Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
81 
ASSRda, 1927-yildan Zarafshon, 1928-1929-yillarda Qashqadaryo, Surxondaryo va 
Xorazm oblastlarida o‗tkazild[9].
Zarafshon oblastida mazkur siyosat katta noroziliklarga sabab bo‗ldi. Doimiy 
ravishda reformani bekor qilishni talab qilgan qo‗zg‗olonlar bo‗ldi. 1926-yilning 
oktyabr va noyabr oylarida Zarafshon oblastining G‗ijduvon va Vobkent rayonlarida 
yer-suv islohotiga tayyorgarlik ishlariga qarshi qurolli guruhlar tuzilib, sovet 
hokimiyatiga qarshi kurashdi[10]. Biroq bu namoyish va qo‗zg‗olonlar oblastda keng 
ko‗lamda qurolli harakat tusini olmadi. Chunki bu yerda kurashga rahbarlik qiladigan 
yetakchi qo‗rboshilarning faoliyati asosan 1926-yilning yozida tugatildi. Shuning 
uchun ham bu jarayon O‗zbekiston SSRning boshqa oblastlari singari qurolli 
harakatga aylanib ketmadi. Shuningdek, oblast ilgari Buxoro amirligining asosiy 
qismi bo‗lganligi uchun ham sovet hokimiyatiga qarshi kuchlar ko‗p bo‗lishi 
mumkinligi inobatga olinib, sovet hokimiyatiga qarshi qaratilgan har qanday faoliyat 
doimiy ravishda nazoratga olindi. OGPUning 1926-yil 25-oktyabrdagi ma‘lumotida 
keltirilishicha, yer islohoti o‗tkazilishidan norozi bo‗lgan turli guruhlar Eski 
Buxoroda yig‗ilib 1) targ‗ibotni kuchaytirish orqali yer-suv islohotini amalga 
oshirilishiga qarshilik ko‗rsatish; 2) bu tadbirlarning shariatga qarshi ekanligini 
aholiga tushuntirish; 3) islohoti hokimiyatda bo‗lgan ruslar va tatarlarning ishi 
ekanligini aholiga targ‗ib qilish; 4) aholini ommaviy ravishda islohotdan noroziligini 
uyg‗otishga kelishib olingan[11]. 
Shunday qilib, O‗zbekiston SSRda yer-suv islohotiga qarshi ommaviy 
qo‗zg‗olonlar avj oldi. Bunga faqatgina yer-suv islohoti emas balki, shu paytdagi 
g‗alla tayyorlash kampaniyasi, non tanqisligi, kuzgi hosilni yig‗ish, paxta terish, soliq 
siyosati kabi omillar ham ta‘sir ko‗rsatdi. Masalan, 1928-yilning may oyida Farg‗ona 
okrugi Buvayda rayoni aholini yer-suv komissiyasining qaroridan norozilik bildirib, 
2000 kishilik qo‗zg‗olonchilar okrug ijroiya komitetining binosini o‗rab olishdi[12]. 
O‗zbekiston SSRda 1929-yildagi kurashning asosiy markazi Farg‗ona vodiysi edi. 
Sovet hokimiyatiga qarshi kurashda Andijon okrugida hatto dehqonlardan tashqari 
qishloqlardagi ayrim partiya va komsomollar a‘zolari ham qochib qo‗zg‗olonchilar 
safiga qo‗shilganligi qayd etilad[13]. Bu aslida sovet hokimiyatiga xizmat qilgan 
kishilarning ham norozilik belgisi edi. Ahvol borgan sari yanada keskinlasha bordi. 
Yer-suv islohotining oxirgi yillari va kollektivlashtirishning boshlanishi arafasidagi 
vaziyat sovet hokimiyatiga qarshi kurashni yana qaytadan avj olishiga ta‘sir ko‗rsatdi. 
Bu jarayon 1929-yil aprelda Tojikiston ASSRda Fuzayl Maxsum, Farg‗ona vodiysida 
Yormat Maxsum, Andijon okrugida Mirvali Miryusupovlarning faoliyatida namoyon 
bo‗ladi. Aholining bolsheviklar siyosatidan noroziligi ushbu guruhlarning 
kengayishini ta‘minladi[14]. 
Yer-suv islohotining o‗tkazilishi va unga qarshi norozilik harakatlarini yuzaga 
kelishi faqatgina O‗zbekiston SSRga xos jihat emas. Bu jarayon boshqa O‗rta Osiyo 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling