Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
132 insoniyligini vaqt o‗tishi bilan anglab etishi zarurligiga ham urg‗u beradi. Bir qarashda sodda, xalq tiliga yaqin bu so‗zlar bosh qahramoni tilidan ba‘zi leksik o‗zgarishlarga uchragan holda yetti marotaba takrorlanadi. Bu qaytarishlar qissa qahramonining hayotni, odamlarni anglash, o‗z maqsadiga yetish manzilini tadrijiy rivojlanishini ifoda etadi. Sinfdosh do‗sti Samadning tug‗ilgan kuniga doirachi o‗rtog‗i bilan borgan Sadriddin jonli ijroda qo‗shiq kuylaydi. Ovoz u darajada yaxshi emas, ammo u kuylashdan sira to‗xtamaydi. Qo‗liga tor ushlagan hofiz, yonida doira chalayotgan sherigi talabalarning pichinglariga (Komilaning ―qo‗shiq aytishni yaqinda o‗rgandingizmi uka?‖, ―nohorgi oshga keldim deb o‗ylayapti chog‗i‖ kabi) e‘tibor bermasdan qo‗shiq ijro etishadiki, ammo tinglovchini qalbini, borlig‗ini o‗ziga rom eta olmaydi. Sho‗x davraga teskari bo‗lgan hazin qo‗shiqlarni ijro etadi. Insonni anglashga ema, o‗zini ko‗z-ko‗z qilishga, intilish holati yetakchilik qiladi. Muallif o‗z qahramonini qanday bo‗lsa, shunday aks ettiradi, undagi talant, nuqsonlarni harakatlari, so‗zlari orqali talqin etishga harakat qiladi. O‗z orzulariga yengil qaraydigan, kelajak uchun kurashda bardoshsiz, hayotda osonlikcha yutuqqa erishishni ko‗zlaydigan yoshlar qismati, ularning tinimsiz mehnat emas, oson yo‗l orqali shon-shuhratga erishish yo‗lidan borishi, aksincha, fojialar sari eltishini unitib qo‗ygan hayotiy insonlar qismati bilan uzviylikda namoyon bo‗ladi. Sadriddinning uch marotaba televizorda chiqsam bo‗ldi, hammaga mashhur bo‗lib ketaman deyishi, uni yonidagi musiqa chaladigan yigitlar, Lobarxonning (raqqosa) ko‗p pul to‗laydigan davralarga intilishi, oddiy ―birrov‖lik qo‗shiqchilarni nazarga ilmasligi qayd qilingan mulohazalarni yuzaga chiqishiga imkon yaratdi. Sadriddin Mehriddinov obrazida maqsadi yo‗lida hech narsadan ta‘b tortmasliklikni gap- so‗zlari, harakatlaridan, ruhiyatidagi o‗zgarishlaridan sezilib turadi. Davrada uni hech kim tinglamasa ham, u qo‗shiq aytishdan to‗xtamaydi. Shu onda Nafisa ismli bir qiz uning yaxshi qo‗shiq aytganini aytib, yosh bolalarcha qarsak chalib yuboradi. Nafisa bir tomondan soddaligi yigitlarga rahmi kelgandan shunday qilgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan hofiz bilan bir joydan ekanligi uchun shunday mulohaza yuritishga majbur bo‗ladi. Ammo yillar o‗tib, unga qilingan e‘zozning qanchalik darajada qimmatga tushishini anglab etmagan edi. Ketishga shaylangan ikki qo‗shiqchini Nafisa hech bo‗lmasa, ovqatlanib keyin ketingizlarlar deyishi ularga xush yoqadi, biroq Sadriddin xuddi shuni kutganday qo‗llarini ko‗ksiga qo‗yib javob so‗raydi: ―– Endi bizga ruxsat singlim. – Voy o‗tiribsizlar-da… – Rahmat, singlim. Hali boradigan joylarimiz ko‗p‖[2; 7-b.]. Aslida boradigan tayinli joyi yo‗q, ―artist‖ning ushbu gaplari ham Nafisani shoshirib qo‗yadi. Keyinchalik Sadriddin uni o‗zining yakkaxon konsert dasturiga taklif qiladi. Beixtiyor qiziqish va ko‗ngilchanlik bilan otlangan Nafisa hofizga gul taqdim etadi. Bugungi kundagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling