Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
of Sciences of Uzbekistan, Doctor of Philosophy (PhD) in historical sciences
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Key words
- TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
of Sciences of Uzbekistan, Doctor of Philosophy (PhD) in historical sciences
Annotation. This article analyzes the implementation of land and water reform in Uzbekistan and the attitude of various segments of the population to it. Also, the socio-economic processes in the republic and their impact on the strengthening of the struggle against the Soviet government during this period were studied. Key words: land and water reform, socio-economic processes, Turkestan front, soviet power, bolshevik, kurbashi, armed movement. Insoniyat har doim hayotda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‗zgarishlarni tezda qabul qilmagan yoki unga insoniyatning moslashuvi biroz qiyin TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 78 kechgan. Jamiyatda sodir bo‗layotgan o‗zgarishlar insonlar ongida har xil talqinda yetib borgan. Bu har bir tarixiy davrda namoyon bo‗ladigan jarayondir. Xuddi shu singari Turkiston o‗lkasida sovet hokimiyati o‗rnatilgach esa jamiyat hayotida ham katta o‗zgarishlar amaliyotga tatbiq etildi. Buni ham mahalliy aholi orasida qabul qilish xilma-xil kechdi. O‗z navbatida bu o‗zgarishlar ham mahalliy aholi ongiga majburan singdirildi. Bolsheviklarning yuritgan siyosatidan norozi bo‗lgan aholi ularga turli usullarda qarshilik ko‗rsatdi. Mazkur noroziliklar hatto qurolli kurashga aylanib ketishgacha bordi. Bolsheviklarning g‗oyalarini qabul qilmagan aholi vakillari o‗z e‘tiqodidan voz kechmadi va unga sodiq qoldi. Lekin mahalliy aholi vakillarining milliylik, uzoq yillik urf-odatlar, asriy an‘analar, yer egaligi uchun kurashi va eng asosiysi o‗z e‘tiqodiga sadoqatliligi juda qimmatga tushdi. Biroq bolsheviklar targ‗ib qilgan g‗oyalarga ergashgan, hatto uning ishtirokchisiga aylangan kishilar ham bor edi. Sovet hokimiyati o‗zining yangi tartib qoidalarini joriy etishda va mahalliy aholini o‗z tomoniga og‗dirib olishda asosan kuchli targ‗ibot va tashviqot ishlari hamda zo‗ravonlik siyosati orqali erishdi. Tarixiy jarayonlardan ma‘lumki, turli millat va elatlar hamda davlatlar o‗rtasida yer-suv masalasi kurashning asosiy kulminatsiyalaridan biri sanalgan. Bundan farqli ravishda bolsheviklarning agrar reformalari ham davlat va xalqlar o‗rtasida kurashni keltirib chiqargan omillardan biridir. Chunki insoniyatning hayot tarzi qadimdan bevosita yer va suv munosabatlari bilan chambarchas bog‗liqdir. Inson o‗zinig hayotini suvsiz tasavvur qila olmaganidek, yerga ham shunchalik bog‗lanib qolgan. Yer bu – hayot uchun barcha zaruriy ne‘matlarni beradigan, insonni yashashini va turmush tarzini davomiyligini ta‘minlaydigan asosiy vosita edi. Shuning uchun ham yer va suv masalasida kurashlar qadimda, hozir va kelajakda ham davom etib keladi. Bunga dunyoning bugungi kundagi siyosiy manzarasi ham guvohlik beradi. Shuningdek, siyosatchilarning taxminlaricha, kelajakda suv muammosi uchinchi jahon urushini keltirib chiqarishi mumkinligini ilgari surilmoqda. O‗rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish siyosatining amalga oshirilishi O‗zbekiston SSRdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning kuchayishiga olib keldi. O‗rta Osiyo respublikalaridagi barcha jarayonlar Markazdan boshqarilib, ulardagi mavjud vaziyat hamisha ham hisobga olinmas edi. Shu kabi salbiy holatlar ko‗p hollarda sovet hokimiyatiga qarshi kurashning kuchayishiga sabab bo‗lib keldi. Shunday omillardan biri bu – 1925-1929-yillarda amalga oshirilgan yer-suv islohoti edi. Agrar islohotlar amalga oshirilgunga qadar ham O‗rta Osiyoda yer va suv masalasida milliy nizolar ko‗p uchrab turgan. Masalan, yevropaliklar bilan mahalliy xalqlar o‗rtasida, tub joy xalqlarining bir-birlari bilan hamda turli urug‗lar orasida bu jarayon kuzatiladi[1]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling