Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Voleybolchilar estafetasi.
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
191 - harakatlanish yoki bir necha harakatlarni ko‗p martalab ijro etish tezligi[3]. Voleybolda ayrim sport mashqlarini yaxlit bajarishda o‗rganilgan texnikani oqilona qo‗llashga yordam beradigan harakatli o‗yinlar katta ahamiyatga ega. Ular sport o‗yinlarini o‗zlashtirishga xizmat qiladi. Mashg‗ulot paytida, texnik xatolarni tuzatish ahamiyatsiz bo‗lganida, o‗yin texnikasi yaxshiroq qabul qilinadi va mashg‗ulotlarda voleybol elementlari bilan bog‗liq harakatli o‗yinlar va o‗yin harakatlariga taqlid qiluvchi mashqlar qo‗llaniladi. Talabalar asosiy texnikalarni tezda o‗zlashtira olmasa, ularning qiziqishi pasayadi. Jismoniy fazilatlarni rivojlantirish va texnik elementlarni takomillashtirishga qaratilgan harakatli o‗yinlar shug‗ullanuvchilarni faollashtiradi va mashg‗ulotlarga qiziqishni oshiradi. Yosh voleybolchilarning dastlabki tayyorgarlik bosqichida beriladigan harakatli o‗yinlar bolaning har tomonlama rivojlanishiga hissa qo‗shadi. Ularning fikrlash doirasini kengaytiradi, uning g‗oyalari doirasi, uning kuzatuvchanligi va ixtirochiligini rivojlantiradi, o‗yin jarayonida bolalar o‗rganadilar ko‗rganlarini tahlil qilish, taqqoslash va umumlashtirish qobiliyati rivojlanadi[4]. Quyida yosh voleybolchilar uchun tezkorlik sifatini rivojlantirishda qo‗llaniladigan harakatli o‗yinlarning eng samarali turlari keltirilgan: Voleybolchilar estafetasi. O‗yinning tavsifi. O‗yin ishtirokchilari o‗zaro teng ikki jamoaga bo‗linadilar. Ikkala jamoa o‗yinchilari ikkitadan bo‗lib, oralaridan bir oz joy qoldirib o‗zaro parallel ikki qatorga saflanadilar. Oldinda turganlarning oyoqlari uchi oldidan chiziq o‗tkaziladi. Bu chiziqdan 10-15 qadam narida unga parallel qilib ikkinchi chiziq tortiladi. Qatorlar boshida turgan har qaysi juft o‗yinchining biriga bittadan to‗p beriladi. Oldinda turgan har qaysi juft o‗yinchilar rahbar signal berishi bilan oldinga qarab yugurib, yo‗lda to‗pni kaftlari bilan yuqoriga urib bir-birlariga qaytaradilar. Ular ikkinchi chiziqqacha yugurib borib, yana shu yo‗ldan o‗z qatorlariga qaytadilar, to‗pni so‗nggi marta urib navbatdagi juft o‗yinchilarga uzatib, o‗z qatorlarining oxiriga borib turadilar. Navbatdagi o‗yinchilar, uchib kelgan to‗pni ilib olmasdan, kaftlari bilan urib bir-birlariga qaytarib oldinga yugurib ketadilar. О‗yin har bir jamoaning hamma juft o‗yinchilari shu tarzda to‗pni urib-urib bir-birlariga qaytarib yugurib bo‗lgunlaricha davom ettiriladi. Navbat yana birinchi juft o‗yinchilarga kelganda ulardan biri to‗pni qo‗lga olib yuqoriga ko‗taradi va shu bilan jamoa yugurishni tamomlaganligini bildiradi. Yugurishni birinchi bo‗lib tamomlagan jamoa g‗alaba qozonadi. O‗yinning qoidalari. 1. Agar har juft o‗yinchilardan birontasi to‗pni yerga tushirib yuborsa, uning o‗zi to‗pni yerdan olishi va shu joyning o‗zida uni urib uzatishni davom ettirishi kerak. 2. Navbatdagi juft o‗yinchilar o‗zlariga to‗p berilgunicha chiziqni bosib oldinga o‗tmasliklari lozim. 3. Navbatdagi juft o‗yinchi to‗pni urib uzatib, yugurib ketganidan so‗ng butun qator bir qadam oldinga; suriladi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling