Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD 03
-jadval Talabalar stress holatida koping-strategiyalar kо‘rsatgichlari dinamikasi n=417 / TG n=242 / NG n=175
Download 352.78 Kb.
|
Эрназарова Раъно автореферат to`g`risi 3 2 17 июлььььь Statt
- Bu sahifa navigatsiya:
- (7-jadval) Shkalalarning о‘zaro bog‘liqligi
- Amaliy tavsiyalar
- E’LON QILINGAN ISHLAR RО‘YHATI SPISOK OPUBLIKOVANNIX RABOT LIST OF PUBLICATIONS I bо‘lim (Ichast; Part I)
- IIbо‘lim (IIchast; PartII
6-jadval
Talabalar stress holatida koping-strategiyalar kо‘rsatgichlari dinamikasi n=417 / TG n=242 / NG n=175
Izoh: *** r≤0,001 1-kurs talabalarning stress koping-strategiyalari korreksiya amaliyotidan oldingi va keyingi kо‘rsatgichlari dinamikasi tahlili: TG ishtirokchilarining stress holatida muammoni yechishga yо‘nalganlik shkalasi kо‘rsatgichi о‘rtacha (M) – TO - 43,3% (juda quyi); TK – 94,4% - (yuqori); TG ishtirokchilarining stress holatida ijtimoiy kо‘mak olishga yо‘nalganlik shkalasi о‘rtacha (M) – TO - 95,2% (yuqori); TK – 71,8% - (о‘rta); TG ishtirokchilarining stress holatida muammodan qochishga yо‘nalganlik shkalasi о‘rtacha (M) – TO - 92,0% (yuqori); TK – 62,2% - (quyi); NG ishtirokchilarining stress holatida muammoni yechishga yо‘nalganlik shkalasi о‘rtacha (M) – TO - 45,5% (juda quyi); TK – 43,4% - (juda quyi); NG ishtirokchilarining stress holatida ijtimoiy kо‘mak olishga yо‘nalganlik shkalasi о‘rtacha (M) – TO - 92,6% (yuqori); TK – 93,8% - (yuqori); NG ishtirokchilarining stress holatida muammodan qochishga yо‘nalganlik shkalasi о‘rtacha (M) – TO - 92,3% (yuqori); TK – 94,2% - (yuqori); Tajribadan keyin TG ishtirokchilarida muammoni yechishga yо‘nalganlik yuqori, ijtimoiy kо‘mak olishga yо‘nalganlik о‘rta va muammodan qochishga yо‘nalganlik quyi darajaga о‘zgargan, NG ishtirokchilari stress koping-strategiyalarida о‘zgarish bо‘lmagan. Ikkinchi, uchinchi va tо‘rtinchi bosqichda tahsil oluvchi talabalrning koping strategiya sо‘rovnomasi shkalalari ya’ni muammoni yechish yuqoriroq natijalarni, muammodan qochish va ijtimoiy kо‘mak pastroq kо‘rsatkichlarni taqdim etgan. Birinchi bosqichda tahsil oluvchi talabalarda esa, muammoni yechish pastroq, muammodan qochish va ijtimoiy kо‘mak olish shkalalari yuqoriroq darajani keltirib chiqargan. Bu esa, birinchi bosqichdagi talabalarda muvaffaqiyatsiz vaziyatlardan chiqa olishda koping xulqning shakllanmaganligidan darak beradi. Yuqori bosqich talabalari muvaffaqiyatsiz vaziyatlardan о‘zlari bemalol chiqa olishlari va muammolarni о‘zlari hal qilishlarini anglatadi. Psixokorreksiya amaliyotidan keyin tijriba guruhi ishtirokchilari diagnostik natijalariga asosan shkalalarning о‘zaro bog‘liqligi Pirson korrelyatsiya koeffitsenti (r) yordamida aniqlandi. (7- jadval) (7-jadval) Shkalalarning о‘zaro bog‘liqligi
Izoh: * r≤0,05; ** r≤0,01 Shkalalarning о‘zaro bog‘liqligi bо‘yicha Pirson korrelyatsiya koeffitsenti natijalariga asosan, stressga barqarorlik shkalasi faollik (r≤0,01), kayfiyat (r≤0,01), muammoni yechish (r≤0,01) shkalalari bilan; faollik shkalasi kayfiyat (r≤0,01), muammoni yechish (r≤0,01) shkalalari bilan; kayfiyat shkalasi muammoni yechish (r≤0,01) shkalasi bilan ifodali korrelyatsiya namoyon bо‘lgan XULOSA 1. Anketa sо‘rovnomasi qо‘llanilib talabalarda stress holatini yuzaga keltiruvchi 17 ta omillar ajratildi. Birinchi kurs talabalarida stress omillar yangi muhitga moslashish, ikkinchi kurs talabalarida mas’uliyat, imtihon oldi xavotir, uchinchi kurs talabalarida meyoriy imtihon oldi va kelajakdan xavotir, tо‘rtinchi kurs talabalarida imtihonlar xavotiri, kelajak va oilaviy muammolar bilan bog‘liq. Stressga moyillik darajasi 1-4-kurs talabalarida yuqori, 2-3-kurs talabalarida о‘rta (yuqoriga moyil) ifodalandi. 2. Talabalarning stressga barqarorlik darajasi 1-kursda quyi, 2-kursda о‘rtadan biroz past, 3-kursda о‘rta, 4-kursda о‘rtadan past darajada, hissiyot, faollik, kayfiyat shkalalari 1-2-4-kursda meyordan past, 3-kursda meyoriy darajada. Stress koping-strategiya diagnostikasi bо‘yicha muammoni yechish strategiyasi 1-2-4-kursda quyi, 3-kursda о‘rta daraja; ijtimoiy kо‘mak olish strategiyasi 1-4-kursda yuqori, 2-3-kursda о‘rta daraja; muammodan qochish strategiyasi 1-2-kursda yuqori, 3-4-kursda о‘rta daraja ifodalangan. 3. TGda stress holati paydo bо‘lishiga ta’sir etuvchi omillar ta’sirini kamaytirish, stressga moyillik darajasini pasaytirish, stressga barqarorligini oshirish, hissiyot, faollik, kayfiyat shkalalarini meyorlashtirish, muammoni yechish strategiyasini oshirish, ijtimoiy kо‘mak strategiyasini meyorlashtirish, muammodan qochish strategiyasini pasaytirishga qaratilgan 4 bosqichli psixokorreksiya amaliyoti tashkil etildi. 4. Psixokorreksiya amaliyoti natijasida TGda stress omillarning pasayishiga erishilgan, Stressga moyillik darajasi TGda meyoriy darajaga pasaygan. Stressga barqarorlik darajasi TGda yuqori darajaga erishilgan. Hissiyot, faollik, kayfiyat shkalalari bо‘yicha TGda meyoriy darajaga erishilgan. Stress koping-strategiyalari korreksiya bо‘yicha TGda muammoni yechish strategiyasi yuqori, ijtimoiy kо‘mak olish strategiyasi о‘rta, muammodan qochish strategiyasi quyi daraja ifodalangan. 5. TG ishtirokchilarida korreksiya amaliyoti samaradorligi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. TG talabalarda stress omillar ta’siri kamayishi, stressga moyillik darajasi pasayishi, stressga barqarorlik oshishi, hissiyot, faollik, kayfiyat shkalalarini meyorlashishi, muammoni yechish strategiyasini oshishi, ijtimoiy kо‘mak strategiyasini meyorlashishi, muammodan qochish strategiyasini pasayishiga erishilgan. Amaliy tavsiyalar Talabalar о‘quv faoliyatida stresslarning yuzaga kelishi va ortib ketishi ularning darslarni о‘zlashtirishiga salbiy ta’sir etadi. Shu sababli talabalarda stress holatini psixologik korreksiyalash talab etiladi. Talabalarda stress holatini psikorreksiya amaliyotida: 1. Talabalarga ta’sir etayotgan stress omillarni aniqlash va salbiy ta’sirini kamaytirishda hamda stressga moyillik darajasini aniqlash va meyorlashtirishda jismoniy mashqlar, stresslarni boshqarish usuli, ijtimoiy kо‘mak berish, meditatsiya, autotrening, relaksatsiya usulini qо‘llash; 2. Talabalarning stress holatidagi hissiyot, faollik, kayfiyatini meyorlashtirishda vizuallashtirish, biblioterapiya, rasm terapiyasini qо‘llash; 3. Talabalarning stressga barqarorlik darajasini oshirishga qaratilgan psixologik treninglarni qо‘llash; 4. Talabalarning koping-strategiyalarini korreksiyalash va muammoni yechishga intilish strategiyasini shakllantirishda Ma’naviy tadbirlar, musobaqalar, ratsional psixotepiya ijobiy samara beradi. E’LON QILINGAN ISHLAR RО‘YHATI SPISOK OPUBLIKOVANNIX RABOT LIST OF PUBLICATIONS I bо‘lim (Ichast; Part I) 1. Ernazarova R.Y. Stressogen vaziyatlarning o'spirinlar xulq-atvoriga ta'siri//Maktab va hayot ilmiy-metodik jurnali. – Toshkent, 2021. №6. (162). – B. 30-32. (19.00.00. № 8). 2. Ernazarova R. Y. Talabalar o’quv faoliyatiga psixologik stressning ta’siri// Psixologiya ilmiy jurnal. – Buxoro, 2022. № 3. – B. 106-108.(19.00.00. № 5). 3. Ernazarova R. Y. Talabalarda psixologik stress holatini yuzaga keltiruvchi asosiy omillar tasnifi// BolavaZamonilmiy-ommabopjurnal. – Toshkent, 2022. № 1. – B 30-32. (19.00.00. № 1) 4. ErnazarovaR. Y. Стресси его психофизиолигический анализ // Вестник интегративной психологии. – Ярославл, 2022. №26. – S 322-325. (19.00.00. №2). 5.ErnazarovaR.Y. Stressogen vaziyatlarda talabalar xulq-atvori determinantlarining namoyon bo‘lish xususiyatlari // O‘zMUxabarlari. – Toshkent, 2023. № 1/4. – B. (19.00.00. №10). 6.ErnazarovaR. Y. Эмпирические резултати исследования уровня стрессоустойчивости учашихся // Вестник интегративной психологии. – Ярославл, 2023. № 28. – S 342-345.(19.00.00. №2). 7.Ernazarova R. Y. Psychological possibilities for increasing stress stability in students// CUTTING-EDGE SCIENCE 2023 USA, 2023. – P. 80-84. 8. Ernazarova R. Y. Psixologik stressga barqarorlik – talabalar xulq-atvorini belgilovchi omil sifatida // Ijtimoiy muhit va ta'lim jarayonida xulq-atvor shakllanishining pedagogik va psixologik jihatlari –Toshkent- 2023yil 11-fevral. - B 93-99. 9. Ernazarova R. Y. Psixologik stress holatining paydo bo'lish omillari va o'ziga xos xususiyatlari // O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish muammolari. Qarshi- 2022. -B 493-495. IIbо‘lim (IIchast; PartII 10. Ernazarova R. Y. Talabalarda psixologik stress holati paydo bo'lish omillari va ularni yengish psixologik usullari // Modernizatsiya qilingan o'quv dasturlari va darsliklarini amaliyotga samarali joriy qilish texnologiyalari: tahlil, metod va vositalar. Qarshi-2022 yil 29-aprel- B 370-372. 1 https://www.who.int/news-room/questions-and-answers/item/stress# Download 352.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling