Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
146 
istiqomat qilayotgan 10 milliondan ortiq vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan 170 
dan ortiq madaniy markazlar bilan aloqalar yo‗lga qo‗yiladi. 
Tarixchi olim, professor Shodmon Hayitovning ilmiy xulosalariga ko‗ra, o‗rta 
osiyoliklarning muhojirlik tarixi 1917-yildan 1945-yilgacha bo‗lgan davrni qamrab 
oladi. Oktabr inqilobidan so‗ng avval mulkiy, keyinroq esa mafkuraviy ziddiyatlar 
sabab, millionlab O‗rta osiyoliklar vatanini tark etgan[8.]. 
Jumladan, Eronning shimoli-sharqida mahalliy forslar ―Turkman-Sahra‖ deb 
nomlovchi kenglik bor. Bu yerdagi o‗ndan ortiq shahar va yuzlab qishloqlarda O‗rta 
osiyolik turkiy xalqlar, jumladan, turkman, qozoq va juda oz sonli o‗zbek hamda 
qoraqalpoqlar yashaydi. Ma‘lumotlarga ko‗ra, Eron aholisining taxminan 25 foizini 
turkiy xalqlar tashkil qiladi. 
Ular orasida eng ko‗p sonlisi turkmanlar, ularning soni 2,5 million-dan 3 
milliongacha. Uchinchi guruh avshar, xajar, qoraqalpoq, qozoq va o‗zbeklardan 
iborat turkiy xalqlar yashaydi[9.].
Sovet hukumatining siyosati va mafkurasini qabul qilmagan o‗zbeklar 
ikkinchi vatan sifatida avval Afg‗oniston, Xitoy (Sharqiy Turkiston) va Eron 
davlatlarini tanlashgan. Biroq u yerlarda ham tinch hayotga erisha olmagani sabab, 
ikkinchi marotaba muhojirlikka yuzlanib, Saudiya Arabis-toni, Turkiya, AQSH va 
Yevropa davlatlariga tarqalib ketishgan. Tarixiy madaniy, shuningdek, jo‗g‗rofiy 
yaqinlik tufayli 1925-1930-yillarda turkman, qozoq va o‗zbeklarning ko‗p sonli 
jamoalari Afg‗oniston va Eronning chegara hududlariga borib joylashgan. 
Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh uzoq Hatay viloyatining O‗vakent 
qishlog‗ida ham 6 mingga yaqin o‗zbeklar istiqomad qiladi. Ammo, bu o‗zbeklarning 
ajdodlari O‗zbekistonni kecha yoki bugun emas, XX asrning birinchi yarmida tark 
etishgan. Ular, vatandan yiroqda musofirlikda dunyoga kelganlar, O‗zbekiston haqida 
bobo va buvilaridan eshitishgan ammo, hech qachon ko‗rishmagan. Lekin, ular hali 
hanuz O‗zbekistonni vatan deb bilishadi, ota makon to‗g‗risida faqatgina Turkiyadagi 
―Osiyo‖ radiosi kabi va xorijiy radio eshittirishdan vatan haqida boxabar bo‗lishadi.
Vatandan tashqarida yashovchilar imkon qadar o‗z avlodiga milliy qadriyat
urf-odat va an‘analarni o‗qtirish, saqlashga harakat qilishadi, chunki, o‗zbek tilini oila 
kattalaridan eshitib o‗rganishadi. Qayerda yashasalar o‗sha hudud tilida savod 
chiqarishadi, ular ―Alpomish‖, ―Go‗ro‗g‗li‖ va ―Kuntug‗mish‖ dostonini eshitgan 
ammo gohida ―Asli va Karim‖ bilan yanglishtiradi. Yurt sog‗inchi armoni bilan vaqti 
qazoda ham rihlat bilan yuzlashgan ajdodlarini tez-tez yodga olishadi. Shu bois 
bo‗lsa kerak, ular ota maskani Yevropaning Parij, Rim va London kabi ko‗hna va 
hammisha navqiron maskanlaridan ham ustivor qo‗yishadi. Shu kezda beixtiyor shoir 
Muhammad Yusufning quyidagi o‗lmas va betakror satrlari dildan kechadi.
Shodon kunim gul otgan sen, 
Chechak otgan izimga, 
Nolon kunim yupatgan sen, 
Yuzing bosib yuzimga. 
Singlim deymi, 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling