Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
80 kuchayishiga ta‘sir ko‗rsatdi. Bunday kurashdan albatta yerlari davlat hisobiga musodara qilinadigan barcha ijtimoiy guruhlar manfaatdor edi. Shuning uchun ham yeridan ajralishni istamagan va bu siyosatning qurboniga aylangan ko‗plab aholi vakillari sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatga ishtirok etdi. Bu esa o‗z navbatida kurash ko‗lamining yana ko‗tarilishiga sabab bo‗ldi. Ayniqsa, Tojikiston ASSRda Ibrohimbek rahbarligida bu holat 1926-yilning iyun oyida avj oldi[6]. Biroq uning muhojirlikka ketishga majbur qilinishi vaziyatni tubdan o‗zgartirdi, Tojikiston ASSRdagi kurash deyarli to‗xtadi. Agar bolsheviklar Ibrohimbekning qarshiligini sindirmasa agrar islohotlarni amalga oshirishda ancha murakkabliklarga duch kelishini yaxshi anglar edi. Shuningdek, yer-suv islohotidagi muhim yana bir jihat shuki, ortiqcha yerlar garchi yersiz va kambag‗al dehqonlarga bo‗lib beriladi, deb hukumat o‗zining qarorlarida belgilasa-da, biroq aholining bir qismi esa birovdan tortib olingan yerlarni olishdan bosh tortgan holatlar kuzatiladi. Aynan shunday jarayon O‗zbekiston SSR (Farg‗ona, Samarqand, Zarafshon oblastlarida) va Turkmaniston SSRda ko‗p qayd etiladi[6]. Misol uchun, Samarqand uezdining Oqtosh qishlog‗i kambag‗allari qishloq yig‗inida ―begonaning yeridan foydalangandan ko‗ra ochlikdan o‗lganimiz afzal‖, degan edilar[7]. Sovet hokimiyatining bu reformalarini tub joy aholi vakillari qabul qilishi qiyin kechdi. Birinchidan, shu davrdagi vaziyatdan kelib chiqilsa, aholi orasida islom dini va shariat qonun-qoidalarining ustunligi, shuningdek, birovdan tortib olingan yerlarni olishni va undan foydalanishni aholi andesha qilib o‗ziga loyiq ko‗rmagan. Ikkinchidan esa, o‗zining mol-mulkidan mahrum bo‗lishni istamagan boy va aholining o‗ziga to‗q qismi sovet hokimiyatiga qarshi targ‗ibotni kuchaytirgan. Bu ikki holat birlashgan holatda, asrlar mobaynida shakllangan yer egaligining tugatilishiga qaratilgan bolsheviklarning siyosatiga qarshi kurashni kuchaytirdi. Shuningdek, 1926-yilda O‗zbekiston SSR Sovetlari MIK Jinoyat kodeksining 80-moddasiga qo‗shimcha kiritdi, unda yer maydonini yashirgan yoki qishloq xo‗jalik asboblari soni haqida noto‗g‗ri ma‘lumot berganlik uchun 3 yilgacha muddat bilan ozodlikdan mahrum etilib, mol-mulki musodara qilinishi nazarda tutilgan edi. Bu qishloq aholisining juda keng qatlamlari orasida, hatto dehqonlarning eng kambag‗al qismlari orasida qoralandi[8]. Bu jarayonda ayniqsa diniy ulamolar ham faol targ‗ibot ishlarini olib bordi. Ularning targ‗ibotlari aholining bolsheviklar siyosatiga qarshi norozilik kayfiyatini oshirdi. Chunki ular ham jamiyatdagi o‗z mavqeini saqlab qolishga harakat qilar edi. Ularning aholini kurashga chorlovlari bevosita qurolli guruhlarning saflarini kengayishiga, bu esa kurash dinamikasining ko‗tarilishiga olib keldi. Yer-suv islohoti O‗zbekiston SSRning barcha oblastlarida bir paytning o‗zida amalga oshirilmay, turli yillarda o‗tkazildi. Dastlab 1925-1926-yillarda Tojikiston |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling