Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
185 
pedagogik ijod mohiyati, xususiyatlari va darajalarini tushuntirish;
 pedagogik ijod, mashhur pedagoglar haqida hikoyalar
 pedagogika 
ideologlari 
fikrlarini 
keltirish, 
masalan, 
shartni 
realizatsiyalash: muammoni hal qilish uchun yangi imkoniyat paydo boʻlganini 
anglash oʻqituvchi harakatlarining maʼlum ketma - ketligini koʻzda tutadi.
Talabalarda muammoga qiziqishni shakllantirish ―Psixologiya – qi-
ziqishlarni inson oʻz idroki va harakatida koʻproq ahamiyatli deb bilganiga, fikriy
yoʻnalganlik sifatida qaraydi‖[1]. Talabalar qiziqishlari ham shaxsiy ham ijtimoiy 
yoʻnalganlikka ega. Muammoda yangi mazmunni izlash, muammoni qayta 
formulirovkalash yoki talabalar tomonidan yangi muammoning qoʻyilishiga 
toʻsqinlik qilmaslik kerak. Bu hollarda talabaning predmetga shaxsiy munosabati, 
ularning shaxsiy pozitsiyasi ―tinglanadi‖. Shuningdek, hal etilmagan ilmiy 
muammolarning qoʻyilishiga qiziqish uygʻotadi.
Talabalarda oʻz qobiliyatlaridan qoniqmaslik hissining yuzaga kelishi. 
Istalgan muammo intellektual qiyinchilik holati yuzaga kelishi bilan bogʻliq, biroq 
qiyinchilik darajasi turlicha boʻlishi mumkin. Bizning holatimizda muammoni hozir 
hal qilish mumkin boʻlmagani sababli uning yechimini kechiktirishga toʻgʻri kelgani 
yaxshiroq.
Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha ishni tashkil qilish. 
Pedagogik ishlar modelda belgilangan yoʻnalishlar doirasida olib boriladi.
Hal qilinmagan muammoga qaytish (baʼzan bir necha marta qaytishga toʻgʻri 
keladi). Agar muammo hal etilsa, ijobiy ―namunaviy kechinmalar‖ taʼminlandi. Bu 
oʻrinda amalga oshirilgan ijodiy jarayon refleksiyasini kuzatish: hal qilishda talab 
qilingan, egallangan ijodiy faoliyatga daxldor bilim va malakalarni ajratish muhim. 
Bu holda talabalar oʻz ijodiy qobiliyatlari oʻsganini, demak, mos ravishda muammoni 
hal qilish uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻlganini anglab yetadi. Motivlar oʻquv 
foliyatini ragʻbatlaydi, tashkil qiladi, yoʻnaltiradi. 
Oʻquvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga oriyentirlangan oʻqitish 
didaktik sistemaning barcha oʻzaro bogʻliq elementlari asosiga qurilishi kerak, bunda 
oʻquv materiali mazmuni tayanch element sanaladi.
Laboratoriya mashgʻulotlarida bazaviy mavzularni oʻrganish ijodiy darajadagi 
masalalarning mantiqiy ketma–ketligi sifatida quriladi (algoritmik tavsiyalarni ishlab 
chiqishga oid masalalar; kichik masalalarga boʻlishni talab qiladigan masalalar
ziddiyatni aniqlash va muammoni shakllantirishga oid masalalar; bir necha yechimli 
masalalar; axborot korrekt berilmagan masalalar; masalali vaziyatni qurishga oid 
masalalar). Bilimlar muammoni bayon qilingan maʼruzalarda gʻoyalarni ilgari surish 
bosqichida qaysidir ijodiy operatsiyani qoʻllashga oid kichik masalalar ajratildi.
Ijodiy harakatlar darajasi.



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling