Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
160 ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, subyektiv, mahalliy va shartli g‗oyalar tarzida namoyon bo‗ladi. Xususiy yangilik munosabat, obyekt yoki jarayonga tegishli elementlardan birini o‗zgartirish, yangilashni nazarida tutadi. Subyektiv yangilik ma‘lum obyektning o‗zini yangilash zaruriyatni ifodalaydi. Mahalliy yangilik alohida olingan obyekt uchun kiritilayotgan yangilikning amaliy ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi. Shartli yangilik esa munosabat, obyekt yoki jarayonda murakkab, progressiv yangilanishning sodir etilishini ta‘minlovchi ma‘lum elementlarning yig‗indisini yoritishga xizmat qiladi. Ta‘limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab talabalarining dasturiy bilim, tasavvur va ko‗nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlash, o‗quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg‗ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagog texnologiyalarining talaba – yoshlarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda[2]. Ta‘limning bugungi vazifasi talaba - yoshlarni kun sayin takomillashib borayotgan axborot-ta‘lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‗rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‗rgatishdan iboratdir. Buning uchun, ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. Zamonaviy o‗quv jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanishga ko‗p e‘tibor qaratilmoqda. Barcha oliy ta‘lim muassasalarida kompyuter texnikasi mavjud bo‗lib, dars jarayonida ulardan foydalanishga imkoniyat ortmoqda. Bunday texnika va texnologiyalardan foydalanish o‗quv jarayoni sifatini oshiradi, talabalar qiziqishiga sababchi bo‗ladi. Shuni unutmaslik lozimki, darsda kompyuterdan foydalandi, degani talabaning bilimi ortdi degani emas, balki undan oqilona foydalanish zarur bo‗ladi. Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida foydalaniladigan juda ko‗plab elektron qurilmalar tayyorlangan. Zamonaviy elektron qurilmalar dasturlashtirilgan. Mashg‗ulotda axborot texnologiyalaridan foydalanish elektr texnik materiallarni o‗rganishni osonlashtiradi. Bu talabalarni o‗rganayotgan mavzusini o‗zlashtirish darajasini oshiradi. Bundan tashqari, bu jarayon o‗qituvchiga talabalarning o‗zlashtirish darajasiga qarab, o‗rganilayotgan mavzu yuzasidan qo‗shimcha savollarni shakllantirishga yordam beradi[4]. Yangi pedagogik axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan ta‘lim olish usulidan biri hisoblangan masofali ta‘lim |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling