Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
129 Natijada ishni bajarish jarayonida o‗qituvchiga bir necha marta murojaat qilinadi. Bu esa vaqtning ko‗p sarflanishi va mustaqillik darajasining pasayishiga olib keladi. 3. Mustaqil ishlarning hajmi va mazmuni qat‘iy belgilangan bo‗lishi, topshiriqni mas‘uliyat bilan bajarishga qaratilishi. 4. Mustaqil ishlarning ko‗rgazmalilik xarakterida bo‗lishi. 5. Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqning bir qolipga tushgan va retsept asosida bajariladigan bo‗lmasligi, o‗quvchilarning bilimlarini yangi vaziyatda tatbiq eta oladigan bo‗lishi, bilish qobiliyati va tashabbusini shakllantirishi. 6. Mustaqil ish topshirig‗i o‗quvchilarda qiziqish uyg‗otishi, turli vaqt oralig‗ida bajarilishining hisobga olinishi. 7. Mustaqil ishlarni tashkil etishda o‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarining turli darajada bo‗lishini hisobga olgan holda ularga differensial yondashilishi. (Ancha murakkab topshiriqlarni bajarayotgan o‗quvchilarga shu xildagi yangi topshiriqlarni tavsiya etish ularda tashabbuskorlikni oshiradi.) Mustaqil ishlarni bajarishda xatoga yo‗l qo‗yilishi sabablari tushuntirib borilsa, o‗zlashtirilgan bilim, ko‗nikma va malakalarni mustahkamlashga zamin yaratiladi. Ko‗rinadiki, boshlang‗ich sinflarning ona tili tahlimi jarayonida tashkil qilinadigan mustaqil ishlarda maqsad va topshiriqni bajarish tartibining aniqligi, o‗quvchilarning o‗quv imkoniyatlariga mos bo‗lishi, turli faoliyat uyg‗unlashishi, o‗quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantirishi muhim o‗rin tutadi. Boshqacha aytganda, shu jarayondagi ta‘lim samaradorligi darsda o‗quvchilarning mustaqil ishlarni bajarishdagi individual imkoniyatlarining hisobga olinishiga bog‗liq. Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining nutqini o‗stirish bo‗yicha keyingi yillarda chop etilgan Sh. Sariyevning ―Boshlang‗ich sinf o‗qish darslarida matn ustida ishlash orqali nutq o‗stirish‖ metodik qo‗llanmasida o‗qish darslarida badiiy matnni tahlil qilish bilan bog‗liq savollarga javob qaytarish, matn mazmuni yuzasidan reja tuzish, yod olish, bayon, insho, tavsifnoma kabi turli mustaqil ish turlari nutq orqali amalga oshirilishi asoslangan va o‗qish darslarida matn ustida ishlash bilan bog‗liq nutq o‗stirish mazmuni va metodlari ishlab chiqilgan. G. Mamatova ―Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida adabiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi‖ nomli metodik qo‗llanmasida adabiy tushunchalar haqida kichik yoshdagi o‗quvchilarga ma‘lumot berish bilan birga, badiiy asar tilini o‗rganishga alohida to‗xtalgan. Uning fikricha, badiiy asar tilini o‗rganish o‗quvchilar nutqini adabiy atamalar, tasviriy vositalar, badiiy til elementlari bilan boyitish demakdir. Adabiyotlar 1. O‗zbek tilining izohli lug‗ati, –Т.: O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti, 2007. –3-jild.687 b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling