Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
83 Ibrohimbekning harakatlarini kuchayishiga kuchli ta‘sir ko‗rsatdi. Garchi Surxondaryo va Qashqadaryo vohasida yer-suv islohoti keyingi yillarda amalga oshirilgan bo‗lsa-da, O‗zbekiston SSR va Tojikiston ASSRda kurashning umumiy rahbari Ibrohimbek bo‗lganligi uchun ularni bir-biridan ajratib bo‗lmas edi. Shuning uchun ham Tojikiston ASSRdagi vaziyat doimiy ravishda Surxondaryo va Qashqadaryo vohasida ta‘sir ko‗rsatib turdi. Shuningdek, Ibrohimbek ham kurashni yanada faollashtirish uchun aholi orasida turli murojaatlar orqali va boshqa usullar bilan dehqonlarni safarbar qilib turdi. 2. Keyingi yillarda islohot natijasida ham aholining noroziligi kuchli bo‗lib, biroq bu paytda kurashning shaklida biroz o‗zgarish kuzatiladi. Ya'ni ommaviy namoyishlar va qo‗zg‗olonlar ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Bu asosan 1927-yilda Zarafshon oblastida kuzatiladi. 1928-1929-yillarda Qashqadaryo va Surxondaryo oblastlarida yer-suv islohotining o‗tkazilishi natijasida qo‗zg‗olonchilar namoyishlardan tashqari qurolli guruhlarni ham shakllantirgan, biroq bu keng xalq ommasini kurashga safarbar eta olmadi. Chunki bunga oblastlardagi og‗ir iqtisodiy vaziyat va sovet hokimiyatining kuchaytirilgan jazo mexanizmi imkon bermas edi. 3. Yer-suv islohoti aholining turli ijtimoiy qatlamlari orasida adovatni ham kuchaytirdi. Masalan, boy va o‗ziga to‗q aholi qatlamlarining mol-mulki musodara qilinib, kambag‗al va batraklarga berilishi ular orasida munosabatlarning buzilishiga olib keldi. Aholining barcha mulklarini musodara qilinishi yetmaganidek, ularning yashab turgan joylaridan majburiy ko‗chirib yuborilishi dehqonlarning psixologiyasiga kuchli salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. Bu esa o‗z navbatida bolsheviklar hokimiyatiga nisbatan norozilik kayfiyatini yanada kuchaytirdi. 4. Yer-suv islohoti arafasida O‗zbekiston SSRdagi og‗ir iqtisodiy va siyosiy vaziyat sovet hokimiyatiga qarshi kurashda asosan kambag‗al va o‗rtahol dehqonlar ko‗pchilikni tashkil etgan bo‗lsa, islohot natijasida esa aholining o‗ziga to‗q va boy qatlamlari ham qurolli harakat safida faol qatnashishiga sabab bo‗ldi. 5. O‗zbekiston SSRda iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy omillar natijasida davom etib kelayotgan sovet hokimiyatiga qarshi kurash Zarafshon (keyinchalik Buxoro) oblastida 1931-yilgacha, Qashqadaryo oblastida 1932-yilgacha, Surxondaryo oblastida 1933-yilgacha, Farg‗ona vodiysi va Xorazm vohasida esa 1934-yilgacha olib borildi. 6. Bu islohot mazmunan SSSRda qishloq xo‗jaligini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan bo‗lsa-da, biroq bu katta yo‗qotishlarga ham sabab bo‗ldi. Xususiy mulk yo‗qotildi, erkin savdoga chek qo‗yildi. Aholining o‗ziga to‗q va o‗rta qatlamlari qattiq ta‘qibga olindi. Mazkur siyosat eng avvalo kambag‗al va yersiz dehqonlarga yer berish shiori ostida amalga oshirildi. Biroq butun SSSR bo‗yicha statistik ma‘lumotlar tahlil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling