Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
144 
tutishga majbur bo‗layotganlarni soni ortgandan-ortishi, bu insonlarning oilalari shu 
tariqa milliy o‗zligi, tarixi va madaniyatidan mahrum bo‗ladi.
Tabiiy fanlarda ―Assimilyatsiya tushunchasi tirilikning eng asosiy xususiyati 
bo‗lib, assimilyatsiyadan organizmning o‗sib, rivojlanishi va yangilanishida energiya 
manbai vazifasini o‗tab, foydali moddalarning to‗planishini ta‘minlaydi. Tirik 
organizmda uni tashkil etuvchi qismlarning yangilanib, parchalanishi esa 
―dissimilyatsiya‖ hodisasi hisoblanadi.
Agar assimilyatsiya va dissimilyatsiya tushunchasini madaniyatshunoslik 
faniga tatbiq etsak, ma‘lum bir xalq, millatning o‗z tarixiy makonida o‗zaro 
birdamlikda istiqomat qilishi, ularning etnik madaniyatini taraqqiy etishi, madaniy 
assimilyatsiya sifatida baholash mumkin. Lekin, taqdir taqozosi bilan o‗zga yurtni 
makon tutganlar esa milliy o‗zlik va milliy madaniyatini boy berishini esa madaniy 
dissimilyatsiyaga qiyoslash mumkin. 
O‗zbekiston, mintaqa davlatlari ichida eng ko‗p millatlik mamlakat bo‗lib, 
130 ortiq millat vakillari emin-erkin isteqomat qiladi. Yurtimiz maktablarda nafaqat 
o‗zbek, rus, qozoq, qirg‗iz, tojik, turkman va qoraqalpoq tillarida ta‘lim beriladi, 
balki oliy ta‘lim muassalarida ham shu tillarda ta‘lim va tarbiya olish imkoniyati 
yaratilgan, teleradio va bosma nashrlar ham chop etiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ―O‗zbekiston 
Respublikasining davlat tili o‗zbek tilidir. O‗zbekiston Respublikasi o‗z hududida 
istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an‘analari 
hurmat qilinishini ta‘minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi‖. 
18-moddasida esa ―O‗bekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq 
va erkinliklarga ega bo‗lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, 
e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat‘iy nazar, qonun oldida tengdir‖lar[5.]. 
Mustaqillikning ilk yillaridan millatlararo munosabatlarda tolerantlik, 
bag‗rikenlik va insonparvarlikni rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo 
hamjihatlik, jamiyatda fuqarolarning totuvligini mustahkamlash, kam sonli millatlarni 
ham o‗z tarixi, tili, urf-odat va an‘analarini asrab avaylashi uchun madaniy markazlar 
tashkil etildi. 
2017-yil 19-mayda qabul qilingan PF-5046-sonli farmon ijrosini ta‘minlash 
maqsadida Respublika baynalmilal madaniyat markazi faoliyatini yanada 
rivojlantirish uchun O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik aloqalari qo‗mitasi 
tashkil etildi.
Qo‗mitaning asosiy vazifasi jamiyatda millatlararo hamjihatlik va 
bag‗rikenglikni ta‘minlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, 
do‗stlik va ko‗p millatli yagona oila tuyg‗usi muhitini mustah-kamlash, yoshlarni 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat. 
Yangi O‗zbekiston kelajagini yaratuvchi turli til, din va millatga mansub 
fuqarolarimiz yurt istiqboli uchun muttasil qayg‗urayotgan bir paytda ―globallashuv‖ 
jarayonida tolerantlik, bag‗rikenglik niqobi ostida namoyon bo‗lib, milliy 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling