (______ raqam bilan rо‘yxatga olingan.) (Manzil: 100185, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor kо‘chasi, 27. Tel.: (+99871) 276-82-32). Dissertatsiya avtoreferati 2023 yil «____» _________ kuni tarqatildi. (2023 yil «_____»________ da________raqamli reyestr bayonnomasi) F.A. Akramova Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi, psixol.f.d. (DSc), dotsent N.B. Atabayeva Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi, psixol.f.d. (DSc), dotsent Z.T. Nishanova Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi psixol.f.d., professor Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda stress holati kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga asosan, kuchli stress insonlarning jismoniy va aqliy qobiliyatiga salbiy ta’sir etib, ularning ichkilik, tamaki va boshqa dorilarga bog‘liqligini yuzaga keltirmoqda. 1 Inson hayotida stresslarning meyordan ortiq bо‘lishi ularning psixikasida zо‘riqishlar yuzaga kelishiga hamda salomatligiga ziyon yetkazishiga sabab bо‘lmoqda. Jumladan talabalarning ta’lim olishiga stresslar salbiy ta’sir etishi sababli, ularning stressga qarshi kurashish xulqini shakllantirish muhim ekanligi namoyon bо‘lmoqda. Jahonda stress holatini yengib о‘tishga qaratilgan psixologik usullarni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. Stresslarni boshqarish, stressga qarshi kurashish, stressga moslashish kabi koping strategiyalarni qо‘llash orqali stress holatida psixik barqarorlikni saqlash amaliyoti keng qо‘llanilmoqda. Shu bilan birga stressning boshlanishi xavotir holati bilan bog‘liq ekanligi borasidagi talqinlarga asosan, stress omillarning ta’sirini pasaytirish uchun xavotirga moyillik darajasini meyorlashtirish muhim о‘rin egallamoqda. Bundan tashqari о‘quv jarayonida stresslarning fiziologik belgilaridan kelib chiqib, talabalarning о‘quv faoliyat stressini fiziologik ta’sirlar orqali meyorlashtirish usuli foydalanilmoqda. Respublikamizda shaxs faoliyatida stress holati yuzaga kelishining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talabalar о‘quv faoliyatida stresslar salbiy ta’sirining oldini olish muhim ekanligi bois, stressga barqarorlik ta’minlash uchun о‘ziga baho berish darajasini meyorlashtirish va frustratsion tolerantlikni shakllantirishga urg‘u berilmoqda. Shu bilan birga stress holati yuzaga kelishining oldini olishda ota-onalar va bolalar о‘rtasida muloqotning kо‘lamini oshirish, oila a’zolari о‘rtasida fikr erkinligini ta’minlash, yoshlarni destruktiv g‘oyalar ta’siridan himoyalash, stresslarni boshqarish kompetensiyasi va kazusli vaziyatlarda psixologik himoyani faollashtirish amaliyoti qо‘llanilmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga kо‘tarish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qarori, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 oktabrdagi PF-5847-son “О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi farmoni, 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022 - 2026 yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tо‘g‘risida»gi farmoni va ushbu sohaga aloqador bо‘lgan boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya ishi muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yо‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yо‘llari» ustuvor yо‘nalishi doirasida bajarilgan. Download 352.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling