Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
127 Fikrni ifodalashning turli usullari mavjud bo‗lib, ularda so‗zlar semantik ma‘nosiga ko‗ra ishtirok etadi. Ona tili darslari o‗quvchilarning aqliy, xususan, mantiqiy tafakkurining rivojlanishida boy materialga ega. Til va tafakkur chambarchas bog‗liq bo‗lib, tilsiz inson fikrlay olmaydi. Tafakkursiz tilning bo‗lishi mumkin emas. O‗quvchining nutqiy qobiliyatini o‗stirishdan oldin uning fikrlash qobiliyatini o‗stirish talab qilinadi. Negaki nutqni tafakkurdan ajratib rivojlantirish mumkin emas. Hayotdagi narsa-predmetlarning nomi va ular haqida fikr bildirish uchun o‗sha narsa-predmet anglanadi va unga munosabat bildiriladi. O‗qituvchi nutq ustida ishlash bilan bir vaqtning o‗zida o‗quvchilarning tafakkuri ustida ishlaydi, ularda tushunarli, aniq, izchil va asoslangan fikrlashni tarbiyalaydi. Ona tili darslarida grammatik va orfografik tushunchalarni egallash jarayonida muayyan fikrlash faoliyatining yuz berishi bevosita mantiqiy tafakkur tarbiyasi bilan chambarchas bog‗liqdir. Boshlang‗ich sinflarning ona tili ta‘limi jarayonida o‗quvchilarning muayyan darajada bilim, ko‗nikma va malakalarni o‗zlashtirishlariga, nutq va tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan mustaqil ishlarni didaktik maqsadi, mazmuni va murakkablik darajasi hamda ijodiy yondashilishiga ko‗ra quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Namuna asosidagi mustaqil ishlar. 2. Konstruktiv mustaqil ishlar. 3. Variativ mustaqil ishlar. 4. Ijodiy mustaqil ishlar. Namuna asosidagi mustaqil ishlar o‗quvchilarni ona tili tahlimi bilan bog‗liq ko‗nikma, malakalarni shakllantirish va mustahkamlash orqali mustaqil faoliyatga tayyorlaydi. Konstruktiv mustaqil ishlar til hodisalarini nutq o‗stirish nuqtayi nazaridan tahlil qilish, bilishga doir metod va usullarni shakllantirish, bilishga bo‗lgan ichki motivlarni rivojlantirishda qulaylik yaratadi. Variativ mustaqil ishlar topshiriqlarni to‗g‗ri bajarish orqali o‗quvchilarning so‗z zahirasini boyitishga doir ko‗nikma va malakalarini shakllantiradi. Ijodiy mustaqil ishlar nutq va tafakkurni rivojlantirishga doir bilimlarni mustaqil o‗zlashtirish malakalarini mustahkamlashi jihatidan ijodkorlikni shakllantiruvchi samarali vosita sanaladi. Bilimlarni faollashtirishga yo‗naltirilgan mustaqil ishlarda yangi material ustida ishlash va mustahkamlash oldidan tayanch bilim va ko‗nikmalarni takrorlashga qaratilgan topshiriqlar namunaviy va konstruktiv-variativ xarakterga ega bo‗lishi mumkin. Namunaviy xarakterdagi ishlar shartlari to‗liq berilgan ko‗p sonli mashqlardir. Bu ish turini o‗quvchilar tartib bilan berilgan ko‗rsatmalar asosida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling