Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


Shaxs kamolotida ma‟naviyat, ma‟rifat va madaniyatning o„rni


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

Shaxs kamolotida ma‟naviyat, ma‟rifat va madaniyatning o„rni. 
Mamlakatimiz o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritgandan so‗ng erkin fikrlaydigan, o‗z-
o‗zini anglaydigan, jamiyat maqsad va manfaatlarini tushunib yetadigan, har 
tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalash vazifasi davlat siyosatining ustivor 
yo‗nalishi 
qilib 
belgilandi. 
Uni 
amalga 
oshirish 
esa 
eng 
avvalo, 
tarbiyalanuvchilarning ichki ruhiy ma‘naviyatini boyitish va mustaqil dunyoqarashini 
shakllantirishni taqoza etadi. Ma‘naviyatning vazifasi shaxsda o‗z o‗zini anglab, 
bilimdonlik va qalbi tozalik kabi insoniy tuyg‗ularni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Bu haqida Sh.M.Mirziyoyev ―Har qaysi davlat, har qaysi xalq intellektual salohiyati, 
yuksak ma‘naviyati bilan qudratlidir‖-degan edi[2.].
Mohiyatdan ma‘naviyat ko‗p qirrali tushuncha bo‗lib, u inson faoliyatining 
barcha qirralarini, uning yaqqol ko‗zga tashlanuvchi zoxiriy va yashirin, ichki ruhiy-
botiniy tomonlarini ham qamrab oladi. Bunga sabab ―Ma‘naviyat‖ tushunchasi keng 
ma‘noda jamiyat hayotidagi g‗oyaviy, mafkuraviy, ma‘rifiy, madaniy, diniy va 
axloqiy qarashlarni o‗zida to‗la mujassam etgan ijtimoiy-ma‘naviy hodisa ekanligidir. 
Demak, ma‘naviyat, ma‘rifat va madaniyat tushunchalari o‗zaro bir-biri bilan uzviy 
tarzda insonga xos eng ezgu xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
143 
Madaniyat-jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining 
muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‗rinishlarida, shuningdek
ular yaratadigan moddiy va ma‘naviy boylik-larda ifodalanadi. ―Madaniyat‖- atamasi 
tor ma‘noda kishilarning faqat ma‘naviy hayoti sohasiga nisbatan ham ishlatiladi. 
Yevropada ―Madaniyat‖ deyilganda dastlab insonning tabiatga ko‗rsatadigan 
maqsadga muvofiq ta‘siri, shuningdek, insonga ta‘lim-tarbiya berish tushunilgan (lot. 
cultura - yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi ―kultura‖ so‗zi ham shundan 
olingan)[3.]. 
Ma‘naviyat har doim ma‘rifat bilan ya‘ni bilim bilan uyg‗un holda rivojlanib 
boradi. Har ikkalasining uyg‗unligiga erisha olsakkina yoshlarimizning ma‘naviy 
barkamol, iymon-e‘tiqodli, vatanparvar, insonparvar, vijdonli, diyonatli, or-nomusli, 
halol va pok insonlar bo‗lib tarbiya topishlariga erisha olamiz. Bu haqda Abu Hamid 
Muhammad G‗azzoliy quyidagi fikrlarni bildirgan edi: Gumroh kishilar ―Ilm 
bo‗lgach, amalga hojat yo‗q qablida fikr qiladilar. Bunday fikrlar ilmning o‗zi bilan 
kifoyalanib, shariatni inkor etuvchilar e‘tiqodi bo‗lib, ular uchun ilm hosil bo‗lsa-yu, 
amal bo‗lmasa. Bu kabi ilmdan foyda yo‗qligini bilishmaydi. Holbuki o‗qib 
o‗rgangan ilmga amal qilmagan kishining qiyomat kunidagi azobi ikki hissadir‖[4.]. 
Ma‘naviy, ma‘rifiy va madaniy qashshoqlik bilan hech bir millat, u 
yashayotgan mamlakat hech qachon iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning 
yuksak cho‗qqilariga erisha olmaydi. Ma‘naviyat, ma‘rifat va madaniyatni egallash 
masalasiga yondashuvga hadislarda aytilgan ―Bu dunyoni deb u dunyoni, oxiratni deb 
bu dunyoni unitmang‖ degan mazmundagi naqlini hech qachon esdan 
chiqarmasligimiz zarur. Chunki tarix va hayot tajribasi dunyoviy va diniy qadriyatlar, 
ilmma‘rifat doimo bir-birini to‗ldirib, boyitib kelganligi shu asosda kishilar ma‘naviy 
kamolot cho‗qqilariga erishganligidan dalolat beradi. 
Ma‘naviyat, ma‘rifat va madaniyatni har doim ma‘rifat bilan ya‘ni bilim bilan 
uyg‗un holda rivojlanib boradi. Har uchalasining uyg‗unligiga erisha olsakkina 
yoshlarimizning ma‘naviy barkamol, iymon-e‘tiqodli, vatanparvar, insonparvar, 
vijdonli, diyonatli, or-nomusli, halol va pok insonlar bo‗lib tarbiya topishlariga erisha 
olamiz. 
Shuningdek, milliy madaniyat, urf-odat, an‘analarni saqlash va ularning 
umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‗unlashtirish sari jadal odimlash, iqtisodiy-ijtimoy 
jihatdan taraqqiy etish, yer yuzida istiqomat qilayotgan yetti milliarddan ziyod 
kishilarning umumiy istagidir. 
Insoniyat o‗tmishida ko‗plab bo‗hton, urushlar va haq-nohaq qon to‗kishlarga 
guvoh bo‗ldi. Aql-zakovat sohibi bo‗lgan inson oldida bugungi globallashuv davrida 
o‗tmish ajdodlardan meros bo‗lgan madaniy-ma‘naviy boyliklarni kelajak avlod 
uchun bus-butun saqlab qolish vazifasi ko‗ndalang turibdi. 
Biroq jahon, globallashuv davrida ro‗y berayotgan turli voqea, hodisa va 
jarayonlar tufayli o‗z tarixiy vatani, isteqomat qilayotgan yurtini tashlab chiqishga 
majbur bo‗lmoqda. Tinch va osoyishtalik ilinjida o‗zga yurt, hududlarni makon 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling