Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
114 fevraldagi 2017-2021-yillarga mo‗ljallangan ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi[1], PF-4947-son, 2018- yil 25-yanvardagi ―Umumiy o‗rta, o‗rta maxsus va kasb-hunar ta‘limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5313-son, 2020-yil 6 noyabrdagi ―O‗zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta‘lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-6108-son farmonlari, 2020-yil 6- noyabrdagi ―Ta‘lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ-4884-son, 2020-yil 6-oktyabrdagi ―Axborot texnologiyalari sohasida ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni it-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-4851-son qarorlarida ifoda etilgan ta‘lim jarayonida, shu jumladan, boshlang‗ich ta‘lim jarayonida insonparvarlik omilini ta‘minlaydigan ―shaxs manfaatlari va ta‘lim ustuvorligi‖ g‗oyalarining muhim ahamiyati ko‗rsatib berilgan. O‗zbekistonda shaxs manfaatlari va ta‘lim ustuvorligi mamlakatimizning ravnaqiga ravnaq qo‗shuvchi davlat siyosati darajasidagi masaladir. Ta‘lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi uzluksiz ta‘lim tizimi har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirish uchun barcha shart- sharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta‘lim deganda – o‗quvchi shaxsini uzviy rivojlantirish maqsadida har bir ta‘lim bosqichida pedagogik tizimning barcha tarkibiy qismlarining o‗zaro muvofiqligi, istiqbolga yo‗naltirilganligi tushuniladi[2]. 2020-yil 23-sentyabrda O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi 637-sonli Qonunining qabul qilishini mavzuning dolzarbligini belgilaydi[3]. Boshlang‗ich ta‘limdagi pedagogik jarayon – ma‘lum bir maqsadga yo‗naltirilgan, pedagogik faoliyat ta‘sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan tizimdir. Bu tizimni boshqarishda va uning sifatini yuqori pog‗onaga yuksaltirishda yangi yo‗llarni topish, ta‘lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma‘naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‗ich ta‘lim didaktik jarayonlarida o‗quvchining rivojlanishini ta‘minlovchi shaxsga yo‗naltirilgan texnologiyalarni takomillashtirishda Milliy dasturlarni tahlil qilish, ularning sifatini oshirish, shu asosda o‗quvchining bilim, ko‗nikma va malakasini rivojlantirish, ularning kompetentligini muntazam rivojlantirish, ularning aqliy, jismoniy, ma‘naviy, estetik rivojlanishlarini ta‘minlash zarurdir. Tadqiqot doirasida sohaga oid me‘yoriy-huquqiy hujjatlar, adabiyotlar, ilmiy tadqiqot ishlari tahlil etildi. Boshlang‗ich ta‘lim o‗qituvchilarining kasbiy pedagogik sifatlarini rivojlantirishda shaxsga yo‗naltirilgan ta‘limning ilmiy-metodik asosida ta‘lim berish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling