Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
79 Biroq sovet hokimiyati yer-suv islohotini boshlashi bilanoq bu jarayon boshqacha tus oldi. Birinchidan, ilgari turli xalqlar, elatlar va urug‗lar o‗rtasida mavjud bo‗lgan kurash endi ularning birlashuvi asosida bolsheviklar hokimiyatiga qarshi qaratildi. Ikkinchidan esa, turli ijtimoiy guruhlar (boylar va kambag‗allar) o‗rtasida ziddiyatni keltirib chiqardi. Shunday qilib, jamiyatdagi turli ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy omillar natijasida sovet hokimiyatiga qarshi norozilik yuzaga keldi va qo‗zg‗olonga aylandi. Bu kurash keng ko‗lamda, namoyish, qo‗zg‗olon va qurolli harakat shaklida namoyon bo‗ladi. Noroziliklarni qurolli harakat shaklida tus olishi bolsheviklarning barcha harbiy kuchlarini va jazo organlarining faoliyatini kuchaytirishga majbur qildi. Asosan harbiy kuch va kuchaytirilgan jazo mexanizmi orqali aholining noroziliklari bostirib borildi. Yer-suv islohoti yillarida sovet hokimiyatiga qarshi norozilik harakatlarini kuchayishida ma‘lum darajada O‗rta Osiyo rayonlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning og‗irligi ham ta‘sir ko‗rsatdi. Masalan, 1925-1926-yillarda O‗zbekiston SSRning Surxondaryo, Qashqadaryo vohasi va Tojikiston ASSRda( Tojikiston ASSR – 1929- yil oktabrga qadar O‗zbekiston SSR tarkibida bo‗lgan) qurg‗oqchilik va hosilsizlik natijasida aholi orasida ochlik va non tanqisligi kuchaydi[2]. Ushbu hududlarda aynan shu yillarda sovet hokimiyatiga qarshi kurash kuchli davom etayotgan edi. Turkiston fronti qo‗mondon Avksentevskiy 1926-yil 16-fevraldagi harbiy-siyosiy kengashda vaziyatning murakkablashib borishida joylardagi ochlik muammosi katta ta‘sir ko‗rsatayotganligi hamda ayni paytda Surxondaryo va Tojikiston ASSRning barcha rayonlarida ochlik kengayib borayotganligi, oxirgi paytda esa 300 kishining ochlikdan o‗lganligini qayd etadi[3] . Chunki sovet hokimiyatiga qarshi kurashning eng kuchaygan davrda iqtisodiy va ijtimoiy ahvol tahlil qilinsa, o‗sha joyda vaziyatning juda keskin holatda ekanligi kuzatiladi. Ya‘ni, aholini og‗ir turmush tarzi ularning bolsheviklar targ‗ib qilgan yangi jamiyatga ishonishi va ko‗nikishi qiyin kechdi. Chunki mahalliy aholi kutgan ijobiy o‗zgarishlar amalga oshish o‗rniga vaziyat yanada keskinlasha bordi. Buning natijasida esa kurash ko‗lami yanada kengaya bordi. Sovet harbiylari aholining og‗ir ahvolini yaxshilamasdan, ularga hukumatning iqtisodiy ko‗magini kengaytirmasdan qurolli harakatni bostira olishmasligini yaxshi anglagan. Hamda bu masalada ular o‗zlarining bir necha yig‗ilishlarida aholiga iqtisodiy yordam berish taklifini ilgari surgan. Faqatgina harbiy bosim va kuchaytirilgan jazo choralari orqali sovet hokimiyatiga qarshi kurashni butunlay barham berib bo‗lmasdi. Turkiston fronti qo‗mondoni Avksentevskiy 1926-yil 16-fevralda qizil armiyaning faoliyatini tahlil qilib Tojikiston ASSRda qariyb 6-7 yil mobaynida arzirli natijaga erisha olmaganligini ta‘kidlagan edi[4]. Shunday muammolar mavjud bo‗lgan bir paytda sovet hokimiyati tomonidan 1926-yilda yer-suv islohotining boshlanishi qurolli harakat ko‗lamining yanada |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling