Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
80 
kuchayishiga ta‘sir ko‗rsatdi. Bunday kurashdan albatta yerlari davlat hisobiga 
musodara qilinadigan barcha ijtimoiy guruhlar manfaatdor edi. Shuning uchun ham 
yeridan ajralishni istamagan va bu siyosatning qurboniga aylangan ko‗plab aholi 
vakillari sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatga ishtirok etdi. Bu esa o‗z 
navbatida kurash ko‗lamining yana ko‗tarilishiga sabab bo‗ldi. Ayniqsa, Tojikiston 
ASSRda Ibrohimbek rahbarligida bu holat 1926-yilning iyun oyida avj oldi[6]. Biroq 
uning muhojirlikka ketishga majbur qilinishi vaziyatni tubdan o‗zgartirdi, Tojikiston 
ASSRdagi kurash deyarli to‗xtadi. Agar bolsheviklar Ibrohimbekning qarshiligini 
sindirmasa agrar islohotlarni amalga oshirishda ancha murakkabliklarga duch 
kelishini yaxshi anglar edi. Shuningdek, yer-suv islohotidagi muhim yana bir jihat 
shuki, ortiqcha yerlar garchi yersiz va kambag‗al dehqonlarga bo‗lib beriladi, deb 
hukumat o‗zining qarorlarida belgilasa-da, biroq aholining bir qismi esa birovdan 
tortib olingan yerlarni olishdan bosh tortgan holatlar kuzatiladi. Aynan shunday 
jarayon O‗zbekiston SSR (Farg‗ona, Samarqand, Zarafshon oblastlarida) va 
Turkmaniston SSRda ko‗p qayd etiladi[6]. Misol uchun, Samarqand uezdining 
Oqtosh 
qishlog‗i kambag‗allari qishloq yig‗inida ―begonaning yeridan 
foydalangandan ko‗ra ochlikdan o‗lganimiz afzal‖, degan edilar[7]. Sovet 
hokimiyatining bu reformalarini tub joy aholi vakillari qabul qilishi qiyin kechdi. 
Birinchidan, shu davrdagi vaziyatdan kelib chiqilsa, aholi orasida islom dini va 
shariat qonun-qoidalarining ustunligi, shuningdek, birovdan tortib olingan yerlarni 
olishni va undan foydalanishni aholi andesha qilib o‗ziga loyiq ko‗rmagan. 
Ikkinchidan esa, o‗zining mol-mulkidan mahrum bo‗lishni istamagan boy va 
aholining o‗ziga to‗q qismi sovet hokimiyatiga qarshi targ‗ibotni kuchaytirgan. Bu 
ikki holat birlashgan holatda, asrlar mobaynida shakllangan yer egaligining 
tugatilishiga qaratilgan bolsheviklarning siyosatiga qarshi kurashni kuchaytirdi.
Shuningdek, 1926-yilda O‗zbekiston SSR Sovetlari MIK Jinoyat kodeksining 
80-moddasiga qo‗shimcha kiritdi, unda yer maydonini yashirgan yoki qishloq 
xo‗jalik asboblari soni haqida noto‗g‗ri ma‘lumot berganlik uchun 3 yilgacha muddat 
bilan ozodlikdan mahrum etilib, mol-mulki musodara qilinishi nazarda tutilgan edi. 
Bu qishloq aholisining juda keng qatlamlari orasida, hatto dehqonlarning eng 
kambag‗al qismlari orasida qoralandi[8]. Bu jarayonda ayniqsa diniy ulamolar ham 
faol targ‗ibot ishlarini olib bordi. Ularning targ‗ibotlari aholining bolsheviklar 
siyosatiga qarshi norozilik kayfiyatini oshirdi. Chunki ular ham jamiyatdagi o‗z 
mavqeini saqlab qolishga harakat qilar edi. Ularning aholini kurashga chorlovlari 
bevosita qurolli guruhlarning saflarini kengayishiga, bu esa kurash dinamikasining 
ko‗tarilishiga olib keldi.
Yer-suv islohoti O‗zbekiston SSRning barcha oblastlarida bir paytning o‗zida 
amalga oshirilmay, turli yillarda o‗tkazildi. Dastlab 1925-1926-yillarda Tojikiston 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling