Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
126 mantiqiy fikrlash usullarini qo‗llashni talab qilish. Demak, matn asosidagi yetakchi g‗oyani aniqlash quyi sinflardan boshlanadi. Mavzu yuzasidan matn asosida umumlashtiriladigan ma‘lumotlarni o‗rganish orqali nazariy xulosalar qilinsa (yakkadan umumga qarab borilsa), induktiv usul, agar xulosa ancha keng nuqtayi nazarni talab qilsa, deduktiv usul qo‗llaniladi. Nazariy xulosalar o‗quvchilarning yangi mavzuni to‗la o‗zlashtirishlarida muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Ko‗rinadiki, boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining nutqini rivojlantirishda til va tafakkur uyg‗unligiga erishish muhim o‗rin tutadi. ―O‗zbek tilining izohli lug‗ati‖da ―nutq‖ ―tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi; so‗zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shu jarayonning hosilasidir‖[1], - deb ko‗rsatiladi. Nutq inson faoliyatining bir turi sifatida til vositalaridan foydalangan holda fikrni ifodalashdir. Til, tafakkur va nutq o‗zaro bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, odam o‗ylayotganda fikrini so‗zlar, jumlalar vositasida ichki nutqda ifoda etadi. Boshlang‗ich sinflarning ona tili ta‘limida o‗quvchilarning nutqini o‗stirish – ularda eshitish, anglash, gapirish, yozish va o‗qish ko‗nikmalarini shakllantirish, demakdir. Shu asosda intellektual salohiyat oshiriladi, estetik va axloqiy tarbiya yo‗lga qo‗yiladi. ―Педагогический энциклопедический словар‖da nutqqa ―insonlarning til vositasida amalga oshiriladigan muloqot (kommunikatsiya) shakli bo‗lib, u fikrni ifodalash vositasi bo‗lishi bilan birga fikrlashning asosiy mexanizmi hamdir‖[2] deb qayd etiladi. O‗quvchining nutqiy rivojlanishida tilning barcha sathlariga oid bilimlarga amal qilinadi. Til sathlarini o‗zlashtirishning asosiy sharti tilning kommunikativ funksiyasidan foydalana olish ko‗nikmasini egallashdir. Nutq o‗stirish gap qurilishi va uning tarkibini tashkil etgan lug‗at ustida ishlash bilan o‗zaro bog‗liq. Lug‗at ustida ishlash o‗quvchining lug‗at boyligini oshirishdan iborat emas, o‗quvchining diqqatini so‗zning mazmuniga qaratish, so‗zning semantikasini, ma‘nosini aniqlashtirish, so‗zning boshqa so‗z bilan semantik bog‗lanishini, aloqasini ochish, bog‗lanishli nutqda har bir so‗zning o‗z ma‘nosiga ko‗ra boshqa so‗zlar bilan bog‗lanishini anglashlariga erishishdir. So‗zlar orasida ma‘noviy moslashish so‗zlar bog‗lanishining asosiy qoidasi bo‗lib, leksik birliklarning asosiy xususiyati gapda boshqa so‗zlar bilan sintaktik aloqasida ko‗rinadi. So‗zning nutqda qanday shaklda qo‗llanishini bilish qay darajada zarur bo‗lsa, uning ma‘nosini bilish ҳam shunchalik zarurdir. Inson nutqiy munosabatda zarur so‗zlarni semantik ma‘nosiga qarab tanlaydi va fikrini aniq ifodalashga intiladi. So‗z yakka holda hech qanday kommunikativ vazifa bajara olmaydi. Nutqni anglashning eng muhim sharti unda ifodalanayotgan fikr va mazmunni tushunishdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling