Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
190 
rivojlantirishning to‗laqonli amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Yuqoridagi fikrlarni tahlili shuni ko‗rsatadiki, yosh voleybolchilarni tezkorlik sifatini 
rivojlantirishda harakatli o‗yinlardan foydalanishning nazariy-amaliy va harakatli 
o‗yinlarning samarali turlaridan foydalanib ilmiy-tadqiqotlar orqali tezkorlik sifatini 
rivojlantirishning ahamiyati hali to‗laqonli o‗rganilmagan masaladir. Yosh 
voleybolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o‗yinlardan foydalanish 
ko‗pgina ilmiy va o‗quv adabiyotlarida azaldan o‗z ifodasini topib kelgan 
(PulatovA.A, Usmanxodjayev T.Svabosh). Ushbu tadqiqotchi olimlar o‗zlarining 
yirik ilmiy va o‗quv asarlarida yosh voleybolchilarni tarbiyalashda harakatli 
o‗yinlardan foydalanishni atroflicha tahlil qilib berganlar. Voleybol bo‗yicha mavjud 
ilmiy, uslubiy va o‗quv adabiyotlarda yosh voleybolchilarni tayyorlashda harakatli 
o‗yinlarni qo‗llash o‗ta muhim shartlardan biri ekanligi ta‘kidlab o‗tilgan[1]. 
Mutaxassis olimlarning fikriga ko‗ra (Гарипов А.Т, Клещев Ю.Ю) 
voleybolni bolalikdan boshlab rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa harakatli 
o‗yinlardan unumli foydalanish lozimligiga urg‗u berishadi. Shu bilan bir qatorda 
muayyan yoshli bolalarda voleybol sport turiga xos harakatli o‗yinlarni tanlab olish 
yoki ularni moslashtirish orqaligina yosh voleybolchilarni jismoniy sifatlarini va 
harakat malakalarini yanada samarali shakllantirish mumkin[2].
Yuqoridagi muammolar va hali o‗rganilmagan bo‗shliqlardan foydalanib 
ushbu maqolada yosh voleybolchilarni mashg‗ulot jarayonida tezkorlik sifatini 
harakatli o‗yinlarning samarali turlari, mashg‗ulotning samarali uslub va vositalarini 
qo‗llash orqali rivojlantirishning nazariy ahamiyatini maqsad qilib olish mumkin. 
Voleybolchilar uchun tezkorlik o‗yin va boshqa sharoitlarda imkon qadar 
voleybol o‗yini bilan bog‗liq bo‗lgan texnik-taktik harakatlarni qisqa vaqt ichida 
bajarishi uchun juda muhim sifat hisoblanadi. Bunda yosh voleybolchilarni tezkorlik 
sifatini rivojlantirish uchun eng qulay davrlar, texnik-taktik harakatlar bilan bog‗liq 
tezkorlikni mashg‗ulotlarining qismlariga e‘tibor bergan holda, bajarilgan mashqlarni 
to‗g‗ri hisobga olib borgan holda va harakatli o‗yinlarning eng samarali turlarini 
qo‗llash orqali rivojlantirish muhim hisoblanadi. 
Voleybolda harakat tezligi juda muhim rol o‗ynaydi, uning rivojlanish 
darajasi asosan o‗yin davomida voleybolchilarning hujum va 
mudofaa 
harakatlarining samaradorligini belgilaydi. 
Maxsus tezkorlik. Voleybolchining maxsus tezkorligi uni qisqa muddat ichida 
maydon bo‗ylab harakatlanishi va o‗yin malakalarini vaziyat talabiga mos ravishda 
samarali ijro etishi bilan belgilanadi. Tezkorlik voleybolda 3 xil shaklda namoyon 
bo‗ladi: 
- turli ishora va vaziyatni fahmlash tezligi (jamoadoshining ishorasi, o‗yin 
vaziyatini o‗zgarishi va uni baholash, raqib o‗yinchining joylashishi va hokazo); 
- ushbu vaziyatlarga nisbatan tezkor va maqsadga muvofiq harakat qilish; 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling