Muammoning о‘rganilganlik darajasi. Stressga barqarorlikni ta’minlash, frustratsiyaning stressogenlik ahamiyati, stress xolati suitsidal xulq yuzaga kelishiga ta’siri, stress holati yuzaga kelishining oldini olishda yoshlarni destruktiv g‘oyalar ta’siridan himoyalash, stresslarni boshqarish kompetensiyasini shakllantirish, ota-onalar va bolalar о‘rtasida muloqotning kо‘lamini oshirish, kazusli vaziyatlarda psixologik himoyani faollashtirish borasida О‘zbekiston olimlaridan D. Abdumadjidova, R.Abdurasulov, D. Boymirzayeva, U. Butayeva, F. Gaziyeva, A.Jabborov, N. Ismoilova, K. Kadirov, M. Karamyan, Z. Elov, D. Mamadiyarova, N. Sagindikova, Z. Fayziyev, F. Shermatov, G‘.Shoumarov, P. Ergashev, U. Qodirov, O. Hayitov va boshqa olimlar tomonidan о‘rganilgan.
MDH olimlaridan talabalar о‘quv faoliyatida stresslarning yuzaga kelish omillari va stress holatini yengib о‘tish muammosi A. Akopyan, A. Andreyeva, X. Axmedova, D.Badmayeva, T. Boxan, S. Gagolina, N. Devayev, V. Krivobokova, I. Komarova, O. Lavrov, T. Lisakova, O. Lozgacheva, I. Menishikova, M. Padun, YE. Sapyorova, L. Statueva, M. Xutornayava boshqa olimlar tomonidan tadqiq etilgan.
Xorij olimlaridan stress holatining paydo bо‘lish asoslari, belgilari, mexanizmlari, stressning shaxs xulq-atvoriga ta’siri borasidagi izlanishlar A.Adler, A. Bandura, R.Kettel, K. Maslak, X.Murrey, G. Sallivan, G. Seleye, Z. Freyd, X. Frendenberger, E. Fromm, K. Xorni, E. Erikson va boshqalarning tadqiqotlarida atroflicha о‘rganilgan.
Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Qarshi davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq ITD-3-030-raqamli «Ijtimoiy va pedagogik psixologiyaning etnik asoslarini tadqiq etish» mavzusidagi loyihasi doirasida bajarilgan (2018–2022 yy.).
Tadqiqotning maqsadi talabalar о‘quv faoliyatida psixologik stress holati paydo bо‘lishi omillarini va stress holatini о‘zgarish dinamikasini aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |