Tadqiqotning amaliy natijalari:
talabalar о‘quv faoliyatiga xos stress omillarini aniqlashga maqsadida ishlab chiqilgan anketa sо‘rovnomasi tadqiqotning diagnostik bosqichida qо‘llanilgan;
har bir ta’lim bosqichi doirasida talabalarning stressga moyilligi va barqarorlik darajasi, stress holatidagi faolligi, hissiyoti, kayfiyati hamda stressni yengishda qо‘llanuvchi koping strategiyalarini aniqlash orqali korreksiya amaliyotining bosqichlari shakllantirilgan;
diagnostika qilish natijasiga asosan har bir ta’lim bosqichi doirasida talabalarning stressga chidamliligi, ulardagi muammoni yechish, muammoni konstruktiv baholash, muammoni о‘z vaqtida hal eta olish hamda samimiylik (tanqidiy tafakkur)ning yuqoriligi koping sifatlarning barqarorligi shakllantirilgan;
korreksiya amaliyotida talabalarning stressga moyilligini pasaytirilishi va barqarorligini shakllantirilishi, stress holatidagi faolligi, hissiyoti, kayfiyatini oshirilishi hamda stressni yengishda muammoni yechishga yо‘nalganlik koping strategiyasini tarkib toptirilishi natijasida talabalarning о‘quv faoliyatiga tо‘laqonli kirishishi ta’minlangan;
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi dissertatsiyadaqо‘llanilgan nazariy yondashuvlar, stress holati mexanizmlari va talabalar о‘quv faoliyatiga stressning ta’siri bо‘yicha olimlarning qarashlari asoslanganligi; tadqiqotning diagnostik va korreksion bosqichlari uzviy bog‘liqlikda tashkil etilganligi; tadqiqot natijalarining miqdoriy va sifat tahlili olib borilganligi; olingan natijalarning statistik va korrelyatsion tahlil qilinganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati tadqiqot olib borish uchun tayyorlangan diagnostik va korreksion dasturlar umumlashmasi, tadqiqotda erishilgan natijalar, xulosa va tavsiyalar psixodiagnostika, psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya sohalarini nazariy va amaliy jihatdan boyitadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati tadqiqot doirasida erishilgan natijalar stress borasida va talabalik davriga xos muammolar yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlarda, oliy ta’lim muassasasi psixologi va pedagogining talabalar bilan ishlash jarayonida, talabalarning ma’naviy qarashlari bilan ishlashga mas’ul bо‘lgan xodimlar faoliyatida, psixologik xizmat kо‘rsatish markazlarida qо‘llanma sifatida foydalanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |