Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
133 
―fonogramma‖ orqali qo‗shiq kuylash, qanday avj olganligi ayni shu qissada mahorat 
bilan tasvirlab beradi.
Yillar shamoliga bardosh bera olamgan insonning qismati, taqdiri fojialar 
girdobida qolishi, tabiiydir. Yozuvchi bosh qahramon, ya‘ni hofizning xarakter va 
ruhiyatini ochish orqali bu jarayonni badiiylashtiradi. ―Sadriddinning yakka o‗zi bitta 
tor bilan qo‗shiq aytayotgani holda musiqada g‗ijjag-u, doiradan tortib dutor-u nayga 
qadar bo‗lgan asboblarning chalinayotgani eshitilardi. Buning ustiga, 
fonogrammadan foydalanayotgan bo‗lsa-da, bechora Sadriddinning bo‗yin tomirlari 
o‗qlog‗day bo‗rtib kuchanayotgani g‗alati ko‗rinardi‖[2; 7-b.]. Bu porterit tasvirlari 
asosida, asar qahramoning ruhiyati, uning noinsoniy fazilatlari tranroq yoritilish 
uchun asos bo‗ladi. Deyarli hech kim eshitmagan qarsaklar ham yangramagan bu 
―konsert‖da, qiz hofizga hurmatu e‘zoz bilan gul taqdim etadi. Ayni shu paytda, 
mashhur yevropa qo‗shiqchilariga o‗xshab Sаdriddin Mehridinov qizning yuzlaridan 
bo‗sa oladi. Zalda qiy chuv, qarsaklar eshitiladi. Nechta aytilgan qo‗shiqqa e‘tiborsiz 
muxlislar, uning xatti-harakatlaridan zovqlanib ketadi. Ayni shu jarayonda yozuvchi 
ba‘zi yoshlarning ehtiros va xayollarga beriluvchanligini, hayotni yengil-yelpi deb 
tasavvur qilishlarini, hissiy ehtiyojning o–zlari anglamagan holda, uning qurboniga 
aylanish holatlarini talqin etgan. Ammo ma‘naviy ehtiyoj, dunyoqarash, tafakkur 
qilish, inson va olamga teranroq nazar solish zarurligini uqtiradi.
Hozir yonimizdagi yoshlarning hissiyotga moyil ekanligi, jamiyatimizdagi 
illat-u nuqsonlar, fikr va tuyg‗uning uyg‗un emasligi, aql va qalb qarama-qarshiligi
davrning og‗riqli muammolari Sadriddin va Nafisa obrazlarida mujassamlashgan. 
Yozuvchi ―Har bir qahramonini voqealarning tabiiy oqimi bag‗rida shaxsiyatining 
o‗ziga xosligiga zug‗um qilmagan tarzda tasvirlay bilgan. Abduqayum Yo‗ldosh har 
bir qahramon qiyofasini chizishda uning ruhiyatiga mos voqeadan foydalangan. Bu 
o‗quvchiga obraz bilan yuzma-yuz bo‗lish imkonini beradi‖[3; 387-b.].
Xususan, konsertdagi gul berish voqeasidan so‗ng hofiz Nafisani bugungi 
muvaffaqiyatning ―besh‖ bo‗lganligini yuvamiz, o‗zim yotoqxonayizga tashlab 
qo‗yaman, Samad ham keladi deb aldab, o‗zi ijarada turgan uyga olib keladi. Uyda 
esa ikkovidan boshqa hech kim yo‗qligini bilgan Nafisa istirobga tusha boshlaydi. 
O‗zida yo‗q xursand Sadriddin goh ―men juda mashhur bo‗lib ketaman‖, goh ―sizni 
katta-katta restoranlarga taklif etaman‖, ―hali hamma meni qo‗shiqlarimga zor 
bo‗ladi‖, ―birrovga odamlar meni to‗yga aytishga navbatda turadi‖ kabi uzuq-yuluq 
gaplar bilan o‗zini-o‗zi aldardi. Ammo buning sabablarini hali oddiygina Nafisa 
anglab etmaydi. Muhabbat atalmish qalb gavhari eng pokiza, eng go‗zal tuyg‗u bo‗lib 
kelganligini unitadi.
Sadriddin timsolida o‗z maqsadlarini amalga oshirishda hech narsani 
ayamaydigan, yaqin kishilarini qurbon qilishga jur‘at etadigan ma‘nan qashshoq 
insonlar qiyofasini turfa xil voqealar silsilasi asosida ko‗z o‗ngimizda jonlantiradi. 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling