Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
113 maktablari, ixtisoslashgan maktablar faoliyati yo‗lga qo‗yilmoqda. Birgina 2020- yilda mamlakatimizda matematika fani bo‗yicha 56 ta, kimyo-biologiya fani bo‗yicha 28 ta, informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‗yicha 14 ta ana shunday maktablar tashkil etildi. Bu sohada jahon tajribasi o‗rganilib, yangi tartib- qoidalar, zamonaviy ta‘lim usullari joriy etilmoqda. Nodavlat ta‘lim maskanlari davlat tomonidan keng qo‗llab-quvvatlanayotgani tufayli hozirgi vaqtda ularning soni 195 taga yetdi. Bularning barchasi o‗z ijobiy natijasini bermoqda. Buni 2017-2020- yillarda o‗quvchilarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 30 ta medalni qo‗lga kiritgani misolida ham yaqqol ko‗rish mumkin. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Davlat mustaqilligining 30-yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: ―Bugun yangilanayotgan O‗zbekistonda tarixan qisqa fursatda butunlay yangicha siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ma‘rifiy va madaniy muhit paydo bo‗ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor,-deb ta‘kidlab, uzluksiz ta‘limni takomillashtirish, farzandlarimizni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlashni tubdan yaxshilashga alohida ahamiyat qaratish lozimligini uqtirdilar. Fikrlarini davom ettirib, hurmatli Prezidentimiz yoshlarni talab yuqori bo‗lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‗rgatish uchun o‗tgan o‗quv yilida 339 ta kasb-hunar maktabi, 194 ta kollej va 195 ta texnikum faoliyati yo‗lga qo‗yilganligini hamda bugungi kunda islohotlarimiz talabi, hayotning o‗zi oliy ta‘lim sohasini jadal rivojlantirishni taqozo etishi, shu bois yurtimizda so‗nggi 5 yilda 64 ta yangi oliy ta‘lim muassasasi tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkazilganligini e‘tirof etdilar. Mamlakatimizda uzluksiz ta‘lim tizimining muhim bo‗g‗ini bo‗lgan boshlang‗ich ta‘lim tizimini rivojlangan mamlakatlar qatoridagi ta‘lim tizimiga tenglashtirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda jahonda texnologiyalar va axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi davrida boshlang‗ich ta‘limni isloh qilish, komil insonni tarbiyalash, ularga Milliy dastur asosida zamonaviy ta‘lim berish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo‗lgan muammolar hisoblanadi. Aynan, boshlang‗ich ta‘limda didaktik jarayonlarni zamonaviy tashkil qilish, o‗quvchi shaxsini rivojlantirish muhim va zaruriy masala hisoblanadi. Boshlang‗ich sinf yoshidagi o‗quvchi shaxsini sog‗lom va yetuk qilib tarbiyalash, maktabda o‗qishga bo‗lgan qiziqishini shakllantirish maqsadini ko‗zlagan holda yetti-o‗n yoshdan olib boriladi. Boshlang‗ich sinf o‗quvchining individual va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta‘minlovchi, uni uzluksiz ta‘limning keyingi bosqichi – o‗rta konsentrda o‗qishini ta‘minlovchi, har tomonlama maqsadli yo‗naltirilgan ta‘lim va tarbiya jarayonidir. O‗zbekistonda boshlang‗ich ta‘limni isloh qilishning asosiy omillaridan biri komil inson tarbiyasidir. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling